31
Shuningdek, kriminalistika va uning barcha sohalari va tarmoqlarida
aynanlik, o‘xshashlik, qarama-qarshilik va uchinchini inkor etish,
mantiqiy qonunlardan, analiz, sintez, induksiya, deduksiya, analogiya,
gipoteza va xulosa chiqarish kabi usullardan foydalaniladi.
Sud-ballistik ekspertizasining umumiy va umumilmiy metodlari,
xuddi kriminalistika kabi boshqa barcha fanlarda ilmiy asoslangan
ravishda qo‘llaniladigan, qabul qilingan bilishning metodlaridan
iboratdir.
Kriminalistikada umumnazariy metodlardan tashqari, yuqoridv
aytilganidek, maxsus metodlar ham mavjud bo‘lib, ular sirasiga
quyidagilar kiradi:
— kuzatish yoki ko‘zdan kechirish;
— o‘lchash;
— ta’riflash;
— qayd etish;
— taqqoslash;
— eksperiment (tajriba).
Sud-ballistik ekspertizasining maxsus metodlari — bu kriminalistika
tomonidan ushbu turdagi ekspertiza oldiga quyilgan vazifalarni hal etish
uchun ishlab chiqilgan metodlardir. Demak, yuqorida keltirilgan va
kriminalistikaning maxsus metodlar deb atalgan metodlari ballistik
ekspertiza uchun ham tegishlidir. Ushbu maxsus metodlarni kengroq
ko‘rib chiqamiz:
Dostları ilə paylaş: