Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Fotosuratga olish 
sud-ballistik ekspertizasi tadqiqotlarida eng ko‘p 
tarqalgan xususiy metodlardan biri hisoblanadi. Fotosuratga olish 
yordamida jinoyat protsessi nuqtai nazaridan isbotlash ahamiyatiga ega 
bo‘lgan juda muhim axborotlar qayd etiladi. Ikkinchi tomondan, sud-
tadqiqot fotografiyasi sud-ballistik ekspertizasiga nisbatan samarali 
tadqiqot vositasi hisoblanadi. Ekspert-ballistlar tomonidan sud-tadqiqot 
fotografiyasining reproduksion, o‘lchovli, makrofotografiya, mikrofo-
tografiya, ultrabinafsha va infraqizil nurlardagi fotografiya metodlari 
qo‘llaniladi. 
Fotografik reproduksiyaning sud ekspertizasi tizimidagi asosiy vazifasi 
tekshirilayotgan obyektni kerakli masshtabda, turli rangli xususiyatlarini 
aks ettirgan holda yetarli aniqlikda hamda obyektning barcha tarkibiy 
qismlarini to‘liq ifodalab aks ettirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi 
ichki ishlar idoralari ekspert–kriminalistika xizmatlarining amaliy 
faoliyatida o‘qotar qurol, o‘q-dorilar va o‘q otilishidan hosil bo‘lgan 
jarohatlarni reprouksion fotosuratga olish uchun «Ularus–1», «Ularus–2» 
va «Belarus SB–2» statsionar reproduksion qurilmalari ishlatiladi. 


 34 
Makrofotosuratga olish 
yordamida tekshirilayotgan obyektlarning 
yirik masshtabli tasvirlari olinadi. Ushbu metod tekshirilayotgan 
obyektlar va tadqiqot natijalarini qayd etish, shuningdek kattalashtirilgan 
tasvirlarni yonma-yon, ustma-ust tushirish yo‘llari bilan taqqoslash 
imkoniyatini beradi. 
Sud-ballistik ekspertizasida makrfotosuratga olish otilgan o‘q va 
gilzalardagi izlarning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilishda, 
tekshirilayotgan va eksperimentdan olingan (namuna) o‘q va gilzalarni 
taqqoslash tadqiqotlarining natijalarini, o‘q otilishidan hosil bo‘lgan 
jarohatlarning xususiyatlari (shikastlangan tolalarning uchlari, o‘q tekkan 
obyektlarning erishga uchragan qismlari), o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar 
tarkibiy qismlarining holatini ko‘rgazmali tasvirlashda foydalaniladi. 
Mikrofotosuratga olish 
deb, fotoapparat bilan birlashtirilgan 
mikroskop yordamida tekshirilayotgan obyektlarning ko‘p marta 
kattalashtirilgan fotografik tasvirini olish metodiga aytiladi. Ushbu 
metoddan o‘lchamlari ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan darajada kichik 
obyektlar (yoki ularning tarkibiy qismlari)ni suratga olishda 
foydalaniladi. 
Sud-ballistik ekspertizalarini o‘tkazish jarayonida mikrofotosuratga 
olish obyektlari bo‘lib, o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, otilgan o‘q va gilzalar 
hamda o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohatlar tarkibiy qismlarining 
o‘ziga xos xususiyatlari, o‘qotar qurol tarkibiy qismlarining 
mikrorelyefidagi o‘ziga xosliklar, qurolning otilgan o‘q va gilzalardagi 
izlari (boyok, zatvor tayanchi, stvol og‘zi kesimining izlari, o‘qlardagi 
narezlar maydonlarining izlari va hokazolar)ning o‘ziga xos xususiyatlari 
bo‘lishi mumkin.
Ultrabinafsha fotografiya 
— yorug‘likning ko‘rinuvchi nurlarida 
ko‘rinmaydigan belgilarni aniqlash maqsadida, tekshirilayotgan 
obyektlarni ultrabinafsha nurlardagi tasvirini olish metodi hisoblanadi. 
Ushbu metod ultrabinafsha nurlarni yorug‘likning ko‘rinuvchi nurlariga 
qaraganda boshqacharoq yutadigan yoki qaytaradigan obyektlarni
shuningdek ultrabinafsha nurlarda lyuminessensiyalanadigan 
obyektlarning tasvirini olishda foydalaniladi. Sud-ballistik ekspertizasida 
ushbu metoddan o‘q tekkan obyektdagi qurol moyi, qurum, shuningdek 
o‘q otilishining termik ta’sirlarini aniqlashda foydalaniladi. Ultrabinafsha 
nurlarni turlicha yutish va qaytarish natijasida to‘qimachilik matolarining 
kuygan qismlari qo‘ng‘ir-pushti rangda, qurumli qismlari — qora-
qo‘ng‘ir rangda ko‘rinadi, bundan tashqari, matoning qurol moyi tekkan 
qismlari — ko‘kimtir–havo rangda lyuminessensiyalanadi. 


 35 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin