36
yasalgan yoki nuqsonli qurollarni tadqiq etishda), ichki tuzilishini
o‘rganishda ishlatiladi.
Profilografik metod
turli izlar sirtidagi mikro notekisliklarning
yonbosh suratini taqqoslash
va profilli mikroskoplar, profilmetr–
profilograflar yordamida suratga olish. Bu usul mikro notekisliklarni
sifat va miqdor jihatdan baholash uchun qulaydir. Bu usul o‘q va
gilzalarning sirtidagi izlarni o‘rganish uchun ishlatiladi. Bir qator
tadqiqotlarda fizikaviy va kimyoviy tadqiqot metodlar qo‘llaniladi,
jumladan, qurolning stvol kanali oxirgi marta tozalanganidan keyin
undan o‘q otilgan-otilmaganligini aniqlash, quroldan otilgan snaryad
materiali zarralarining kimyoviy tarkibini o‘rganish uchun
modda
tarkibini aniqlashning kimyoviy metodlari, stvol kanali tozalanmasdan
turib otilgan o‘qlar miqdorini aniqlash, portlovchi moddalarni aniqlash
(jumladan, poroxlar, kapsyullarni qo‘zg‘atuvchi moddalari),
gumon
qilinuvchini qo‘llaridan o‘q otilishi bilan bog‘liq mahsulotlarni topish
uchun snaryad materialining kimyoviy tarkibini aniqlash va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: