Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Sud-ballistik ekspertizasining obyektlari



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

 
2-§. Sud-ballistik ekspertizasining obyektlari 
Kriminalistika faniga oid adabiyotlarda sud ekspertizasining obyekti 
sifatida olinishi hamda tergov va sudga taqdim etilishi uchun maxsus 
bilimlar talab etiladigan, moddiy yoki moddiylashgan axborot 
tashuvchilar o‘rganiladi.
Sud-ballistik ekspertizasi obyektlarining doirasi ancha keng, 
o‘zgaruvchan va doimiy ravishda o‘sib borish xususiyatiga ega. Sud-
ballistik ekspertizasining obyektlari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, 
ular sirasiga turli xil buyumlar, moddalar, jarohat va shikastlanishlar 
hamda moddiy qayd etiluvchi akslar yoki tasvirlar kiradi. 
Tadqiqot obyektlari 
— 
buyumlar

— o‘qotar qurollar va ularga o‘xshash qurilmalar; 
— qurollarning alohida qismlari va tarkibiy jihozlari (kobura, g‘ilof 
va boshqalar), qurollar saqlangan joylar (maxfiy joylar, qurol 
joylashtiriladigan o‘yib chuqur hosil qilingan kitoblar, o‘tinlar, 
eshiklarning kesakilari va hokazolar); 
— zaharlovchi (ko‘zni yoshlantiruvchi, nafasni bo‘g‘uvchi), tutun 
hosil qiluvchi, bo‘yovchi ampulalar va boshqa zaradlar bilan otuvchi 
qurilmalar hamda ognemyotlar
— o‘qotar qurol hisoblanmaydigan, ammo ularga o‘xshash 
buyumlar, masalan, qurilish-montaj to‘pponchalari, gaz-signal qurol 
moslamalari (start to‘pponchasi va revolverlari, gaz to‘pponcha va 
revolverlari, raketnitsalar), qurol shaklidagi yondirgichlar (zajigalka) va 
o‘yinchoqlar; 
— jangovar o‘q-dorilar, ya’ni patronlar va ularning alohida qismlari 
(gilza, kapsyul, pijlar, o‘qlar, sochma o‘q, kartech, bo‘linib ketgan 
o‘qlarning parchalari va boshqalar); 
— miltiq patronlari gilzalarining kapsyullari bilan jihozlash uchun 
mo‘ljallangan maxsus moslamalar («Barklay», «Diana», rikoper), 
gilzalarning karton sirti og‘zini siqib yopishga mo‘ljallangan maxsus 
moslamalar; 


 25 
— qo‘rg‘oshin quymalari va qo‘rg‘oshin simlar, snaryadlarni bosish 
usulida yoki eritib quyish usulida tayyorlash uchun press-qoliplar; 
— namat, karton, qog‘oz va boshqa tolali materiallarning parchalari
pijlar tayyorlash uchun keskichlar; 
— o‘qotar qurol va jangovar o‘q-dorilarning tayyor bo‘lmagan va 
yarim tayyor alohida qismlari, ularning chizmalari va qolip-nusxalari, 
nomerli belgilar yozish uchun maxsus moslama-puansonlar. 
Tadqiqot obyektlari 
— 
moddalar: 
— tutunli va tutunsiz porox va uning tarkibiy qismlari hamda gugurt 
donalari dorisi; 
— jarohatlangan buyumlardagi o‘q tegishidan hosil bo‘lgan va 
qurol, gilza, o‘q, pijlardagi qurum, quroldan otgan shaxsning qo‘llaridan 
olingan qurum; 
— qurol saqlangan va joylashtirilgan joylar (maxfiy joylar, shkaf va 
boshqalar) va buyumlar (g‘ilof)dagi qurol moyi va zangining zarralari
— qurol va patronlarni o‘zgartirish uchun ishlatilgan asbob-uskuna 
va moslamalardagi metall zarralari; 
Tadqiqot obyektlari 
— 
jarohatlar: 
— o‘q tekkan buyumlardagi o‘q yoki sochma o‘q tegishidan hosil 
bo‘lgan teshiklar, yoriqlar, ular atrofidagi kuyishlar; 
— snaryad, gilza va pijlarning deformatsiyalangan va ajralgan 
bo‘laklari; 
— qurol stvollarining shishib va yorilib ketishi, qurolning alohida 
qismlarining buzilishi. 
Tadqiqot obyekti 
— 
moddiy qayd etiluvchi akslar-izlar: 
— o‘q va gilzalarda, ularni mahkamlash uchun ishlatilgan asbob-
uskuna va otish uchun ishlatilgan qurol qismlaridan qolgan ezilish va 
shilinishlar; 
— snaryadlarda, ularni tayyorlash uchun ishlatilgan press-shakl 
hamda gilza og‘zidan qolgan ezilish va shilinishlar; 
— jarohatlangan buyumda, o‘q tegishidan hosil bo‘lgan teshik 
atrofidagi, qurol stvoli old kesimining aksi (shtansmarka); 
— o‘q tegishidan hosil bo‘lgan kirish jarohatlari atrofidagi, 
snaryadlarning ishqalanishi ta’sirida vujudga kelgan halqa — ishqalanish 
halqasi; 
— to‘pponcha–pulemyotlardan o‘q otilishida shikastlangan 
buyumlarda, o‘q tegishidan hosil bo‘lgan jarohatlar atrofida, turli 
shakllarga ega bo‘lgan qurumning o‘tirib qolishi; 


 26 
— o‘qotar qurolning bir alohida qismi tasvirini ikkinchi bir alohida 
qismda ifodalovchi zanglar; 
— o‘qotar qurol alohida bir qismining, uning ikkinchi bir alohida 
qismida hosil qilgan shilinishlari; 
— o‘qotar qurolning tashqi belgilari aksini, bu qurol saqlangan 
buyum yoki joylardagi tasviri. 
Ushbu sanab o‘tilgan buyumlar, moddalar, jarohatlar va aks-tasvirlar 
ekspertizaga taqdim etilgan daliliy ashyolar, shuningdek, taqqoslash 
uchun namunalar sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, 
o‘qotar qurollar, patronlar, turli nishonlar va porox kabi moddalar, 
tadqiqotlar jarayonida ekspert eksperimentining obyektlari va ularning 
materiallari sifatida ishlatilishi mumkin. Bu holda, bir turdagi moddiy iz 
hosil bo‘lish jarayoni, masalan, nishonga porox zarralarining o‘tirib, 
kirib qolishi, mazmun-mohiyati turlicha bo‘lgan bir necha 
tadqiqotlarning obyektlari hisoblanishi mumkin. 
Birinchidan
, uning 
modda — iz sifatidagi xususiyatlari, ya’ni fizikaviy va kimyoviy 
xossalariga ko‘ra, tutunli yoki tutunsiz porox ishlatilib o‘q otilganligini; 
ikkinchidan
, jarohat — iz sifatidagi parametrlari, ya’ni qurumlanish 
hamda porox zarrasini kirib qolish sohasining radiusi va chuqurligidan, 
o‘q otilish masofasini; va nihoyat, 
uchinchidan
, aks-izlar sifatidagi 
belgilari, ya’ni kirib qolgan porox zarralarining miqdori, o‘zaro 
joylashishi va porox zarralari o‘tirib qolish sohalarining shakliga ko‘ra 
ishlatilgan qurolning turi va namunasini aniqlash mumkin bo‘ladi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin