Плескачевский
В
.
М
.
Оружие
в
криминалистике
. —
М
., 1999. —
С
.74.
10
Temirning kashf etilishi qurollar evolutsiyasida juda katta ahamiyat
kasb etgan hodisa hisoblanadi. Endi qurollar temirdan tayyorlangan.
Aynan ana shu davrda qurollar (ko‘proq sovuq qurollar)ning ko‘plab
turlari yaratilgan. Ularning barchasini tasniflash va o‘rganishning imkoni
yo‘q. Chunki dunyoda yashagan, yashab o‘tgan har bir xalq, millat va
elatning o‘ziga tegishli, ya’ni milliy deyarli yuzga yaqin turdagi qurollari
bo‘lgan. Temir qurollar insoniyat taraqqiyotining eng uzoq muddat
mavjud bo‘lgan va takomillashib borgan.
Insoniyatning ancha keyingi rivojlanishida vujudga kelgan qurollar
(poroxning kashf etilishi omili bilan bog‘liq) o‘qotar qurollar
hisoblanadi. Dastlab pilta miltiqlar yaratilgan bo‘lib, ular sodda
tuzilishga ega bo‘lgan. Bu qurol bir tomoni mahkam berkitilgan va
yog‘ochga o‘rnatilgan stvol (dastlab yog‘och, bambuk, keyinchalik
temirdan yasalgan)dan iborat bo‘lgan. Uning yondiruvchi tuynugi
bo‘lgan va ana shu tuynukdan stvol ichidagi porox yondirib yuborilgan.
Bunday qurollar stvol og‘zidan o‘qlangan. Dastlab kashf etilgan o‘qotar
qurollar og‘ir, juda katta kalibrli, ballistik manyovr qilish qobiliyati past
bo‘lib, faqat yaqin masofaga otishga mo‘ljallangan va mo‘ljallab o‘q
otish imkoniyati sust bo‘lgan.
O‘qotar qurollarni takomillashtirishdan maqsad yuqorida keltirilgan
kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat edi. Shu bois quroldan o‘q
otilishini yengillashtirish maqsadida piltali otish qurilmasi ixtiro etiladi.
Endi quroldan o‘q otish uchun stvolning yondiruvchi tuynugidan poroxni
qo‘lda emas, balki tepkini bosib, piltani yondiruvchi tuynukka bosish va
yondirib yuborish mumkin bo‘lgan. O‘qotar qurollarni takomillashtirish
ularning kalibrini kichraytirish va stvoliga muayyan ishlov berish,
yondirish mexanizmlarining yangi turlarini kashf etilishi bilan bog‘liq.
XV-XVI asrlarda kremniyli otish mexanizmi kashf etildi va
quroldan o‘q otish imkoniyati yanada osonlashdi.
XVI asrda esa qurollardan o‘q otilishida uruvchi–kremniyli otish
mexanizmidan foydalanila boshlandi hamda o‘qotar qurollar
evolutsiyasida yangi davr boshlandi.
XVIII asrning oxirida esa qurollardan o‘q otish uchun birlamchi
portlovchi moddalar asosida tayyorlangan kapsyullar va ularni buzish
orqali o‘q otilishini ta’minlaydigan otish mexanizmlaridan foydalanila
boshlandi. Bu ixtirolar natijasida qurollardan juda tez va oson o‘q otilish
imkoniyati vujudga keldi. Hozirgi kunda o‘qotar qurollar nihoyatda
takomillashgan.
11
Ko‘rinib turibdiki, qurollarning evolutsiyasi uzoq tarixiy yo‘lni
bosib o‘tgan. Bu davrni va jarayonlarni qurollarning vujudga kelishi va
rivojlanishi davri deb hisoblasak, ular tarkibini quyidagi asosiy
bosqichlardan iborat deb hisoblash mumkin:
Insonning mushaklari kuchidan bevosita foydalangan holda turli
otiluvchi ta’sirga ega bo‘lgan qurollar davri:
— tosh, yog‘och va suyakdan tayyorlangan sovuq qurollarning
vujudga kelish bosqichi;
— bevosita qo‘ldan otiladigan, tosh, yog‘och va suyakdan
tayyorlangan otiluvchi sovuq qurollarning, portlovchi va yonuvchi
moddalarning vujudga kelish bosqichi;
— temirdan yasalgan sovuq qurollar va otiluvchi sovuq qurollarning
vujudga kelishi va rivojlanish bosqichi.
Qo‘shimcha (mexanik) qurilmalar orqali to‘plangan energiyadan
foydalanilgan holda otiluvchi qurollar davri:
— otilayotgan snaryadning qisman yoki to‘liq aylanishi hisobiga
to‘plangan energiyadan foydalanib otiladigan qurollar bosqichi (sopqon,
palaxmon, nayza otgich va hokazolar);
— elastik jismlar (prujina, ip va boshqalar) yordamida to‘plangan
energiyadan foydalanib otiladigan qurollar bosqichi (kamon, arbalet,
gastrofet, chakra, piltali miltiq, rogatka, suvosti oviga mo‘ljallangan
qurollar, mexanik garpunlar va hokazolar).
Portlovchi va yonuvchi moddalarning kimyoviy parchalanishidan
foydalanib otiladigan qurollar davri:
— yondiruvchi va mina–portlovchi qurollarning vujudga kelishi va
rivojlanish davri (ognemyotlar, portlovchi qurilmalar, termitli shar, turli
granatalar, minalar va hokazolar);
— o‘qotar qurollarning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichi.
Siqilgan havo, bug‘, gazsimon moddalarning siqilgan energiyasidan
foydalanib otiladigan qurollar davri (
pnevmatik qurollar, gaz-signal
qurollari va hokazolar
).
Otilmaydigan qurollar (maxsus vositalar) davri (
elektroshok,
razradnik va hokazolar
).
Yuqoridagi fikrlarga bir necha izoh berib o‘tish joizdir.
Birinchidan
, harbiy – tarixiy, kriminalistik, etnografik va boshqa
adabiyotlarni tahlili natijasida amin bo‘ldikki, qurol vujudga kelgan
vaqtdan boshlab hozirgi kungacha otiluvchi moslama yoki qurilma
sifatida rivojlantirilgan. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki,
12
aynan shunday qurol yordamida odam turli qiyin sharoitlarda yashay
olishi, tabiat kuchlariga, hayvonlar va odamlarga qarshilik ko‘rsata olishi
mumkin edi.
Ikkinchidan
, qurollarning dastlabki vujudga kelishi va rivojlanishida
odam quroldan foydalanish uchun bevosita o‘zining mushak
kuchlaridangina foydalangan. Vaqt o‘tishi bilan (odamning ongi
rivojlanishi bilan) qurolning energiya manbai ham rivojlanib borgan.
Shuning uchun qurollarning namunalari vujudga kelishi xronologiyasini
ushbu qurollarning energiya manbalari rivojlanishiga asoslangan
xronologik tartibiga qarab hisoblash kerak.
Uchinchidan
, qurollarning evolutsiyasini qat’iy ketma–ketlikda va
eski qurollarning yangi ixtiro etilganlari bilan almashib borgan
bosqichlariga mexanik almashinuv sifatida qarab bo‘lmaydi. Qurollar
evolutsiyasidan ma’lumki, qurol eski to‘liq ixtiro etmay yoki to‘liq
ishlatilmay turib, yangi (eskisidan butunlay farq qiladigan) qurollar
vujudga kelavergan. Masalan, ayrim sovuq qurollarning ba’zilari hozirgi
kunda ham odamlar tomonidan turli faoliyatda ishlatiladi (jangovar
pichoqlar).
To‘rtinchidan
, qurollarning vujudga kelishi va rivojlanishi yuqorida
aytilganidek, betartib tarzda kechishiga qaramay, ayrim omillarga
bo‘ysunadi. Bunday omillar boshqa hech qanday sohaga tegishli emas va
ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) qurolning funksional maqsadga muvofiqligi va buning natijasida
unin maxsusligi;
2) qurolning shikast yetkazuvchi qobiliyatini doimiy kuchaytirib
borish;
3) qurolning universalligi;
4) qurolning kichik hajmdaligi va manyovr qilish qobiliyati;
5) qurol tuzilishining soddaligi va takomillashganligi, uni ishlab
chiqarish texnologiyasining osonligi;
6) qurolning ishonchligi va samaradorligi;
7) qurol yaratish yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan
bilimlarning e’tiborga sazovorligi, integratsiyasi va boshqalardan keskin
farq qilishi.
Qurollar evolutsiyasining tartibiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ushbu
ketma-ketlik ilk qurollarning vujudga kelishidan boshlanadi va o‘qotar
qurol, sovuq qurol (shuningdek otiluvchi sovuq qurol), portlovchi
moddalar va portlatish qurilmalari, gaz-signal va pnevmatik qurollarning
13
hozirgi kunda ma’lum bo‘lgan zamonaviy turlariga kelib taqaladi. Ushbu
evolutsiyani yakunlangan deb aytish mushkul. Chunki qurollarning
takomillashish jarayoni davom etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib,
qurollar evolutsiyasi ketma-ketligini quyidagicha tasavvur etish mumkin:
1)
sovuq qurollarning evolutsiyasi;
2)
otiluvchi sovuq qurollarning evolutsiyasi;
3)
mina–portlovchi va yondiruvchi qurollarning evolutsiyasi;
4)
qo‘l o‘qotar qurollarining evolutsiyasi;
5)
pnevmatik qurollarning evolutsiyasi;
6)
otilmaydigan qurollar (elektroshok, gaz-signal va shu kabi
qurollar)ning evolutsiyasi.
Dostları ilə paylaş: |