Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Qurollarning evolutsiyasi



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

 
1-§. Qurollarning evolutsiyasi 
 
Qurol – bu sivilizatsiya taraqqiyotining mahsuli, inson ongi va 
fikrlash darajasining moddiy ifodasi hamda odam madaniyatining bir 
qismidir. Insoniyat taraqqiyotining ko‘pgina bosqichlarida qurolning o‘z 
o‘rni mavjud. Insoniyat tarixida qurol o‘ziga xos xususiyatga ega 
bo‘lgan, odam bilan birgalikda takomillashgan va uning doimiy 
yo‘ldoshi hisoblangan. Rossiyalik kriminalist-olim V.N. Popenkoning 
fikricha: «Qurol — tarixning tirik yodgorligi sifatida inson ongining 
rivojlanishi va taraqqiyotining bosqichlarini, odamlarning mavjud 
muammolarni eng samarali usullar bilan bartaraf etishga intilishlarining 
bosqichlarini o‘zida namoyon etadi»
1

Inson tomonidan birinchi bo‘lib yaratilgan qurol shubhasiz shaxsiy 
(individual) qurol bo‘lgan va kriminalistik tadqiqotlarning eng asosiy 
1
Qarang: 
Попенко
 
В
.
Н
.
Холодное
оружие
Востока
и
Запада
. — 
М
., 
2002. – 
С
.3. 



obyekti hisoblanadi. Bu kabi shaxsiy qurollarning evolutsiyasi tosh 
asridan boshlanadi. Qurollar evolutsiyasi muammosi nihoyatda keng va 
uning barcha omillarini ko‘rib chiqish bizning maqsadimiz emas. 
Ma’lumki, qurollarning eng dastlabki namunalari tosh, suyak va 
yog‘och kabi materiallardan tayyorlangan. Qurollarning takomillashgan 
turlarini ixtiro etgunga qadar odamlar yog‘och va toshdan juda uzoq vaqt 
foydalanganlar. Qurol evolutsiyasining ana shu bosqichlarida insoniyat 
toshdan tan jarohati yetkazish mumkinligi va buning uchun tosh yoki 
yog‘ochga qandaydir ishlov berish lozimligini bilar edi. Odamlarning 
dastlabki hunarlaridan biri bu toshni turli usullar bilan yo‘nish bo‘lgan. 
Bu davrda kremniy toshidan turli kerakli ish qurollari tayyorlanar va 
ayrim ana shunday ish qurollari tan jarohati yetkazish uchun ham 
qo‘llanilar edi. «O‘sha davrda toshdan boltalar, kurakchalar, garpun va 
pichoqlar yasalgan. Arxeologik qazilmalarni o‘rganish natijasida qadim 
zamonlarda ma’lum bo‘lgan qurollarning bir-biridan farq qiluvchi bir 
necha turlari ajratiladi: ashel, mustyer, solyustrey va madelen madaniyati 
qurollari»
1
. Bunday qurollarning dastlabki ikki tipik o‘tish davriga, 
qadimiy odamlar turli g‘orlarda yashay boshlagan vaqtlarga to‘g‘ri 
keladi. Bu davrlarda ish quroli bilan qurolning unchalik farqi bo‘lmagan. 
Madelen tipdagi qurollar vujudga kelishi davrlarida (tosh asrining oxirlarida) 
ish qurollarini quroldan farqlash imkoniyati vujudga kela boshlagan. Ana 
shu davrlarda odamlar fil suyagidan turli qurollar tayyorlay boshlagan va 
shu qurollarning «mustaqil hayoti» boshlangan. Ko‘pgina olimlarning 
fikricha, jangovar qurollarning ajdodi ovchilar qurollari, ov qurollarining 
ajdodi esa qadimiy odamlarning ish qurollaridir.
Jangovar qurollarning rivojlanib ketishiga turli omillar katta ta’sir 
ko‘rsatgan. Bu omillar sirasiga odam ongining rivojlanishi, tabiiy 
sharoitlar, iqlim, hayvonot va o‘simliklar dunyosining turli-tumanligi 
hamda ularning rivojlanishi, odamlarning qanday geografik hududlarda 
istiqomat qilishi va shu kabilarni kiritish mumkin. Qurollarning 
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan omilarning asosiylaridan biri — 
odamlarning o‘zaro urushlari. Aynan ana shu urushlar natijasida ham 
qurollar takomillashib borgan. Urushlarda qurollarning maxsus 
maqsadlar uchun mo‘ljallangan turlari yaratilgan. Tarixiy jihatdan 
dastlabki yaratilgan qurollar sovuq qurollar hisoblanadi va ular hozirgi 
kungacha saqlanib qolgan hamda ishlatiladi. 
1
Qarang: 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin