Коновалов
С
.
И
.
Теоретико
-
методологические
проблемы
криминалистики
. —
М
., 2001. —
С
.68.
5
nomerlarini o‘zgartirish) maqsadida ishlatilgan asbob-uskunalar esa sodir
etilgan jinoyatni yashirish vositasi sifatida baholanadi.
Ushbu sanab o‘tilgan va daliliy ashyolar sifatida olingan obyektlarni
har taraflama va to‘liq tadqiq etish tergov tusmollarini tuzish va
tekshirish, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash, jinoyatni sodir etgan aybdor
shaxsni aniqlash va uni qidirish, jinoiy qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya
etish imkonini beradi.
O‘qotar qurollar, jangovar o‘q-dorilar va ularni ishlatish izlari —
juda xilma-xil va o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan obyektlardir. Bu
kabi obyektlarni jinoyat protsessining turli bosqichlarida tadqiq etish
uchun maxsus bilimlar kerak bo‘ladi va ushbu bilimlarning qo‘llanilishi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda
tutilgan. Mutaxassislarning maxsus bilimlari alohida tergov harakatlari
yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda ham, turli xil ekspertizalar,
jumladan, qurollar va ularni ishlatish izlarining ekspertizasini
o‘tkazishda ham kerak bo‘ladi.
Qurollar va ular ishlatilish izlarining kriminalistik ekspertizasi yoki
sud-ballistik ekspertizasi — o‘qotar qurollar va jangovar o‘q-dorilar yoki
ularga o‘xshash narsalar, ularni ishlatish izlarini aniqlash maqsadida
jinoyatlarni ochish va tergov qilish yoki sud muhokamasi jarayonida
vujudga kelgan texnik savollarga mos holda qonun bilan belgilangan
shaklda ekspertiza xulosasi beriladigan tadqiqot turi.
Xuddi boshqa barcha sud ekspertiza tadqiqotlari kabi ushbu turdagi
tadqiqotlarning mohiyati — muayyan jinoyat ishiga aloqador deb
topilgan va olingan moddiy obyektlarni, ushbu ish bo‘yicha tergov va
sudni qiziqtiruvchi savollarga javob berish uchun kriminalistikada
maxsus ishlab chiqilgan yoki boshqa fan sohalarida ishlab chiqilib,
kriminalistika uchun qabul qilingan metod va vositalar yordamida
maxsus tadqiq etishdan iborat. Ekspertizaning maqsadi — isbotlash yoki
daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan, ilmiy asoslangan ma’lumotlar olishdir.
Tadqiqot natijasida aniqlangan ma’lumotlar bo‘yicha, kerakli tarzda
protsessual rasmiylashtirilgan va ilmiy asoslangan ekspertiza xulosalari
isbotlash manbai bo‘lib hisoblanadi. Ushbu tadqiqotlarning subyekti —
kriminalistik texnika, asosan, sud ballistikasi yoki o‘qotar qurollar,
jangovar o‘q-dorilar va ularni ishlatish izlari bo‘yicha mutaxassislik
malakasiga ega bo‘lgan ekspert-kriminalist hisoblanadi.
6
Sud-ballistik ekspertizasi yoki o‘qotar qurollar va jangovar o‘q-
dorilar, ularga o‘xshash narsalar va ularni ishlatish izlari
1
bo‘yicha
maxsus bilimlar kriminalistikada, o‘qotar qurollar va jangovar o‘q-
dorilarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi, qurollar va jangovar
o‘q-dorilarning ishlab chiqarilishi va moddiy qismlarining xususiyatlari,
o‘q (snaryad)ning otilishi bo‘yicha ichki va tashqi ballistikaning
qoidalari, izlar haqidagi ta’limot, kriminalistik identifikatsiya hamda
guruhiy taalluqlilikni aniqlash nazariyalarini o‘rganish asosida
shakllanadi.
Darslikni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
asarlaridan, ichki ishlar idoralari Ekspert-kriminalistika xizmatlari
tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organlarining me’yoriy-
huquqiy hujjatlari hamda shu sohaga tegishli ilmiy adabiyotlardan keng
foydalanilgan.
Ammo shunday bo‘lsa-da, «Ballistik ekspertiza» fanidan dars
beruvchi o‘qituvchilar darslikda ichki ishlar idoralarining ekspert-
kriminalistika xizmatlarida ushbu turdagi ekspertiza tadqiqotlarining
murakkab va o‘ziga xosligini e’tiborga olishlari zarur. Shu sababli,
mazkur fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida O‘zbekiston
Respublikasi IIVning idoraviy hujjatlari, maxsus adabiyot hamda ichki
ishlar idoralari ekspert-kriminalistika xizmatlarining aniq amaliyot
tajribalaridan foydalanishlari tavsiya etiladi.
1
Qarang:
Ручкин
В
.
А
.
О
концептуальных
основах
криминалистического
учения
об
оружии
и
следах
его
применения
. –
М
., 2000. –
С
.78.
|