Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Narezli qurol stvolining ko‘ndalang kesimi



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Narezli qurol stvolining ko‘ndalang kesimi: 
1

narezning tubi; 2

narezning qirralari; 3

narez maydoni (a

narez 
kengligi, b

narez maydonining kengligi, s

narezning chuqurligi, d

stvol 
kanalining narez maydonlari bo‘yicha diametri (qurol kalibri), ye

stvol 
kanalining narezlar bo‘yicha diametri.
Narezning tubi 
deb uning tag sirtiga aytiladi. 
Narezlarning qirralari 
deb uning yon devorlariga aytiladi. 
Narezlarning stvol kanalida harakat qilayotgan o‘qning yetakchi qismi 
bilan ta’sirlashuvchi qirralari 
jangovar qirralar 
deyiladi hamda shu 
o‘qning harakatidan asosiy ishqalanishni o‘ziga oladi va unga aylanma 
harakat beradi. Bu qirralarga qarama-qarshi va o‘q bilan 
ta’sirlashmaydigan qirralar esa 
bo‘sh qirralar 
deyiladi. 


 57 
Narezlarning maydoni 
deb, stvol kanalining ariqchalar orasidagi 
sohalariga aytiladi. Narezlar yon tomoniga ko‘ra turi va o‘lchamlari bilan 
ajraladi. Turiga ko‘ra maxsus ariqchalar to‘g‘ri burchakli, 
terapetsiyasimon va segmentsimon turlarga ajraladi. 
Stvol kanalining narezli qismi yon tomonining asosiy o‘lchamlari: 
kalibr, stvol kanalining narezlardagi diametri, narezlarning chuqurligi, 
kengligi va narezlar maydonining kengligi hisoblanadi.
Narezlarning chuqurligi 
— narezlar qirralarining balandligidir. 
Narezlar chuqurligining o‘lchamlari uning markazidan maydon va 
narezga o‘tkazilgan radiuslarning farqidan aniqlanadi.

Narezlarning kengligi 
— narezlarning jangovar va bo‘sh qirralari 
orasidagi masofadir. 
Narezlar maydonining kengligi 
deb ikki qo‘shni 
ariqchalar orasidagi masofaga aytiladi.
Narezlarning og‘ish burchagi 
L — ariqchalarning jangovar qirrasi 
va stvol kanali o‘qi orasidagi burchak bilan xarakterlanadi.
Narezlar qadami 
— narezlar to‘liq bir aylanib keladigan masofadir. 
Narezlar qadami bilan narezlarning og‘ish burchagi orasida, ulardan biri 
ma’lum bo‘ lganda ikkinchisini quyidagi formula bilan topish mumkin: 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin