Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. O‘qotar quroldan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

3-§. O‘qotar quroldan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni 
 bosmasdan o‘q otish imkoniyatini aniqlash 
O‘qotar quroldan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni bosmasdan o‘q otishlar 
imkoniyati, o‘qotar qurol bilan ehtiyotsiz muomala qilish, uni noto‘g‘ri 
o‘qlash va ehtiyotsizlik bilan transportirovka qilish natijasida yuz bergan 
baxtsiz tasodiflarni tergov qilishda kerak bo‘lishi mumkin. Bundan 
tashqari, jinoiy qilmish sodir etgan shaxs, o‘qotar qurol tasodifan yoki 
biror sharoit natijasida otilib ketdi deb ko‘rsatuv berganda ham ushbu 
sharoit tekshirib ko‘riladi. Qurol otishga yaroqli bo‘lishi mumkin, lekin 
ba’zida qandaydir sharoitlar natijasida undan o‘q otishning imkoniyati 
bo‘lmaydi. Yoki, aksincha, qurol otish uchun yaroqsiz, lekin muayyan 
sharoitlar oqibatida undan o‘q otishning imkoni bo‘ladi. Birinchi holda 
avtomat magazinli to‘pponcha misol bo‘ladi. Ikkinchida esa jangovar 
prujinasi bo‘lmasa ham tepkisiga zarba beriladigan vintovka misol bo‘la 
oladi. 
Bunday hollarda ekspertiza tayinlanganda, savollarda tekshirilishi 
kerak bo‘lgan sharoitlar ko‘rsatiladi. Masalan: 


 125 
— 

... raqamli miltiq qo‘ndog‘i qattiq buyumga urilsa, o‘q otilishi 
mumkinmi? 
— Patrondonida patron bo‘lgan va tepkisi saqlovchi holatda turgan 

.... raqamli TT to‘pponchasi 1 metr balandlikdan beton polga 
tushganda, o‘q otilishi mumkinmi? 
Bu yerda qoidalar emas, balki muayyan holat yoki sharoit haqida 
gap borar ekan, har bir aniq holat yoki sharoitni undan oldingi 
sharoitlarga bog‘lab tekshirish kerak. Amalda ko‘pincha bu hollarga 
qo‘yib yuboruvchi mexanizmga atayin ta’sir ko‘rsatmasdan (tasodifiy, 
beixtiyor ta’sir qilish natijasida) yuz bergan o‘q otilishi misol bo‘ladi. 
Bunday holatlarning hayotda juda ko‘plab sodir bo‘lishi adabiyotda bu 
hodisalarni ixtiyorsiz yoki (tasodifiy) o‘q otilishi, qo‘yib yuboruvchi 
ilmoqni bosmasdan yoki tepki bosilmasdan o‘q otilishi deb atalgan 
alohida guruhga ajratib o‘rganishga sabab bo‘lgan. Shuning uchun bu 
hodisalarning keltirilgan turli xil nomlariga emas, balki bu kabi 
holatlarda kriminalistik ekspertizalar o‘tkazishda ishning mohiyati va 
sharoitlarini hisobga olmaslik haqidagi tavsiyalarga e’tibor berish kerak. 
Bunday tavsiyalar, turli xil hodisalarning bir atama bilan atalishi, bu 
hodisalar sabablarining ham bir xil atalishi deb tushunilishi natijasida 
kelib chiqadi. Ammo bir xil ixtiyorsiz yoki tasodifiy o‘q otilishiga bir 
emas, balki bir necha sharoit va holatlar sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois 
tekshirilayotgan holda jinoiy ish mohiyati va sharoitlariga hatto bir xil 
nomli ixtiyorsiz o‘q otilishi doirasiga bog‘liq bo‘lmagan ravishda, 
savollarni qanday shakllantirish kerakligi haqida so‘z yuritish mumkin 
emas.
Fuqaro K.ning yaralanganligi haqidagi ish bo‘yicha ekspertiza 
o‘tkazishda tepkisi ko‘tarilgan holatda turganda zarba berilgan yoki 
turtilganda o‘q otilishi mumkinmi, degan savolni hal qilish uchun tepkili 
miltiq tekshirilgan. Ishning sharoitlari va mohiyatiga ko‘ra, dastavval 
tepki hali ko‘tarilmaganda ixtiyorsiz o‘q otilishi imkoniyati haqidagi 
tusmol, ya’ni tepkini jangovar holatdan emas, balki saqlovchi holatdan 
sirg‘alib chiqib ketishi tekshirilishi kerak edi. Ekspertiza tayinlash va 
o‘tkazishda jinoyat ishining bu sharoiti hisobga olinmaganligi uchun 
tadqiqotlar to‘liq bo‘lmagan. Natijada ekspertning yakuniy xulosasi 
haqiqatni ochishga yordam bermay, aksincha xalal bergan. 
Ko‘rilayotgan turdagi kriminalistik tadqiqotlarda ishning mohiyati 
va sharoitlari katta ahamiyatga ega, chunki har bir aniq holatda otilishlar 
imkoni borligi yoki yo‘qligining taxminlari aynan ana shu sharoitlardan 
kelib chiqadi. Shuning uchun o‘q otilishi imkoniyatini aniqlash uchun 


 126 
ekspertiza tayinlashida ekspertni jinoyat ishining ixtiyorsiz o‘q 
otilishining barcha mohiyati va sharoitlari bilan tanishtirish zarurdir. 
Tadqiqotning asosiy bosqichlari quyidagilar hisoblanadi: ishning 
mohiyati va sharoitlari bilan tanishish, qurollar va boshqa daliliy 
ashyolarni ko‘zdan kechirish, eksperimentlar o‘tkazish, qurolni 
qismlarga ajratish, uni qayta yig‘ish, yakuniy xulosalarni shakllantirish. 
Ishning mohiyati bilan tanishishda ekspert uni o‘z xulosasida bayon 
etadi. U ish mohiyati bilan tanishganligiga tayanib qolmay, balki ularni 
ekspertiza hajmiga mos holda, kelib chiqish manbalarini tushuntirgan 
holda muvofiqlashtirib aks ettiradi: ekspertiza tayinlanishi haqidagi 
qaror, so‘roqlar, voqea joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi va hokazo. 
Agar tekshirilayotgan hodisaning mohiyati ekspertga taqdim etilmagan 
bo‘lsa, ekspert o‘z oldiga qo‘yilgan savolni faqat qurolning qismlari va 
mexanizmlarining normal ishlashi nuqtai nazaridan kelib chiqib hal 
qilishga haqlidir va bularning barchasini u xulosaning kirish qismida 
qayd etadi. Ishning mohiyati taqdim etilmaganda, ekspert ihtiyorsiz o‘q 
otilishining mumkin bo‘lgan barcha hollarini o‘zicha tusmol qilishi va 
ana shu nuqtai nazardan kelib chiqib, berilgan daliliy ashyolarni tahlil 
etishi kerak. Ammo ekspert oldiga savollarni bunday qo‘yish, noaniq 
qo‘yilgan vazifaga o‘xshashdir va ekspert bu savollarni aniqlashtirmay 
turib hal qila olmaydi. Bunday hollarda savollarni aniqlashtirishning eng 
maqbul usuli, bu savolni qurol mexanizmlarining normal ishlashi nuqtai 
nazaridan kelib chiqib yechishdir. Ammo bu holda savollarni 
aniqlashtirish jinoyat ishi mohiyatini o‘rganib chiqqan tergovchi 
tomonidan emas, balki ularni faqat taxmin qila oluvchi ekspert 
tomonidan amalga oshirilganligi uchun, bu taxmin qilingan mohiyat va 
sharoitlar haqiqiy hodisaning sharoitlari bilan mos kelmasligi mumkin. 
Shuning uchun bu hollarda ekspert taxmin qilganligi haqida 
ogohlantirishi kerak. 
Ekspert ishning mohiyati bilan tanishib va berilgan qurolning rusumi 
(tizimi, namunasi)ni hisobga olib, bu bosqichning o‘zidayoq o‘q 
otilishning imkoniyati borligi yoki yo‘qligi haqida bir qator taxminlarni 
ilgari suradi. Albatta hali bu taxminlarni isbot qilish kerak bo‘ladi, lekin 
bu taxminlar tadqiqotlarning boshlanishi bo‘lib, ular tadqiqotlarning 
hajmi va yo‘nalishini belgilaydi. 
O‘q otilishlarning imkoni borligi yoki yo‘qligi deyilganda 
tekshirilayotgan hodisaning mohiyati keng ma’noda tushunilmaydi 
(masalan, shaxslarning harakati), balki qurollarning moddiy qismlari va 
boshqa daliliy ashyolarga bog‘liq turli texnik taxminlar anglanadi. 


 127 
Ekspertning taxminlari uning shaxsiy tajribasiga, kriminalistik 
adabiyotdan olingan ma’lumotlarga asoslanadi. Ammo adabiyotdan 
olingan ma’lumotlarni yetarli deb e’tirof etish va faqat ulardan 
foydalanish yetarli emas, shuning uchun bu holda boshqa sabablarni ham 
tahlil etish kerak bo‘ladi. Adabiyotdagi ma’lumotlarni nafaqat 
adabiyotda sanab o‘tilgan, balki ekspert o‘z faoliyatida uchratishi 
mumkin bo‘lgan har qanday tizim va rusumdagi qurollar uchun 
kriminalistik tadqiqotlarni o‘tkazishga imkon beruvchi umumiy metodik 
nuqtai nazardan qarash kerak. Bu holda yuqorida sanab o‘tilgan sabablar 
tepkiga ta’sir ko‘rsatmasdan yuz bergan o‘q otilishiga, ya’ni 
hodisalarning faqat bir guruhiga tegishlidir. Ularning asosiylari 
quyidagiga moslashtiriladi. 
1891/30-yil namunali vintovkalardan, 1932 va 1944-yil namunali 
karabinlar va ana shu prinsipda yasalgan boshqa namunalardan quyidagi 
hollarda o‘q otilishi mumkin: 
— patrondonga patron jo‘natishda, agar uning zatvori noto‘g‘ri 
yig‘ilgan (tepkisi urgichga yetarli burab kirgizilmagan) bo‘lsa;
— patrondonga patron jo‘natishda, agar gilza sandonining balandligi 
normal kattalikdan ortiq bo‘lsa. 
Xuddi shunday qurollardan, tepkisi tushirilgan va patrondonda 
patron bo‘lganda quyidagi hollarda o‘q otilishlari mumkin: 
— tepkiga zarba berilganda;
— qo‘ndog‘i bilan zarba berilganda. 
Xuddi shunday qurollardan, tepkisi ko‘tarilgan va patrondonda 
patron bo‘lganda quyidagi holda o‘q otilishlari mumkin: 
— qurolning jangovar holatda ushlab turuvchi qirrasini sheptalo 
bilan ajratuvchi har qanday sharoitlardagi silkinishlarda (qurol bilan 
zarba berish, qurolga zarba berish, qurolning tushib ketishi va hokazo). 
Oxirgi sabab quyidagicha tushuntiriladi: 
— zatvor tashqi sirti va stvol qutisining ichki sirti umumiy 
yeyilganligi bilan;
— tepkining jangovar qirrasining yeyilganligi bilan;
— sheptaloning yeyilganligi bilan;
— qo‘yib yuboruvchi prujinaning kuchsizlanishi;
— jangovar prujinaning kuchsizlanishi;
— stvol qutisi devorlarining qisman kengayishi. 
Stvollari ochiluvchi ov miltiqlaridan o‘q otilishi ehtimoli, ularning 
stvollarini yopishda (stvolning orqa qismini kolodkaga tushirishda) 
yuzaga keladi, bunda boyokning turtib chiqib turuvchi qirrasi kapsyulga 
uriladi. Bunday o‘q otilishining sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin: 


 128 
— urgichning zanglashi, ifloslanishi va hokazolar ta’sirida kolod-
kada ushlanib qolishi;
— urgichning egilib qolishi;
— urgich uzunligining normal holatdan kattaligi. 
Tepkilari tashqarida joylashgan ov miltiqlaridan ixtiyorsiz o‘q 
otilishi ko‘tarilmagan tepkilarning orqasiga zarba berilishi natijasida yuz 
berishi mumkin. Bu holda tepkilar noto‘liq qaytarilgan bo‘ladi. 
Tepkilarning noto‘liq qaytarilishi o‘z navbatida, quyidagilar bilan 
ifodalanadi: 
— tepkilarning zanglashi, ifloslanishi, moylanishi oqibatida 
tormozlanishi;
— tepkining qurolning birorta qismiga ishqalanishi; tepkilarning 
egilib qolganligi;
— jangovar prujinaning buzilishi;
— tepki o‘qining o‘z joyida keraklicha joylashmaganligi;
— yo‘naltiruvchi sterjen pastki yelkasining yeyilganligi. 
Xuddi shunday miltiqlardan tepkilarning normal qaytishida quyidagi 
hollarda ixtiyorsiz o‘q otilishi mumkin: 
— tepkilarni uning o‘qida mahkamlash uchun mo‘ljallangan tuynugi 
bilan shu o‘q orasidagi tirqishning kengayib qolishi;
— uzunroq urgichning ishlatilishi;
— tepkilarning saqlovchi ishchi qirralarining yeyilganligi. 
Turli qurollarda, ularning tepkisi jangovar holatda turganda, tepki 
bosilmasdan turib o‘z joyidan siljishi oqibatida ixtiyorsiz o‘q otilishi 
ehtimoli mavjud. Bunday otilish qurollarga turli mexanik ta’sirlar 
natijasida yuz beradi. Bunday otilishlarning sabablari quyidagilar 
bo‘lishi mumkin: 
— jangovar qirralar va sheptalo ishchi sirtlarining yeyilganligi;
— jangovar qirralar va sheptalolar burchaklarining o‘tmaslashib 
qolishi;
— jangovar qirralar va sheptalolar ishchi sirtlarining juda iflos-
lanishi. 
Jangovar qirra va sheptalo ishchi sirtlarining yeyilganligi quyidagi 
ko‘rinishda ifodalanadi: 
— metallarining qiyshayib qolishi;
— metallarining yeyilishi;
— metallarining sinishi. 
Jangovar qirralar va sheptalolar burchaklarining nihoyatda o‘tmas-
lashib qolishi quyidagilar oqibatida yuz berishi mumkin: 


 129 
— ularning tabiiy yeyilishi;
— qo‘yib yuboruvchi ilmoqni bosishda zarur kuch miqdorini 
kamaytirish uchun ataylab arralash yoki egovlash. 
TT to‘pponchasidan, uning tepkisi saqlovchi holatda turganda 
ixtiyorsiz o‘q otilishi, qurol dastasi qandaydir buyumga urilganda yuz 
berishi mumkin. Bunday otilishning sabablari: 
— ajratgich boshchasining yeyilganligi;
— ajratgichning tirsakli qirrasining yeyilganligi;
— sheptaloning ajratgich tirsakli qirrasi tayanadigan qirrasining 
yeyilishi. 
Ixtiyorsiz otilishlarning bu kabi sabablarini har qanday turdagi 
qurollarga nisbatan sanab o‘tish mumkin. Ammo bu holda ham u yetarli 
bo‘lmasligi mumkin, chunki barcha sabablar har bir alohida qurolning 
namunasiga mos ravishda umumiyligicha qolaveradi. Bundan tashqari, 
yuqorida faqat ixtiyorsiz otilishga imkon beruvchi sabablar ko‘rib 
chiqildi, boshqa sabablar umuman aniqlangani yo‘q. 
Bu o‘rinda ixtiyorsiz otilishlarning sabablari faqat qo‘yilgan savolni 
hal qilishda zarur tadqiqotlarning hajmi va mazmunini aniqlash uchun 
berildi. Bunday tadqiqotlarning vazifasi tekshirilayotgan muayyan 
holatlarda ixtiyorsiz o‘q otilishi yoki otilmasligi imkoniyatining 
sabablarini aniqlash va baholashdan iborat. Bunda ishning mohiyati va 
sharoitlari ekspertga ma’lum qilinadi, o‘q otilishi yoki otilmasligi 
imkoniyatining sabablari esa taqdim etilgan qurolning xususiyatlarini 
hisobga olib, ekspert tomonidan aniqlanadi. 
Taqdim etilgan qurolni ko‘zdan kechirish jaryonida ekspert uning 
nafaqat tuzilishi, balki aynan shu nusxadagi qurolga xos bo‘lgan 
xususiyatlariga, ya’ni, qismlarining joylashishi, ifloslanishlar, 
ishqalanishlar, tashqi ta’sir izlari, yoriqlar, ko‘chishlarning borligi va 
joylashishiga ham e’tibor beradi. Zarur kattaliklarni, masalan, tepkini 
ko‘tarish va tushirish uchun zarur kuch, zatvor richagining erkin yurish 
masofasi, qismlar orasidagi tirqishlar va hokazolarni o‘lchaydi va yozib 
oladi. Ko‘zdan kechirish natijasida qurol mexanizmidagi shubhali joylar 
aniqlanadi yoki gumon qilinadi. Shu vaqtning o‘zida qurol fotosuratga 
olinadi. Fotosuratlarni bir marta emas, qancha kerak bo‘lsa, shuncha 
marta, nafaqat qurolning yoki uning qismlarining tashqi ko‘rinishi, balki 
ekspert e’tibor bergan barcha xususiyatlarini ilova qilish uchun ham olish 
mumkin. 
Ishning sharoitlari qurolning ko‘zdan kechirish natijalari bilan birga 
tadqiqotning keyingi borishini belgilaydi. Faraz qilaylik, PPSH 


 130 
avtomatining yerga tushib ketishida ixtiyorsiz ravishda uzluksiz otilishi 
ehtimoli haqidagi savollarni hal etmoqdamiz. Qurolni ko‘zdan 
kechirishda uning qo‘ndog‘i orqasida turli xil ishqalanishlar shaklidagi 
izlar va ifloslanishlar aniqlangan va ular fotosuratga olingan. Bu 
sharoitlarni baholab, ekspert quyidagicha fikr yuritadi. Aniqlangan izlar 
bu avtomat yerga qo‘ndog‘i bilan tushganligidan darak beradi, deb 
taxmin qilish mumkin. Yerga tushish natijasida uning zatvori inersiya 
ta’sirida orqaga harakatlangan, ammo jangovar holatga o‘tmagan, balki 
darhol oldinga harakatlangan va bu narsa birinchi ixtiyorsiz o‘q otilishiga 
sabab bo‘lgan. Zatvor orqa holatga faqatgina saqlagich singan yoki 
qo‘yilmagan bo‘lsa, zatvor qutisi kesiklarining yeyilganligi natijasida 
harakatlanishi mumkin. Demak, qurolning ana shu mexanizmlarini 
tekshirish kerak. Zatvor orqaga ketar ekan, ixtiyorsiz otilishlarning oldini 
olishi mumkin bo‘lgan darajada jangovar holatda ushlab turilmagan, yoki 
u qo‘yib yuboruvchi richag yordamida ushlanmagan yoki ungacha yetib 
bormagan.
Birinchi holatda jangovar qirralar va sheptalolarning yeyilganlik 
darajasini, ularning o‘zaro harakatini, qo‘yib yuboruvchi richag 
prujinasining sozligini tekshirish zarur. Ikkinchi holatda esa qurol bilan 
bog‘liq boshqa sabab va hodisalarni tekshiriladi. Shu tariqa yechilishi 
kerak bo‘lgan savollar doirasini aniqlab olib, ekspert qurolning kerakli 
mexanizmlarini tekshirib boraveradi. Bunda ba’zi bir holatlar faqat 
eksperimentda aniqlanishi mumkin. Eksperimentning mazmuni turlicha 
bo‘lishi mumkin, chunki ular tadqiqot vazifalaridan kelib chiqadi. Ammo 
sodir bo‘lgan hodisaga eng yaqin bo‘lgan sharoitlarga va shartlarga rioya 
qilinishi eksperimentning zaruriy talablari bo‘lib hisoblanadi. Bu 
shartlarga rioya qilish hodisa sharoitlari va shartlarini aynan nusxa qilib 
ko‘chirish degani emas. Masalan, ekspertga qurol bilan bir necha metr 
balandlikdan tushish, u bilan batareyaga urish, oyoqlari bilan tepish
biror shaxsning qo‘lidan yulqib olish va hokazolar shart emas. Bu tajriba 
harakatlarining barchasi laboratoriya sharoitlarida, real hodisa 
yo‘nalishida va bir xil kuch ishlatib, qabul qilingan birliklar tizimida 
o‘lchab amalga oshiriladi. Faqat sharoitlar hodisaga maksimal darajada 
yaqin bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, eksperiment xavfsizlik qoidalariga 
javob berishi lozim. Lekin ko‘p hollarda ana shu xavfsizlik talablari 
e’tiborga olinmaydi. Masalan, eksperimentlarni quyidagicha bayon 
qilishda buni yaqqol ko‘rish mumkin: 
«... miltiq jangovar holatda (patron patrondonga jo‘natilgan, tepkilar 
ko‘tarilgan, saqlagich ochilgan) siltandi, kolodkasi bilan polga urib 


 131 
ko‘rildi, turli holatlarda ochib va yopib ko‘rildi, ammo o‘q otilishi yuz 
bermadi». 
Albatta, ko‘p hollarda, masalan, qurol avtomatikasini tekshirishda 
patrondonga patron jo‘natish maqsadga muvofiqdir. Lekin yuqorida 
keltirilgan misolda patronlar o‘rniga, patronlarning sifatliligini hisobga 
olib (agar bu maxsus tekshirishni talab qilmasa), faqat kapsyullar 
o‘rnatilgan gilzalar bilan chegaralanish mumkin edi. 
O‘tkazilgan eksperimentlarning shartlari, borishi va natijalarini 
xulosada ta’riflab yozish, fotosuratga olish yo‘li bilan bayon etiladi. 
Ko‘p hollarda, tadqiqotlar shu bilan tugaydi, chunki otilish sababi hali 
aniqlanmagan. Bu sabablarni aniqlash uchun qurolni qismlarga ajratish 
kerak. Qurolni qismlarga ajratish darajasi va zaruriyligi ekspertiza 
o‘tkazish jarayonida aniqlanadi. Qurolni qismlarga ajratish kerakligiga 
ishonch hosil qilinganidan keyin, qismlarining holati, ularning 
xususiyatlari e’tibordan chetda qolmasligi uchun yana bir bor tahlil 
etiladi. 
Qurolni qismlarga ajratish jarayonida, qismlarga ajratmasdan 
aniqlanishi mumkin bo‘lmagan mexanizm va qismlarning holati va 
o‘zaro harakati tahlil etiladi. Yakuniy xulosa uchun ahamiyatga ega 
bo‘lgan barcha xususiyatlar xulosada bayon etiladi. Qurol moddiy 
qismlarining ixtiyorsiz o‘q otilishi yoki otilmasligiga sabab bo‘luvchi 
xususiyatlari suratga olinadi. Fotosuratlarning miqdori xulosaning to‘liq 
ilova qilinishi uchun ekspert tomonidan har bir hol uchun alohida 
belgilanadi. 
Ixtiyorsiz o‘q otilishi yoki otilmasligi ehtimolining aniqlangan 
sabablarining ahamiyati haqidagi yakuniy xulosalarning ishonchliligini 
oshirish uchun, ular eksperimental tekshirib ko‘riladi. Buning uchun 
oldindan o‘tkazilgan eksperimentlarning shartlari ataylab o‘zgartiriladi, 
masalan, qurolning nuqsonli qismi boshqa qism bilan almashtiriladi va 
eksperiment qaytadan o‘tkaziladi. 
Ekspertiza o‘tkazishga qo‘yiladigan umumiy talablarga mos holda, 
tadqiqotning borishi, eksperiment o‘tkazish va ularning natijalarini ham 
qo‘shib xulosada aks ettiriladi. 
Ixtiyorsiz o‘q otilishi yoki otilmasligi ehtimoli qurol moddiy 
qismlarini tekshirish, jinoiy ish mohiyati va sharoitlarini hisobga olgan 
holda eksperimentlar natijalari bilan asoslanadi. Ixtiyorsiz otilish 
ehtimolining aniqlangan sabablari (masalan, boyokning sinishi tufayli va 
hokazo) yakuniy xulosada bayon etiladi. Boshqa hollarda esa ekspert bu 
sabablar xulosaning tadqiqot qismida bayon qilinganligiga asoslanishi 


 132 
mumkin. Yakuniy xulosaning shakli bu holda quyidagicha bo‘lishi 
mumkin: jinoyat ishi materiallarida ko‘rsatilgan sharoitlarda, berilgan 
quroldan ixtiyorsiz o‘q otilishi xulosaning tadqiqot qismida ko‘rsatilgan 
sabablarga ko‘ra mumkin (mumkin emas). 
Qo‘yib yuboruvchi ilmoq bosilmasdan o‘q otilishiga, o‘qotar 
qurollarning tuzilishidagi turli nuqsonlardan tashqari, patronlarning 
nuqsonlari ham sabab bo‘lishi mumkin. Patronlarning bu kabi 
nuqsonlarining asosiylaridan biri — gilzaning kapsyul uyasidagi 
sandonning belgilanganidan ko‘ra balandroq joylashishi hisoblanadi. 
Odatda, bu kabi nuqsonlar, bir necha marta ishlatilgan va jihozlangan 
metall korpusli gilzalarda uchraydi. Bunday gilzalarda, sandonlarning 
balandligi, birinchidan, erigan kapsyul materiali (yupqa folga) 
zarrachalarini o‘tirib qolishi va ikkinchidan, ishlatilgan kaspyullarni 
chiqarib tashlashda, sandonning joyidan siljib qolishi natijasida 
o‘zgaradi. Ko‘p marta ishlatilgan gilzalar sandonlarining balandligi 
odatdagidan 0,85 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin