Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

mmgacha 
ko‘tarilib qoladi. Sandonning eng yuqori 
nuqtasi bilan gilza tubining tashqi sirti orasidagi eng kichik masofa 0,29 
mmgacha 
bo‘lib qoladi. Bu holda, kapsyulni gilzadagi kapsyul uyasiga 
gilza tubining sirti darajasida o‘tirgizishning iloji bo‘lmaydi, chunki, 
kapsyulning qalinligi 1 
mm 
bo‘lgani uchun gilza sirtidan eng kamida 
0,71 
mm 
turtib chiqib qoladi. 
Yuqorida aytilganlarni e’tiborga olib, o‘qotar quroldan qo‘yib 
yuboruvchi ilmoqni bosmasdan o‘q otilishi ehtimolini tekshirganda
faqat qurol va uning holatinigina emas, balki, patronlarni ham albatta 
tekshirish lozim. Bu holda, eng avvalo, tekshirilayotgan patronning 
kapsyuli gilza sirtidan qancha masofaga turtib chiqib turishini aniqlash 
kerak. Masalan, ov miltiqlari gilzalarini jihozlashda ishlatiladigan 
«Sentroboy» kapsyuli gilzadan turtib chiqib tursa, uni kapsyul 
uyachasidan ohista chiqarib olish lozim. Kapsyulni chiqarib olishda 
gidravlik usuldan foydalaniladi. Bu usulda, gilzaga suv quyiladi va 
diametri gilzaning ichki diametriga teng bo‘lgan silindrsimon porshen 
yordamida suvni siqib kapsyul uyachasidan chiqariladi. Gilzadan 
kapsyul chiqarib olinganidan so‘ng, sandonning eng yuqori nuqtasidan 
gilza tubining tashqi sirtigacha bo‘lgan masofa o‘lchanadi. Yangi 
gilzalarda ushbu masofa o‘rtacha quyidagicha bo‘lishi kerak (4-jadval): 
 
 


 133 
4-jadval. 
 

 
Ov miltiqlarining 
Kalibri 
Gilza sandonning eng yuqori nuqtasidan gilza 
tubining tashqi sirtigacha bo‘lgan masofa 
1 12 
1,23 
mm
2 16 
1,14 
mm
3 20 
1,20 
mm
4 28 
1,21 
mm
5 32 
1,13 
mm
Shundan so‘ng, rusumi, turi, ko‘rinishi, markirovka belgilari va 
o‘lchamlari tadqiqotga taqdim etilgan gilza bilan bir xil boshqa bir necha 
(beshta) gilza olinadi va ularda ham yuqorida ta’kidlangan masofa 
o‘lchanadi. Keyin tadqiqotga keltirilgan gilzadagi mazkur masofaning 
qiymati yuqorida keltirilgan jadvaldagi va eksperimental gilzalarni 
o‘lchashda aniqlangan qiymatlar bilan solishtiriladi hamda 
tekshirilayotgan gilza sandoni balandligini odatdagidan chetlashishi 
aniqlanadi. Eksperimental o‘q otishlar ham, tadqiqotga keltirilgan 
gilzaning o‘zi bilan, uning kapsyuli almashtirib bajariladi. 
Ekspertiza xulosasida, tadqiqotga taqdim etilgan o‘qotar quroldan 
tepki bosmasdan o‘q otilishi ehtimoli aniqlash bilan birga, ushbu 
qurolning otish uchun yaroqliligi yoki undan alohida o‘q otishlar 
imkoniyatini aniqlashni ham qo‘shish kerak. Bunday tadqiqotlarda, 
boyokni urib o‘q otilishi uchun yetarli bo‘lgan tepkini bosishga zarur 
bo‘lgan kuch aniqlanadi va bu jarayon ham alohida qayd etiladi. Bundan 
tashqari, ekspertiza xulosasida, tadqiqotlar jarayonida o‘tkazilgan 
eksperimentlarning maqsadi, mazmuni va natijalari ham qayd etilishi 
zarur. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin