Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Silliq stvolli qurollar stvolining yorilish sabablari



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

5-§. Silliq stvolli qurollar stvolining yorilish sabablari 
 va ulardan oxirgi marta qanday snaryad
(sochma o‘q yoki o‘q) otilganini aniqlash 
 
Silliq stvolli qurollar stvolining yorilish sabablarini aniqlash.
Silliq 
stvolli qurollarning stvolini ishib qolishi yoki yorilib ketishining 
sabablari, nafaqat bunday qurollarni noto‘g‘ri ishlatish, balki, bunday 
qurollarning stvollari shikastlanmasligi uchun ishlab chiqilgan tartib-
qoidalarga rioya etmaslik ham bo‘lishi mumkin. 
Zamonaviy silliq stvolli qurollarning stvol kanalidagi poroxning 
yonishidan hosil bo‘lgan gazlarning bosimi 500–600 atmosfera bosimiga 
teng bo‘lishi mumkin. Ammo ayrim sabablarga ko‘ra ushbu bosim 
yuqorida aytilgan qiymatdan ortib ketishi va qurol stvolining 
shikastlanishi (shishib qolishi, yorilishi va boshqalar)ga sabab bo‘lishi 
mumkin. 
Silliq stvolli qurollar stvol kanalining yorilib ketishiga stvol 
kanalidagi turli tasodifiy to‘siqlar, patron porox zaradining ko‘payishi, 
undan tashqari, qurol stvolidagi turli nosozliklar, yoriqlar va chuqur 
ezilishlar sabab bo‘lishi mumkin. 
Porox gazlarining bosimi ortib ketishi natijasida stvolning 
yorilishida, bu shikastlanishlar (yorilishlar) qurol stvolining patrondonida 
va stvolning patrondondan keyingi qismida kuzatilishi mumkin va bu 
yorilish stvol materialining oddiy yorilishi bilan ifodalanadi, bunda stvol 
materiali cho‘zilib ketmaydi. 
Ko‘p hollarda bunday yorilishda qurolning kolodkasi, stvol osti 
ilmoqchalari va zatvor shikastlanishi mumkin. 


 139 
Quyidagilar porox zaradining ortib ketishi natijasida qurol stvolining 
yorilishiga sabab bo‘lishi mumkin: 
— tutunsiz porox zaradining juda ko‘pligi; 
— silliq stvolli qurolda to‘pponcha poroxi, masalan «VP» viskozali 
poroxdan foydalanish; 
— tez yonuvchi porox ishlatilganda ko‘p miqdordagi sochma 
o‘qlardan foydalanish; 
— patronlarni jihozlash uchun kimyoviy parchalanishga uchragan 
poroxlardan foydalanish; 
— porox zaradida tutunli yoki tutunsiz porox changlarining juda 
ko‘pligi; 
— tutunsiz poroxdan foydalanib patronni jihozlashda poroxni juda 
qattiq siqish, tutunli poroxdan foydalanganda uni qattiq siqish natijasida 
porox changining ko‘p miqdorda bo‘lishi tutunli poroxdan 
foydalanganda uni qattiq siqish natijasida porox changining ko‘p 
miqdorda bo‘lishi; 
— tutunsiz porox bilan juda ham zich jihozlangan patronda katta 
zaradli (kuchli) kapsyuldan foydalanish. 
Silliq stvolli qurollarning stvollari asosan stvol kanalida tasodifiy 
to‘siqlar mavjud bo‘lganda yoriladi. Chunki, quroldan otishda yetarlicha 
katta tezlikka ega bo‘lgan sochma o‘qlar yoki o‘qlar stvol kanalida 
tasodifiy to‘siq bilan to‘qnashganida ularning tezligi keskin kamayadi. 
Buning oqibatida snaryadning orqa tomonidagi inersiya kuchlari 
ko‘ndalang yo‘nalishga ta’sir qiladi va stvol kanali yorilishi mumkin. 
Stvol kanalidagi tasodifiy to‘siq sababli, yorilish, odatda stvolning og‘iz 
qismiga yaqinroqda yuz beradi. 
Silliq stvolli qurollarning stvollari, stvol kanaliga tasodifan tushib 
qolgan har qanday begona jism sababli yorilishi mumkin, jumladan: 
— qurol stvoli yerga, tuproqqa, qumga 2–3 
sm 
masofaga botirib 
kiritilgan holatda o‘q otilsa; 
— qurolning stvoli ho‘l qor bilan to‘ldirilgan bo‘lsa;
— qurol stvoliga qor tushgan va qor stvol devorlariga erib yopishib 
qolgan bo‘lsa; 
— qurol stvolida, oldingi o‘q otilishidan qolgan pijlar, qog‘oz 
gilzaning qoldiqlari kabi narsalar bo‘lganda; 
— stvol metallining qizib ketishida, agar qurolni ishlab chiqarishda 
nuqsonlari bo‘lsa. 


 140 
Stvollarida choklari (torayishlari) bo‘lgan qurollardan, ushbu qurol 
stvol kanali diametridan kattaroq diametrli dumaloq o‘qlardan 
foydalanilganda ham stvollar yorilishi mumkin. 
Qurollarni ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda, stvoli yorilib ketgan 
qurollarning yorilgan stvollari va uning qoldiqlari diqqat bilan ko‘zdan 
kechirilishi zarur. Bunday qurollar stvollari metallining holati maxsus 
metalografik ekspertiza orqali aniqlanadi. Ko‘pincha hodisa joyida stvol 
kanalining yorilishiga sabab bo‘lgan va stvolning ichiga tasodifan tushib 
qolgan narsalar aniqlanadi. 
Agar stvolning yorilishi patronlarning noto‘g‘ri jihozlanishi 
natijasida bo‘lgan deb xulosaga kelinsa, u holda ushbu qurolga 
mo‘ljallangan patronlarni tadqiq etish lozim. 
Silliq stvolli qurollardan oxirgi marta qanday snaryad (sochma o‘q 
yoki o‘q) otilganligini aniqlash. 
Stvollari maxsus toraytirilgan (chokli) 
qurollardan otishga mo‘ljallab ishlab chiqarilgan o‘qlar bilan o‘q 
otilishida, otilgan o‘qning stvolning toraygan qismidan harakatlanib 
o‘tishida, stvol kanalining devorlarida o‘qning yetakchi qismi 
(qovurg‘alari)dan turli izlar qoladi (bunday izlar qo‘rg‘oshinlanish 
hoshiyalari deyiladi). 
Turli rusum va namunadagi o‘qlarda yetakchi qovurg‘alarning soni 
va kengligi turlicha bo‘lgani uchun o‘q otilishi qanday turdagi o‘qlardan 
foydalanib amalga oshirilganligini aniqlash imkoniyati tug‘iladi (faqat, 
stvollari maxsus toraytirilgan (chokli) qurollardan otishga mo‘ljallab 
ishlab chiqarilgan o‘qlar bilan o‘q otilishida). Masalan, Yakan rusumli 
o‘q olti qovurg‘ali, Brenneke o‘qi 12 qovurg‘alidir. 
Silliq stvolli ov miltiqlarining yaxlit o‘qlari tuzilishi va shakliga 
ko‘ra o‘zaro farq qiladi. Ular yaxlit (monolit), yig‘ma bo‘lishi hamda 
sanoatda va qo‘lbola usulda yasalishi mumkin. 
O‘qlar quyish va undan keyin shtampovka qilish orqali metall 
kesuvchi stanoklar yordamida yasaladi. O‘qlar uchishida o‘zini stabillash 
qobiliyatiga ko‘ra oriyentirlanmaydigan, strelkali, turbinali va 
murakkablashtirilgan turlarga bo‘linadi.
Oriyentirlanmaydigan o‘qlar 
sferik shaklda bo‘lib, ularda o‘qni 
havodagi harakatini yo‘naltirishga mo‘ljallangan qismlar bo‘lmaydi. 
Ularning og‘irlik markazi o‘qning markazida joylashgan bo‘ladi. Bunday 
turdagi o‘qlarga silliq o‘q va «Sputnik» o‘qi kiradi.
Strelkali o‘qlar 
— ularning uchishi stabilizator dumchasi va og‘irlik 
markazining o‘qning bosh qismiga ko‘chirilganligi natijasida 


 141 
stabillashtirilishi bilan ajralib turadi. bunday o‘qlar eng ko‘p tarqalgan 
o‘q bo‘lib, boshqalaridan tayyorlanishining soddaligi va uchishda 
barqarorlikka egaligi bilan farq qiladi. Bunday o‘qlar qatoriga Somko 
o‘qi, Vitsleben o‘qi kabilar kiradi. 
Yakan o‘qi (original) — sterjenli bosh qism va stabilizator–
dumchadan iborat o‘q. Silindrsimon sterjenli Brenneke o‘qi — oval uchli 
quyma o‘q, uning silindrsimon sterjeni bo‘ladi, yon sirtida 12 ta o‘ngga 
og‘ma markazlovchi ariqchalari mavjud.
Turbinali o‘qlar 
boshqalaridan o‘zining ichida uchayotgan o‘qqa 
aylanma harakat berish uchun mo‘ljallangan parraklari bo‘lgan ochiq 
kanal mavjudligi bilan farq qiladi. Konusli turbinali o‘q ikkita konusdan 
tashkil topgan, og‘irlik markazi o‘qning bosh qismiga ko‘chirilgan. 
O‘qning ichida uchta chapga og‘ma parraklar joylashgan ochiq kanal 
mavjud.
Otilgan o‘qlarda yuqorida aytilgan va individual xususiyat 
hisoblangan qovurg‘alarning stvol kanalida yaxshi ifodalangan 
shilinishlari qoldirgan belgilar aniqlanganda va otilgan o‘q 
deformatsiyalanib ketmagan bo‘lsa, quroldan otishda ishlatilgan 
o‘qlarning turi, rusumi, namunasi va ayrim hollarda tekshirilayotgan 
qurol stvolidan otilgan o‘qning o‘zini ham aniqlash mumkin. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin