Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. O‘qotar quroldan qanday turdagi poroxdan foydalanib



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

 
7-§. O‘qotar quroldan qanday turdagi poroxdan foydalanib
o‘q otilganligini aniqlash 
Qurol stvoli kanalidagi qoldiqlaridan o‘q otilishida foydalanilgan 
poroxning turini aniqlash, tutunli va tutunsiz poroxlarning kimyoviy 
tabiatidagi farqlarga ko‘ra bajariladi. 
Tutunli porox yonishida hosil bo‘ladigan gazlaning tarkibi tahminan 
quyidagicha: uglerod ikki oksidi (SO2), — 50%, uglerod oksidi (SO) — 
10%, azot (N
2
) — 35%, sulfid (H
2
S) — 3%, vodorod (N2) — 2%, 
bundan tashqari kislorod (O2) va metan (SN4) gazlari mavjud bo‘ladi. 
Tutunli porox yonishida maxsus hidning mavjud bo‘lishi sulfid gazining 
hosil bo‘lishi bilan tushuntiriladi. 
Tutunli porox yonishida hosil bo‘ladigan mahsulotlarda og‘irlik 
bo‘yicha gazlar 40 — 50 %ni tashkil etadi. Qolgan mahsulotlar qurum va 
suvdan iborat bo‘ladi. 
Poroxning yonish mahsulotlarining qattiq tarkibiy qismlarida kaliyli 
uglerod ikki oksidi (K2SO3) — 56%, oltingugurt kaliy (K2S) — 25%, 
sulfatlar — 16%, kaliy rodanit (KCNS) — 0,5%, shuningdek, nitrit va 
nitratlar, oltingugurt va ugleroddan iborat bo‘ladi. Shu tariqa, tutunli 
poroxning qurumi asosan turli tuzlardan iborat va kristall tuzilishga ega 
bo‘ladi. 
Tutunsiz poroxning yonishida hosil bo‘ladigan gazlar quyidagilardan 
iborat: uglerod oksidi — 39,5%, suv bug‘lari — 17,7%, vodorod — 
16,8%, azot — 10,4%, uglerod ikki oksidi — 14,6%, metan — 0,3% va 
metan — 0,5% dan iborat. 
Tutunsiz poroxdan foydalanib o‘q otilishida hosil bo‘lgan qurum 
juda kichik o‘lchamdagi zarrachalar — kapsyulning yondiruvchi 


 144 
tarkibining qoldiqlari, otilgan o‘qdan yoki gilzadan yulib olingan metall 
zarrachalari va poroxning yonish qoldiqlaridan iborat bo‘ladi. Tutunli 
poroxning qurumi tarkibiga kaliy xlorid (KCl), sernokisliy kaliy 
(K
2
SO
4
) va sernistokisliy kaliy (K
2
SO
3
) kiradi. Ushbu qurumning 
erimaydigan qismlari mis, rux, qo‘rg‘oshin, temir, qalay va kulning 
zarrachalaridan iborat bo‘ladi. 
Tekshirilayotgan qurol stvoli kanalini ko‘zdan kechirishda o‘q 
otilishdan hosil bo‘lgan qurumga e’tibor beriladi, bu qurum tutunli porox 
ishlatilganda ko‘p, tutunsiz porox ishlatilganda kam miqdorda bo‘ladi. 
Tadqiqot jarayonida ishlatilgan poroxning tutunli yoki tutunsiz ekanligini 
aniqlash uchun avval yo‘naltiruvchi proba olinishi va tekshirilishi lozim. 
Buning uchun stvol kanalidan olingan qurumning lakmusga nisbatan 
reaksiya tekshiriladi. Tutunli porox qurumining lakmusga nisbatan 
reaksiyasi ishqorli, tutunsiz poroxning reaksiyasi esa kislotali bo‘ladi. 
O‘q otilishida ishlatilgan poroxning turini aniqlashda stvol kanalida 
saqlanib qolgan yonmagan yoki chala yongan porox zarrachalaridan 
foydalanish mumkin. Bunda, aniqlangan porox zarrachalari rusumi 
oldindan aniq bo‘lgan porox zarrachalari bilan solishtiriladi. 
Tutunli porox ishlatilganini aniqlash uchun qurumda sulfatlar va 
sulfidlar mavjudligini aniqlash uchun kimyoviy tajribalar o‘tkaziladi, 
keyingi paragrafda ushbu kimyoviy reaksiyalar haqida so‘z yuritiladi. 
Tutunsiz poroxning qoldiqlarini aniqlash uchun ham nitritlar va 
nitratlar mavjudligini aniqlash maqsadida sodda kimyoviy reaksiyalar 
o‘tkaziladi. Buning uchun, difenilaminning sulfat kislotadagi eritmasi 
olinadi. Ushbu eritmaning protsenti 0,5 dan 8 % gacha bo‘lishi mumkin. 
So‘ng tekshirilayotgan qurol stvolidan poroxning yonmagan yoki chala 
yongan zarrachalari yoki tampon orqali namunalar olinadi. Tajriba 
natijalari asosli bo‘lishi uchun nazorat tajribalari ham o‘tkaziladi. Qurol 
stvoli kanalidan olingan yonmagan yoki chala yongan zarrachalari chinni 
idishga solinadi va ustidan yuqoridagi eritma quyiladi. Agar reaksiya 
ijobiy bo‘lsa, tekshirilayotgan zarrachalar ko‘k rangga kiradi. Keyin, 
nazorat tajribalari o‘tkaziladi, ya’ni zarrachalar igna bilan olinib, 
distillangan suv bilan yuviladi va keyin buyum shishachasi ustiga quyib, 
tagidan olov yoqiladi. Olov ta’sirida zarracha alangalanib yonib ketishi 
lozim. Yonishda tutunsiz porox yonganida vujudga keladigan maxsus hid 
— azot oksidlarining hidi seziladi, shishada esa qotib qolgan ko‘pikka 
o‘xshash qoldiq qoladi. Ana shu qoldiq difenilamin tomizilsa, yana ko‘k 
rangga kirishi kerak. 


 145 
Tutunsiz poroxning ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda ekspert 
albatta, ushbu turdagi tadqiqotlar metodikasining nazariy asoslarini 
bilishi zarur. 
Tutunsiz poroxning ixtiyoriy turi, ular uchun mos bo‘lgan o‘zgarmas 
va doimiy o‘lcham va shaklga ega zarralardan iborat. Qo‘l o‘qotar 
qurollari uchun mayda zarrali porox ishlatiladi. Poroxning yonish tezligi 
porox zarrachalarining o‘lchamiga bog‘liq bo‘lgani uchun, tutunli porox 
donalari bir xil o‘lchamda qilib tayyorlanadi. Porox donalari qancha 
mayda bo‘lsa, u shuncha tez yonadi va natijada, porox gazlarining stvol 
kanalidagi bosimi shuncha tez ortadi. 
Porox zarrachalarining shakli, shu zarrachalar sirti kattaligiga ham 
bog‘liq bo‘ladi va binobarin, o‘q otilishi vaqtida hosil bo‘ladigan porox 
gazlari oqimining doimiyligi ham zarrachalar shakliga bog‘liq bo‘ladi. 
Masalan, silindrsimon shakldagi porox donalari yonganida, donachalar 
sirti kamayib boradi va buning hisobiga stvol kanalidagi porox 
gazlarining bosimi kamayib boradi. Plastina shaklidagi porox yonishida 
ham shunday holat kuzatiladi. Quvursimon porox yonganida, porox 
donalarining tashqi sirti kamayadi, ammo ichki sirti kengayadi, buning 
natijasida gazlar bosimi saqlanib turadi. 
Maxsus adabiyotlardan ma’lumki, zich kolloid moddadan iborat 
tutunli porox stvol kanalida parallel qatlamlar shaklida yonadi.
Ana shu xossaga asosan sud ballistikasida «tutunli poroxning 
geometrik yonish qonuni» ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra: birinchidan, 
tutunli porox donalarining yonishi parallel ravishda har tomonga bir xil 
tezlik bilan tarqaladi; 2 — tutunli porox donalari o‘zaro bir xil va bir xil 
yonadi. Ammo, amalda ushbu qonuniyat buziladi, chunki, porox donalari 
har doim ham (asosan shakli va o‘lchamlariga ko‘ra) bir xil bo‘lmaydi; 
ikkinchidan, poroxni saqlanish sharoitlari bunga ta’sir ko‘rsatadi va 
natijada porox donalarining barchasi bir xilda yonmaydi. Bundan 
tashqari, barcha poroxlar kimyoviy birikmadan iborat bo‘lgani uchun, 
vaqt o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan parchalanish xususiyatiga ega. 
Tutunsiz poroxning quyidagi turlari mavjud: silindrsimon, 
plastinasimon, quvursimon va g‘ovak poroxlar. Silindrsimon poroxga 
«VP» viskozali to‘pponcha poroxi misol bo‘ladi. Plastinasimon poroxga 
«R» rusumli revolver poroxi, «Sokol» rusumli ov patronlari uchun 
porox, ayrim chet elda ishlab chiqarilgan poroxlar (masalan, «Brauning», 
Kolt va hokazolar uchun ishlailadigan poroxlar) misol bo‘ladi. 
Quvursimon poroxga «VL» rusumli vintovkalar poroxi misol bo‘lsa, 


 146 
g‘ovak poroxga «P–45», «P–85» va «P–125» rusumli poroxlar misol 
bo‘la oladi. 
Silindrsimon porxlar yonganida o‘lchami kichrayadi, ammo o‘z 
shaklini saqlab qoladi. Porox donalarining moddasi oq va yarim shaffof 
bo‘ladi. Ular yonganida usti qurum bilan qoplangani uchun qora qo‘ng‘ir 
rangga kirib qoladi. Ammo, ularga ikki – uch sekund sulfat kislotaga 
tushirilsa, o‘zining asl holatiga qaytadi. 
Plastinasimon porxlar yonganida o‘z shaklini yo‘qotadi, chunki 
plastinalarning qalinligi juda kichik bo‘ladi. 
Quvursimon poroxlar yonganida o‘z shaklini qisman yo‘qotadi, 
ayrim hollarda yonmagan yoki chala yongan, o‘z shaklini to‘laligicha 
saqlab qolgan porox donalarini uchratish mumkin. 
G‘ovak porox yonganida, uning donalari turli shaklga ega bo‘lib, 
ko‘pincha noaniq shakldagi zarrachalardan iborat bo‘ladi. Ushbu 
rusumdagi poroxni aniqlash uchun, poroxning yonmagan yoki chala 
yongan zarrachalarining rangidan foydalanish mumkin, ular yashil, qizil 
va hokazo yorqin rangda bo‘ladi. 
Bir necha turdagi poroxlar yonishidan hosil bo‘lgan qoldiqlarni 
o‘zaro farqlash uchun ilovada turli poroxlar qoldiqlarining belgilari 
jadvali keltirilgan. 
Poroxning qora rangga kirib qolgan va yongan, yonmagan yoki chala 
yongan zarrachalarini fotosuratga olishdan oldin, ularga 20 yoki 30 %li 
sulfat kislotada ishlov berilishi va undan keyin suv bilan yuvish kerak. 
Taqqoslash uchun poroxning butun zarrachalari ham fotosuratga olinishi 
lozim. 
Poroxlarning turini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishda qaysi 
turdagi porox qanday o‘qotar qurolda ishlatilishini bilish zarur.

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin