Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


JANGOVAR O‘Q-DORILARNING EKSPERT-



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

 JANGOVAR O‘Q-DORILARNING EKSPERT-
KRIMINALISTIK TADQIQOTLARI 
 
1-§. Patronlarning jangovar o‘q-dorilarga taalluqliligini aniqlash 
 
Tadqiq qilinayotgan patroning jangovar o‘q-dorilarga taalluqliligini 
aniqlash — ushbu patronning mo‘ljallangan maqsadi — to‘siq (nishon)ni 
shikastlash imkoniyatini aniqlashga asoslangan.
Zavodda tayyorlangan patronni tadqiq etishda tuzilishidagi 
xususiyatlari va markirovka belgilari asosida uning turi va namunasi 
aniqlanadi.
Jangovar o‘q-dorilarning guruhiy taalluqliligini aniqlash deganda, 
birinchidan, tekshirilayotgan patron yoki uning alohida qismlarini 
standart patronlarning biror turi va namunasiga, shuningdek 
o‘zgartirilgan yoki qo‘lbola usulda yasalgan patronlarga tegishliligini, 
ikkinchidan, bir necha patronlar yoki ularning tarkibiy qismlarini bir 
turdagi patronlar guruhiga tegishliligini, ya’ni, ularning kelib 
chiqishining umumiyligini aniqlash tushuniladi. 
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish yoki tintuv tergov harakatlari 
jarayonida olingan patronlarning turi va namunasini aniqlash, ushbu 
patronlar otish uchun mo‘ljallangan yoki otilgan o‘qotar qurollarning 
qidiruv doirasini kamaytirishga va binobarin, qonunga xilof ravishda 
saqlangan yoki jinoyat sodir etilgan o‘qotar qurollarni qidirish 
ishlarining samarali bo‘lishiga imkon yaratadi. 
Tekshirilayotgan va hodisa sodir bo‘lgan turli joylardan olingan 
jangovar o‘q-dorilar yoki ularning alohida tarkibiy qismlarining yagona 
kelib chiqish manbaiga egaligi yoki ularning bir guruhga tegishliligini 
aniqlash esa, bir necha jinoyat ishini birlashtirishga yoki ishlatilgan 
o‘qotar qurol hamda jinoyatchini qidirish ishlarini faollashtirishga sabab 
bo‘ladi. Masalan, hodisa joyidan va gumon qilinuvchi shaxsdan olingan 
jangovar o‘q-dorilarning yagona kelib chiqish manbaiga egaligini 
ta’kidlash, o‘sha shaxsning aybini isbotlashda muhim ahamiyatga ega. 
Patronning turi va namunasi odatda, ushbu patron otish uchun 
mo‘ljallangan o‘qotar qurolning turi, kalibri, ba’zida rusumini aniqlash 
uchun o‘rganiladi. Ushbu vazifani hodisa joyidan yoki tintuv jarayonida 
aniqlangan va olingan patronlarni tadqiq etish orqali hal etish uchun 
mustaqil ekspertizalar o‘tkaziladi. Bu vazifani hal etish jinoyatchidan 
olingan o‘qotar qurolning rusumini aniqlash bo‘yicha ekspertiza 


 154 
tadqiqotlarining birinchi qismi sifatida ham amalga oshirilishi mumkin. 
Faqat bu holda, otilgan gilza va o‘qlarda ishlatilgan qurol qismlaridan 
qolgan izlar yaxshi ifodalangan bo‘lishi kerak. Patronni patrondonga 
jo‘natish, o‘q otilmay qolganlik izlari shunday izlar bo‘lishi mumkin. 
Patronlarning turi va namunasini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar 
ularning tuzilishiga, shuningdek ayrim ishlab chiqarishga oid belgilarni 
(markirovkasi, materiali) aniqlash va baholashni nazarda tutadi. Ko‘zdan 
kechirish va o‘lchash tadqiqotlarining natijalarini standart patronlarning 
turi va namunalari bo‘yicha ma’lumotlar yoki jangovar o‘q-dorilarning 
xususiyatlari bilan solishtiriladi. Tekshirilayotgan belgilarning o‘zaro 
mos kelishi natijalari asosida xulosa chiqariladi. Tekshirilayotgan 
belgilar yoki xususiyatlar o‘zaro mos kelganda, patronlar va ular tarkibiy 
qismlarining materiallari va markirovka belgilarining mumkin bo‘lgan 
variantlari, shuningdek, og‘irlik va o‘lchamlardagi unchalik katta 
bo‘lmagan farqlar aniqlanishi lozim. Agar patronlar alohida qismlarining 
sirtida qo‘pol ishlov berilganlik belgilari aniqlansa, standart jangovar 
o‘q-dorilarning o‘zgartirilganligi, o‘zgartirish usuli haqida fikr yuritish 
mumkin. 
Patronlarning turi va namunasini aniqlashda quyidagilar o‘rganilishi 
lozim:
— uruvchi tarkibning gilzada joylashishi, uning shakli;
— gilzadagi kapsyullarning materiali;
— snaryadning gilzaga mahkamlanish usuli;
— o‘qning gilzadan chiqib turuvchi qismining shakli, o‘q 
qobig‘ining mavjudligi va uning materiali;
— gilzadagi markirovka belgilari; gilza va o‘qlardagi markirovka 
bo‘yoqlarining mavjudligi va rangi;
— patronning og‘irligi va uzunligi;
— gilzaning diametri;
— gilza qalpoqchasi, og‘zi va o‘qning gilzadan chiqib turuvchi 
silindrsimon qismining diametri. 
Uruvchi tarkibning gilzada joylashishi quyidagilar mavjud 
bo‘lganda aniqlanishi mumkin:
— «Lefoshe» konstruksiyali yonbosh jang patronida — gilzadagi 
yonbosh shpilka;
— kichik kalibrli o‘qotar qurolga mo‘ljallangan halqasimon jang 
patronida — gilza tubidagi kapsyul uyasi bo‘lmaganda qalpoqcha qirrasi;
— markaziy jang patronida — gilza tubidagi kapsyul uyasi. 


 155 
Gilzaning shakli uning korpusi konfiguratsiyasi bo‘yicha, aylanma 
ariqchasi, qalpoqchasining qirrasi va kannelyurasi mavjud bo‘lganda 
aniqlanadi. Silindrsimon shakldagi gilzalar, odatda, to‘pponchalar, ov 
miltiqlari va kichik kalibrli o‘qotar qurollar uchun mo‘ljallangan 
patronlarda bo‘ladi; butilkasimon gilzalar — vintovkalar, to‘pponcha–
pulemyot, to‘pponchalar, revolverlar va ov karabinlarining ayrim turlari 
uchun mo‘ljallangan patronlarda bo‘ladi; konussimon gilzalar esa — 
1895-yil namunali «Nagan (Nagant)» rusumli 7,62 
mm 
kalibrli 
revolverlar uchun mo‘ljallangan patronlarda bo‘ladi. Ko‘plab avtomatik 
to‘pponchalar, ayrim turdagi vintovkalar uchun mo‘ljallangan 
patronlarning gilzalari qirrasiz, gilza qalpoqchasining yonida o‘yma 
ariqchali qilib yasaladi. Ov miltiqlari, revolverlar va kichik kalibrli 
qurollarning gilzalari esa o‘yma ariqchasiz va qalpoqchalari qirrali qilib 
yasaladi. 
O‘qning gilzaga mahkamlanish usuli gilzadagi o‘qning 
mahkamlanish izlarining, gilzada kannelyuraning bor yoki yo‘qligi orqali 
aniqlanadi. Bu kannelyura o‘qni gilzaga mahkamlanish izi emas, balki 
gilzaning tuzilishiga oid belgi bo‘lib, unga o‘qni mahkamlash usulini 
ifodalaydi. Gilzada unga o‘qni mahkamlash usulining yo‘qligi, o‘qni 
gilzaga mahkam o‘rnatish usulida o‘rnatilganidan darak beradi. 9 
mm 
kalibrli PM to‘pponchasi, APS avtomatik to‘pponchasining patronlari, 
««Brauning»» rusumli to‘pponchaning kalta patroni, P 08 
(««Parabellum»») rusumdagi Borxardt–lyuger to‘pponchasining o‘rtacha 
patroni, 9 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin