mm
kalibrli «Mauzer» to‘pponchasining patroni
va 1930-yil namunali 7,62
mm
kalibrli «Tulskiy-Tokareva» konstruk-
siyali (TT) to‘pponchasining patroni shakli va o‘lchamlariga ko‘ra
o‘xshash, ammo markirovka belgilariga ko‘ra farq qiladi.
Jangovar o‘q-dorilarning belgilangan maqsadi, gilzalarning materiali
va o‘lchamlari, poroxning rusumi, ishlab chiqarilgan vaqti va joyini
aniqlashda patronlarning markirovka belgilariga e’tibor beriladi. Rossiya
Federatsiyasida ishlab chiqarilgan markaziy jang patronlari gilzalarning
qalpoqchalarida markirovka belgilari diametr bo‘yicha qarama–qarshi
yoki bir-biridan teng masofada joylashgan to‘rtta sohada yoziladi hamda
yozuvining harflari va raqamlarining asosi bir tomonga yo‘nalgan
bo‘ladi.
Narezli qurollarning patronlarida yuqorida joylashgan harfli yoki
raqamli yozuvlar — bu patronni ishlab chiqargan zavodning nomeri yoki
nomining bosh harflari bo‘ladi. Bu yozuvlarning ostidagi ikki xonali
raqamlar — patronning ishlab chiqarilgan yilini bildiradi. Ayrim hollarda
gilza tubining markazidan chap va o‘ng tomonlarda ikkita yulduz yoki
rim raqamlari o‘yib yozilgan bo‘ladi va ular patronning ishlab
chiqarilgan partiyasini bildiradi.
Markirovka belgilari bo‘lmagan patronlar ham uchrab turadi,
masalan, 8,2 va 9
mm
kalibrli narezli ov qurollarning gilza uzunligi 64
mm
bo‘lgan patronlari. Narezli ov qurollari patronlarining markirovka
belgilari odatda uni ishlab chiqargan zavod haqidagi ma’lumotni
bildiradi.
Miltiq patronlarining tubidagi markirovka belgilari patronning ishlab
chiqarilgan yili va tayyorlagan zavod haqidagi ma’lumotlardan tashqari
kalibrini ham ifodalaydi, bu yozuv ikki xonali raqam bilan yoziladi va
gilza tubi markazining chap va o‘ng tomonlarida joylashadi. Rossiyada
ishlab chiqarilgan ov patronlarining metall gilzalarida ularni ishlab
chiqargan zavodlarning belgisi tushiriladi: Z, M, 58, 188, 710, ZTK,
Tulskiy LZ. Kartondan yasalgan gilzalarda yuqori va quyi sohalarda esa
quyidagicha markirovka belgilari bo‘lishi mumkin: Zavod «AZOT»,
158
«KXZ» yoki uchburchak shaklidagi belgi (Krasnozavod kimyo
zavodining belgisi), «XKZ» (Xarkov konditsioner zavodining
qisqartmasi), Voyenoxot. Eksport uchun tayyorlangan gilzalarda lotin
alifbosida ushbu patronni tayyorlagan mamlakat («Made in Ussr»),
raqamlar bilan esa gilzaning millimetrlardagi uzunligi ko‘rsatiladi.
Nishonga otish uchun mo‘ljallangan patronlarning karton gilzalarida
sochma o‘qning nomeri, tayyorlagan zavod (Zavod Azot) va
patronlarning shartli nomlanishi («Priz», «Rekord», «Sport», «Standart»,
«Start») belgilanadi.
Ov patronlarining «Jevelo» rusumidagi ayrim kapsyullarda uning
zanglamaydigan tarkibining nomi qisqartma shaklida (JFJ) ko‘rsatiladi.
Rossiyada ishlab chiqarilgan kichik kalibrli patronlarda markirovka
belgilari bo‘lmasligi mumkin. Nishonga otish uchun mo‘ljallangan
patronlarning gilzalarida «S» harfi, yulduzcha yoki dumaloq shakldagi
ezilish shtamplanadi.
Chet elda ishlab chiqarilgan markaziy jang patronlarining gilzalari
qalpoqchasida bir-biridan teng masofada joylashgan ikki, uch, to‘rt yoki
beshta sohalarda markirovka belgilari yoziladi. Bu yozuvlardagi harflar
va raqamlarning asosi kapsyul markaziga yo‘nalgan bo‘ladi. Narezli
qurollarning patronlari gilzalarida markirovka belgilari patronlarni ishlab
chiqargan firmani, ba’zida ishlab chiqarilgan yili, kalibri, patronning
ishlab chiqarilish partiyasi, gilzaning materialini ifodalaydi. Ov
miltiqlarining o‘qli patronlari gilzalarining tubidagi R harfi gilza
qalpoqchasining qirrali ekanligini, raqamlar va boshqa belgilarning
birlashmasi — millimetrlar yoki dyumning bo‘laklari ifodalangan
kalibrni, gilzaning uzunligini, patronning nomi yoki uning ballistik
xususiyatlarini bildiradi.
Ov patronlari gilzalarining tubida kalibrdan tashqari ularning
tayyorlangan joyi (mamlakat, shahar, firma, zavod), poroxning turi va
rusumi belgilanadi. Karton yoki plastmassa gilzalarning korpusidagi
markirovka belgilarining mazmuni patronlar tayyorlangan joy (shahar
yoki firma), patronning mo‘ljallangan maqsadi, shartli nomlanishi,
kalibr, poroxning turi va rusumi, sochma o‘qning nomeri va reklama
maqsadlaridagi boshqa yozuvlarni qamrab oladi. Ov miltiqlarining
patronlarining kapsyullarida bu patronlar tayyorlangan mamlakat, firma
yoki zavodning nomi yoki uning belgisi ko‘rsatiladi.
Kichik kalibrli patron gilzalarining qalpoqchalarida lotin alifbosida
patron tayyorlagan mamlakat nomining bosh harfi ifodalangan bo‘ladi.
159
Gilza va o‘qlarning bo‘yoqlari ham markirovka belgisi sifatida
o‘rganilishi mumkin, masalan, «bo‘sh patronlar» oq yoki sariq rang
bilan, trasserlovchi patronlar yashil rang bilan belgilanadi.
Patronning og‘irligi va o‘lchamlari bu patronning umumiy uzunligi
va og‘irligi, gilzasining uzunligi, qalpoqchasining diametri, o‘qning eng
katta diametri kabi o‘lchamlarini aniqlab o‘rganiladi. Chiziqli o‘lchamlar
shtangensirkul yordamida millimetrlarda 0,1
Dostları ilə paylaş: |