2-§. Patronning turi va namunasini uning tarkibiy
qismlaridan aniqlash
Patronning turi va namunasini uning alohida tarkibiy qismlaridan
aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tadqiqotlar ko‘pincha, ishlatilgan
qurolning rusumini aniqlash ekspertizalarining bir qismi hisoblanadi. Bu
vazifani hal etish gilza va snaryadlar oksidlangan, deformatsiyalangan
yoki ulardagi mavjud izlar qurolning rusumini aniqlash uchun yaroqsiz
bo‘lib qolgan darajada buzilgan, shuningdek otilgan o‘q odamning
tanasida joylashgan va tadqiqotga bu o‘qning rentgen surati taqdim
etilgan bo‘lsa, mustaqil ekspertiza turi ham bo‘lishi mumkin.
Patronning turi va namunasini otilgan gilza va o‘qlardan aniqlash
.
Patronning gilza va o‘qlari kabi tarkibiy qismlari jangovar o‘q-
dorilarning muayyan bir turiga tegishli ekanligi bo‘yicha tadqiqotlar
patronlarning tadqiqotlari kabi o‘tkaziladi. Gilzaning tadqiq qilishda
uning og‘irligi va og‘zining ichki diametri aniqlanadi. Bu ichki diametr,
gilza og‘zining shishib qolishi oqibatida, patron mo‘ljallangan qurol
kalibridan sal kattaroq bo‘ladi. Gilza og‘zining shishib qolishi natijasida
gilzaning shakli ham o‘zgaradi. Masalan, revolverning konussimon
shakldagi gilzalari silindrsimon bo‘lib qoladi.
Tekshirilayotgan o‘qning muayyan tur va namunadagi patronga
tegishliligini aniqlash, uning o‘lchamlari va shakli, qobig‘ining
mavjudligi va yasalish usullari, o‘qni gilzaga maxkamlanish usuli,
markirovka belgilariga ko‘ra amalga oshiriladi. O‘qning shaklini
aniqlashda, uning uchi qismining konfiguratsiyasidan tashqari, orqa
qismining konfiguratsiyasi va aylanma ariqchasiga e’tibor beriladi. Bu
kabi aylanma ariqchalar 6,35 va 7,65
mm
kalibrli vintovka va to‘pponcha
patronlari o‘qlarida bo‘ladi. Qobiqli o‘qlarda, bu qobiqni o‘qning tag
qismidagi berkitish usuli o‘rganilishi lozim. Qobiqsiz qilib
tayyorlanadigan miltiq o‘qlarida esa ularning stabilizatorlarining uzunligi
163
o‘lchanadi, yo‘naltiruvchi qirralarining miqdori va materiali aniqlanadi.
Kichik kalibrli qurollarning qobiqsiz o‘qlarida yetakchi qismdagi
halqalarning miqdori (ko‘p partiyada chiqariladigan o‘qlarda bu halqalar
uch dona, ayrim nishonga otish uchun mo‘ljallangan o‘qlarda to‘rtta
bo‘ladi) aniqlanadi, keyin o‘qning og‘irligi, diametri va uzunligi
o‘lchanadi.
O‘qlarda mikrometr yordamida ikkita diametr o‘lchanishi mumkin:
qarama–qarshi joylashgan narezlar maydonlari bo‘yicha eng kichik
diametr, qarama–qarshi joylashgan narezlar maydonlari izlari orasidagi
sohalar bo‘yicha — eng katta diametr. Ta’kidlash joizki, yuqoridagi usul
bilan narezlarining soni toq bo‘lgan yoki narezlari yeyilib ketgan
qurollardan otilgan o‘qlarning diametrlarini aniqlab bo‘lmaydi. Shuning
uchun o‘qning yetakchi (silindrsimon) qismida eng kichik va eng katta
diametrlarini o‘lchash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ammo, bunda otilgan
o‘q qurol stvolidan chiqqanidan so‘ng, dumaloq emas, balki oval
shakldagi ko‘ndalang kesimga ega bo‘lishini hisobga olish kerak.
Shuning uchun o‘lchashlarni bir necha marta o‘tkazib, o‘rtacha qiymatni
hisoblash lozim.
O‘qlarni tekshirishda ayrim hollarda ularda mavjud markirovka
belgilariga ham e’tibor berish kerak. Miltiqlardan otish uchun
mo‘ljallangan va Rossiyada ishlab chiqariladigan «Brenneke», «BS»,
«Ideal», «Mayer» rusumli qobiqsiz o‘qlarda qabariq harflar bilan
markirovka belgilari: o‘qning nomlanishi, kalibri, ishlab chiqarilgan
zavodning nomi (masalan, «Voyenoxot») yoki o‘q ishlab chiqarilgan
shahar (masalan, «Odessa»), ayrim hollarda o‘qning narxi yozilgan
bo‘ladi. Bunday markirovka belgilari otilgandan so‘ng bo‘linib ketgan
yoki deformatsiyalangan o‘qlarda ham saqlanishi mumkin. Chet elda
ishlab chiqarilgan o‘qlarda shu o‘qning rusumi, ular otish uchun
mo‘ljallangan qurollarning kalibri va stvolining torayish darajasi kabi
xususiyatlari yozilgan qog‘oz yorliq saqlanib qolishi mumkin.
Markirovka belgilari o‘qlarning tubida ham bo‘lishi mumkinligini yodda
tutish lozim.
Otilganda deformatsiyalangan yoki bo‘linib ketgan o‘qlarni
tadqiqoti o‘ziga xos xususiyatga ega. Bunday tadqiqotda avvalo, ushbu
tekshirilayotgan metall parchasi o‘qning bo‘lagi ekanligini aniqlash
zarur. Bu vazifani hal etishda o‘qning deformatsiyalanishi va bo‘linib
ketishini qurol, to‘siq ta’sirida yoki snaryadning tuzilishiga bog‘liq
ravishda yuz berganiligiga e’tibor berish kerak. Masalan, kichik
kalibrdagi o‘q katta kalibrdagi quroldan otilganda, o‘zining dastlabki
164
shaklini yo‘qotadi, chunki, o‘q qurol stvoli kanalida harakati davomida,
stvol kanali devorining turli qismlariga urilib shaklini o‘zgartiradi.
O‘qning stvol kanali devorlariga urilishida, uning yetakchi qismi o‘z
shaklini saqlab qolsa-da, tubining shakli dumaloqdan ovalga o‘zgaradi.
Ko‘p hollarda, otilgan o‘q to‘siqqa urilishi natijasida shaklini
o‘zgartiradi. Maxsus ya’ni, bo‘linuvchi, zirh teshuvchi yoki nazorat
o‘qlari deformatsiyalanadi yoki bo‘linib ketadi. Masofadan ta’sir
qiluvchi maxsus o‘qlar uchish jarayonida, yoruvchi maxsus o‘qlar esa
to‘siq bilan to‘qnashganda bo‘linib ketadi. Oddiy qobiqli o‘qlarning
qobig‘i jarohatlangan bo‘lsa, «bo‘linuvchi» o‘q kabi xususiyatga ega
bo‘ladi. Masalan, o‘qning bosh qismi arralab ikki qismga ajratib
qo‘yilsa, u to‘siq bilan uchrashganda parchalanib ketadi.
Taqdim etilgan metall buyum muayyan bir o‘qning tarkibiy qismi
ekanligini aniqlash uchun, avvalo bu buyumni bir xil yoki bir necha xil
metalldan iborat ekanligini tekshirish lozim. Taqdim etilgan metall
buyumni qo‘rg‘oshin va undan qattiqroq metall (jez, melxior, temir)dan
iborat bo‘lishi, bu buyum deformatsiyalangan o‘qning qobig‘i va asosi
ekanligidan dalolat beradi. Agar taqdim etilgan buyumda o‘qning bosh
qismining elementlari, qobig‘ining o‘q tubidagi berkitish usullarining
belgisi, o‘qning yetakchi qismidagi yo‘naltiruvchi qirralari, o‘qning
gilzaga mahkamlanish izlari, shuningdek o‘qdagi qurol stvolidan qolgan
izlar saqlanib qolgan bo‘lsa, bu buyumni muayyan bir turdagi o‘q deb
hisoblash mumkin.
Aksariyat hollarda metall parchalarini tadqiq etishda, bu parchalarni
o‘qning muayyan turiga tegishliligi, shuningdek ushbu o‘q bo‘yicha
patronning turi va namunasini aniqlashga doir vazifalar birgalikda hal
etiladi. Bundan tashqari, metall parchalarida ishlatilgan qurolning
narezlari maydonlaridan qolgan izlar mavjud bo‘lsa, ishlatilgan
qurolning rusumini ham aniqlash mumkin bo‘ladi. Tadqiqotga taqdim
etilgan qo‘rg‘oshinning bir parchasi qobiqsiz o‘qning, kartechning yoki
sochma o‘qning bir bo‘lagi bo‘lishi mumkin.
Deformatsiyalangan snaryad yoki uning bir parchasini tadqiq etishda
uning og‘irligi ham (tarozi yordamida) aniqlanadi. O‘qning qobig‘i yoki
asosining bo‘laklari alohida-alohida tortib ko‘riladi. Bo‘laklarga bo‘linib
ketgan o‘qning parchalarini bir-biri bilan solishtirib ko‘riladi. Kuchli
deformatsiyalangan qobiqli o‘qning qobig‘ini asosidan ajratib olish va
ular har birining alohida og‘irligini aniqlash, qobiqning qalinligini
o‘lchash mumkin. Agar o‘qning qobig‘ida kernlash izlari saqlanib qolgan
bo‘lsa, bu izlarning miqdori, shakli, o‘lchamlari, ular orasidagi masofalar
165
aniqlanadi. O‘lchashlar va hisoblashlar natijasida olingan qiymatlar
maxsus adabiyotlardagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi.
Yuqoridagi kabi tadqiqotlarda, snaryadning diametrini aniqlash
uchun geometrik qoidalarga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Agar
qobiqning bir parchasida ikkita kernlash izlari saqlanib qolgan bo‘lsa, bu
izlarning orasidagi masofani o‘lchash hamda o‘qning taxminiy aylana
uzunligini hisobga olgan holda, kernlash izlari tekshirilayotgan o‘qda
ikkita bo‘lganmi yoki uchtaligini aniqlash kerak. Shu kernlash izlarining
miqdoriga asoslanib, tadqiqotga qanday turdagi (revolverlar yoki
to‘pponchalar uchun mo‘ljallangan) o‘qlar taqdim etilganligi haqida fikr
yuritish mumkin. Revolverlarning patronlari o‘qlarida kernlash izlari
ikkita bo‘ladi va ular orasidagi masofa o‘qning aylana uzunligining
yarmiga teng bo‘ladi, to‘pponcha patronlari o‘qlarida kernlash izlari
uchta bo‘lib, ular orasidagi masofa, o‘qning aylana uzunligining uchdan
bir qismiga teng bo‘ladi. Agar qobiqning bo‘lagi egilgan bo‘lsa,
o‘lchashlardan oldin uni tekislab olish kerak. Aylananing uzunligi
geometriyada 2
π
R deb olinadi, shuning uchun ikkita kernlash izlari
aniqlanganda, ular orasidagi masofa
π
R, uchta kernlash izlari mavjud
bo‘lganda esa bu masofa 2\3
π
R deb olish mumkin. O‘q qobig‘idagi
kernlash izlaridan nafaqat o‘qning diametri, balki, kernlash izlari
bo‘lmaydigan 9
Dostları ilə paylaş: |