Talabalarning malakaviy amaliyot jarayonida bajargan ishlarini hisobga olish va baholash Malakaviy amaliyot davrida talabalar olib borgan o‘quv-tarbiyaviy ishlari, kuzatishlari bo‘yicha kundalik daftar yuritadilar. Unda amaliyot dasturi bo‘yicha olingan topshiriqlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar, o‘quv-pedagogik tavsifnomaga taalluqli ma’lumotlar ifodalanadi. Amaliyot yakunida hisobotlar tayyorlashda talabalar daftardan foydalanadilar.
Maktab ma’muriyati va sinf rahbari hamda maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasining pedagoglaridan iborat komissiya taqdim etilgan xujjatlar va tavsifnomaga asosan talaba bajargan ishlarga baho beradi. Pedagogik amaliyotning yakuniga bag‘ishlab umumta’lim maktabida yig‘ilish, institutda esa yakuniy konferensiya o‘tkaziladi.
Malakaviy amaliyot davomida talabalarning mutaxassislik ishi bo‘yicha bilimi, o‘quvi va mahoratlarini baholash mezonlari Malakaviy amaliyot O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5- iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9- avgustdagi 19-2018-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga asosan ishlab chiqilgan “Namangan davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi bo‘yicha yo‘riqnoma” bo‘yicha baholanadi.Talabalar faoliyatini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.