9. Gid-ekskursiya xizmatlari Turizm infratuzilmasi tushunchasining mohiyati Turizm industriyasining tashkilotchilariga turizm sohasidagi ikki xil korxona to‘g‘ri keladi: turoperatorlar va turistik agentliklar. Bu korxonalar turizm xizmatining o‘zi bilan bevosita shug‘ullanmaydilar, balki faqat iste’molchi (turist) bilan bevosita xizmat ko‘rsatuvchining o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaradilar. O‘z navbatida ularning faoliyati ham xizmat ko‘rsatishning asosini tashkil qiladi. Fransiyaning turistik qonunchiligida bu korxonalarni ularning mohiyati va vazifasining harakteriga muvofiq ravishda turizm tashkilotchilari deb to‘g‘ri nomlaydilar. Turizm industriyasining shiddat bilan rivojlanishi, turizm bozorida raqobatning yuzaga kelishi va kuchayishi turoperatorlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatdi va ularning keyingi ixtisoslashuvini aniqlab berdi.
Bozor segmentiga qarab klassifikatsiyalanadigan otellar. Ma'lum xizmat ko’rsatish bozori o’z ichiga ijroiya konferensiya markazlari, kurortlar va sog’lomlashtirish spalarini oladi. Konferensiya markazlari odatda shahardan uzoqda, xilqat joylarda bo’lib, 300 dan ko’p bo’lmagan sig’imga ega. Ushbu ta'lim olish o’rganish uchun mos qilib bezatilgan qulayliklar turli xil kichik uchrashuv xonalari va to’la audiovizual va texnologik qulayliklarga ega bo’lgan sinf xonalar bilan ta'minlaydi. Ovqatlar va dam olish qulayliklaridan foydalanish odatda kunlik xona to’loviga kiritilgan bo’ladi. Bunday markazlarga misol qilib Jorjiya, Atlantadagi Georgia Tech Hotel va Conference Center ni aytishimiz mumkin.
Kurortlar. Kurortlar odatda manzarali joylarda joylashgan bo’lib, 200 tadan 500 gacha sig’imga ega. Qo’shma Shtatlardagi mashhur The Breakers, Palm Beach, Florida kurortlari bungi misoldir. Kurortlar geografik joylashuviga qarab ko’ngil ochish qulayliklarining mukammal to’plamini taklif etadi. Oddiy norasmiy restorandan tortib, tansiq taomlar taklif qilinuvchi restoranlargacha turli xil ovqatlanish va ichimlik korxonalari mavjud. Ko’pgina uzoqda joylashgan kurortlarda, odatda mehmonlar tushliq qilish uchun binoni tark etishlari shart bo’lmaydi. Ba'zi bir kurortlar destinatsiya kurortlaridir. Bular istalgan ta'sirli joylar bo’ladi, jumladan Gavayi, Meksika va Karib dengizi sohillaridir. Mehmonlar bunday kurortlarga borish uchun kamida bir necha 100 mil masofani bosib o’tishlari kerak bo’ladi va sayohat odatda havoda bo’ladi. Bunday sayohatlar kamdan kam bo’ladi, odatda yiliga bir marta yoki undan ham kam destinatsion bo’lmagan kurortlar yoki regional kurortlar 2 yoki 3 soatlik sayohatni qamrab oladi va odatda mashinada boriladi. Bunday joylarga bo’lgan tashriflar tez tez bo’lib turadi. Ammo, destinatsion kurortlarga qaraganda kichikroq muddatga boriladi. Kurortlar uchun ham destinatsion ham destinatsion bo’lmagan sayohatchilar uchun xizmat ko’rsatishning iloji bor kurortlar, shuningdek mavsumga qarab ham klassifikatsiyalanadi. Mavsumiy klassifikatsiyalar yoz, sovuq, qish (masalan, chang’i uchish kurortlar), iliq qish (Janubiy Florida yoki Janubiy Arizona kabi) va yil davomida mavsumlarni o’z ichiga oladi. Hozirgi kunda ko’plab kurortlar yil bo’yi ishlaydi, buni yilning kamroq boriladigan paytida mehmonlarga biznes guruhlariga past narxdagi sayohatlarni va dam olishni taklif qilish bilan amalga oshiradilar. Yillik kurortlar bozorini qisqartirayotgan ikkita shahar bular: Nevada shtatidagi Las Vegas va Florida shtatidagi Orlando. Orlandoda 111.000 xona, Las Vegasda esa 140.529 xona bo’lib, xona inventarlari bo’yicha hattoki Los Anjeles va Nyu-York shaharlaridan o’zib ketadi. Kurortlarning yana bir segmenti ekoturizmga e'tibor qaratadi. Bular o’ziga xos uzoqda joylashgan turar-joy binolari bo’lib, odatda ko’zga ko’ringan tabiiy go’zal maydonlarda joylashgan bo’ladi va binoning bezak elementlari atrof-muhit bilan qorishib ketgan bo’ladi va ekosistemani himoya qiladi. Odatda, sarguzasht sayohatlari bilan hamkorlikda bo’lib, ushbu turar-joy maskanlari Avstraliyadagi ulkan Marjon devorlaridan tortib, to Tasmaniyaning notekis, qavariq tepaliklari va Kosta Rika chakalakzorlarida topishili mumkin.