Turizm infratuzilmasini rivojlanishda xorij tajribasidan foydalanish



Yüklə 253,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix19.05.2023
ölçüsü253,48 Kb.
#117606
1   2   3   4
2454-Article Text-5034-1-10-20220129

Pandemiyaning turizmga ta’siri 
Jahon turizm va sayyohlik kengashi ma’lumotlariga ko’ra, 2019 yilda turizm va 
sayyohlik sohasining jahon yalpi ichki mahsulotiga bevosita va bilvosita qo’shgan 
hissasi 8,9 trillion (jahon YaIMning 10,9 foizi) dollarga teng bo’lgan. Dunyo bo’ylab 
har o’n kishi turizmga aloqador sohalarda faoliyat olib borgan. 
Ta’kidlash lozimki, koronavirus pandemiyasi fonida joriy etilgan cheklovlar va 
ularning natijasida yuzaga kelgan global inqiroz oqibatlari tufayli turizm sohasi katta 
talofatlarga yuz tutdi. Xususan, 2020 yilda O’zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik 
sayyohlarning soni 96% foizga kamayib, 1,5 mln. nafarga tushib ketdi. Ko’rsatilgan 
sayyohlik xizmatlarining hajmi esa 261 mln. dollarni tashkil etdi. 
Xususan, pandemiyaning boshlanish nuqtasi 2019 yilda ko’rsatilgan turistik 
xizmatlarning umumiy hajmi 1,5 mlrd. dollardan oshgan bo’lsa, eksport ko’rsatkichlari 
1,3 milliardga yetib, umumiy xizmatlar eksportining 38,2 foizini tashkil etdi. 
Turizm sohasining qayta tiklanishi 
Koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda, 
«Uzbekistan Safe travel» guaranteed ("O’zbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan") 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1105


loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha sayyohlarga mo’ljallangan bo’lib, jahon standartlariga 
asoslangan sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning yangi tizimi hisoblanadi. Turizm 
ob’yektlari va tegishli infratuzilmani, turistik xizmatlarni yangi sanitariya-gigiyena 
talablari asosida sertifikatlash quyidagilar uchun majburiy bo’ldi: 
barcha davlat chegara punktlari; 
havo, temir yo’l va avtobus bekatlari; 
moddiy-madaniy meros ob’yektlari, muzeylar, teatrlar va boshqalar. 
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 19.06.2020 yildagi №4755-sonli Qarori bilan Xavfsiz turizm 
jamg’armasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg’armasining 
20 milliard so’m miqdordagi dastlabki to’lovi, shuningdek, «Uzbekistan. Safe travel 
GUARANTEED» tizimi doirasida joriy etilayotgan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan 
o’tish uchun to’lanadigan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi 
to’lov hisobidan shakllantirildi. 
Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun O’zbekiston 
turizm sohasi ishtirokchilari bir qator imtiyoz va imtiyozlarga ega bo’ldilar. Shunday 
qilib: 
- turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalarining daromadlaridan 
olinadigan belgilangan soliq stavkasi 50%ga kamaytirildi; 
- turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari yuridik shaxslardan 
olinadigan yer solig’i va mol-mulk solig’ini to’lashdan ozod etiladi; 
- ijtimoiy soliq stavkasi 1% miqdorida belgilandi; 
- turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari uchun turistik 
faoliyat bilan shug’ullanganlik yig’imini hisoblash va to’lash vaqtinchalik to’xtatildi; 
- joylashtirish vositalarini qurish uchun tijorat banklaridan ilgari berilgan kreditlar 
bo’yicha turistik tashkilotlarning foiz xarajatlari qisman qoplandi; 
- mehmonxonalarni tasniflash yoki modernizatsiya qilish uchun moddiy-texnik 
bazani yangilash, rekonstruksiya qilish va mustahkamlash xarajatlari qisman qoplandi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 maydagi “Koronavirus 
pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo’llab-
quvvatlashga doir kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmonida 
2020 yil 1 iyundan 2021 yil 1 martga qadar joylashtirish bo’yicha xizmatlar 
(mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi miqdorida joylashtirish vositalarini 
subsidiyalash ko’zda tutilgan. 
Umuman olganda, Davlat Rahbarining videoselektor yig’ilishida qayd etishiga 
ko’ra, 1750 ta sub’yektga mol-mulk solig’i, yer va ijtimoiy soliqlar bo’yicha qariyb 60 
milliard so’m miqdorida imtiyozlar berildi. 

Yüklə 253,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin