Turizm infratuzilmasini rivojlanishda xorij tajribasidan
foydalanish (Turkiya tajribasi)
Xurrambek Umarovich Qadamboyev
Urganch davlat universiteti
Annotasiya: Ilmiy maqolada mamlakatning turistik infratuzilmasi tasvirlangan.
Takomillashtirish va rivojlantirishning strategik yo’nalishlarini belgilash, ya’ni xorijda
ushbu sohada olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish
asosida ishlab chiqish
yo’nalishlarini aniqlash va turistlarga sifatli xizmat ko’rsatishni rivojlantirish uchun
taklif va tavsiyalar.
Kalit so’zlar: turizm, sayyoh, turoperator, infrastruktura, turistik xizmatlar, viza,
iqtisodiyot, mehmonxona biznesi, mehmonxona nomerlari.
Use of foreign experience in the development of tourism
infrastructure (Turkish experience)
Khurrambek Umarovich Qadamboyev
Urgench State
University
Abstract: The scientific article describes the tourist infrastructure of the country.
Suggestions and recommendations for the development of quality services to tourists,
identifying areas for development based on the analysis of work in this area abroad, ie
identifying strategic directions for improvement and development.
Keywords: tourism, tourist, tour operator,
infrastructure, tourist services, visa,
economy, hotel business, hotel rooms.
Kirish: Yurtboshimiz tomonidan 2019-yil 5-yanvar sanasida “O’zbekiston
Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar
to’grisida”gi PF-5611 sonli farmon qabul qilindi.
Bu farmonga asosan quyidagi yo’nalishlar:
Turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda maqbul
va qulay turizm muhitini
yaratish;
Turizm bozorining turli sigmentlariga yo’naltirilgan turizm mahsuloti va
xizmatlarning diversifikatsiya qilish;
Turizm tarmog’i uchun kadrlar tayyorlash, qayta
tayyorlash va malakasini
oshirish tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor berilgan bo’lib, amalga oshirilishi
kerak bo’lgan vazifalarni belgilab berildi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1104
Shu bilan birga Prezidentimizning 2018-yil 6-fevradagi “O’zbekiston
Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasining faoliyatini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3510-sonli
Qarorida Turizm
qo’mitasining vakolati va amalga oshirishi kerak bo’lgan vazifalari, turistik
infratuzilmani shakllantirish borasidagi yo’nalishlari belgilab berilgan.
Erishilgan natijalar
2016 yilda O’zbekiston turizm sohasini tubdan isloh qilish jarayoni boshlandi.
Turizm sohasidagi o’zgarishlar milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning
strategik
yo’nalishlaridan biri bo’lib, u hududlarning jadal rivojlanishini ta’minlay oladi.
Tahlillar sohaga tegishli asosiy ko’rsatkichlarning ijobiy dinamikasini ko’rsatdi.
Xususan, 2016-2019 yillar oralig’ida O’zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro
sayyohlarning sonida sezilarli o’sish kuzatildi. Solishtirish uchun, 2016
yilda
mamlakatga 2 million chet ellik sayyohlar tashrif buyurgan bo’lsa, 2019 yilda ularning
soni 3,3 barobarga ko’payib, 6,7 millionga yetdi.
2018 yilda chet ellik sayyohlar soni 2017 yilga nisbatan 98%ga, sayyohlik
faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona va tashkilotlar soni esa 131%ga ko’paydi.
E’tiborli jihati shundaki, sayyohlar sonining oshishi turli hududlarda turlicha ro’y
bermoqda. Misol uchun, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan
tashrif buyurganlar soni
yillik o’rtacha 22-25 foiz atrofida ko’paygan bo’lsa, uzoq xorijiy mamlakatlar
fuqarolari orasida yillik o’sish 50 foizni tashkil etdi.
Shu bilan bir qatorda ichki turizm ko’rsatkichlarida ham ijobiy natijalar qayd
etildi. 2016 yil bilan solishtirganda 2019 yilda mahalliy sayyohlarning soni deyarli 2
barobarga ko’payib, 14,7 millionga yetdi.