Turizm infratuzilmasini rivojlanishda xorij tajribasidan foydalanish



Yüklə 253,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix19.05.2023
ölçüsü253,48 Kb.
#117606
1   2   3   4
2454-Article Text-5034-1-10-20220129

Sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1106


Sayyohlar sonining keskin o’sishi natijasida yuzaga kelgan talabni qondirish 
maqsadida davlat tomonidan joylashtirish maskanlarini ko’paytirish bo’yicha 
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Birinchidan, hamyonbop joylashtirish maskanlari turiga mansub xostellar 
faoliyatini tartibga soluvchi 22 turdagi ortiqcha talablar bekor qilindi. Shu jumladan, 
xostellar 
tomonidan 
ko’rsatiladigan 
mehmonxona 
xizmatlarini 
majburiy 
sertifikatsiyalash tartibi bekor qilinib, mehmon uylari va xostellar yagona reyestridan 
ro’yhatdan o’tgan holda faoliyat olib borish amaliyoti yo’lga qo’yildi. 
Ikkinchidan, mamlakatda kichik turdagi mehmonxonalar sonini ko’paytirish 
maqsadida Turkiya va Janubiy Koreya tajribasiga asoslangan 50 nomergacha bo’lgan 
kichik mehmonxonalarning 8 turdagi namunaviy loyihalari tadbirkorlarga bepul 
taqdim etildi. Hisob-kitoblarga ko’ra, tarqatilgan loyihalarning umumiy qiymati 60 
mlrd. so’mdan oshiqni tashkil etadi. 
Uchinchidan, turizm sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida, 
davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida mehmonxonalar qurishga qator imtiyozlar 
joriy qilindi. Unga ko’ra, qurilgan 3 yulduzli mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 
davlat byudjeti mablag’lari hisobiga 30 mln., 4 yulduzli mehmonxonalar uchun 40 mln. 
so’m kompensatsiya ajratish belgilandi. Shu bilan birga, jahonga mashhur 
mehmonxona brenlarini jalb qilgan mehmonxonalarning royalti xarajatlarini qisman 
kompensatsiya qilish amaliyoti yo’lga qo’yildi. Unga ko’ra, 3 yulduzli 
mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 200 AQSh doll., 4 yulduzli mehmonxonalar 
uchun 400 doll ajratiladi. 
Natijada, joylashtirish vositalarining soni keskin ko’paydi. Xususan, 2016-2020 
yillar oralig’ida ularning soni 750 tadan 1308 taga, mavjud o’rinlar soni esa 34 
mingdan 62 mingga oshdi. Shuningdek, 2018-2020 yillar davomida mehmon 
uylarining soni 13 barobarga oshib, 1386 taga yetdi. 
Turizm industriyasini rivojlantirishda yetakchi mamlakatlar tajribasidan 
foydalanish yo’llari Turistik safarlar sonining ortishi, ular jug’rofiyasining kengayishi, 
transport vositalarining rivojlanishi munosabati bilan xalqaro tashkilotlar davlatlar va 
hukumatlarning diqqat-e’tiborini turizmni rivojlantirish muammolari hamda milliy 
turizm tashkilotlarining yangi mavqeiga qaratmoqdalar. 1921 boshlab Millatlar ligasi, 
BMTning 1975 yildan boshlab esa Jahon turizm tashkilotining rahbarligi ostida turizm 
muammolariga bag’ishlangan 30 dan ortiq xalqaro anjumanlar, kongresslar va tadbirlar 
o’tkazildi. 1995 yil mart oyida Kadis shahrida (Ispaniya) JTT rahbarligi ostida turizm 
bo’yicha xalqaro forum o’tkazildi va unda jahonnning 52 mamlakatidan kelgan 
parlamentchilar ishtirok etdilar. Ushbu forum shunday xulosaga keldiki, davlatlar 
turizm rivoji uchun katta ahamiyatga molik quyidagi muammolarni yechishda yordam 
berishlari zarur: 
• turistik rasmiyatchilikni tartibga solish va turistlar xavfsizligini oshirish; 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1107


• turizm infratuzilmasi, shu jumladan transport va kommunikatsiyalarni 
rivojlantirish; 
• turistik tashkilotlar rahbarlari va xizmatchilarini o’qitish uchun sharoitlar 
yaratish; 
• turistik ob’ektlar va safar manzillarida ekologik normalarga rioya qilishni 
ta’minlash; 
• turistlar huquqlarini himoya qilish;
• turistik firmalar uchun imtiyozli soliq tizimini ta’minlash;
• turizmda qabul kilingan xalqaro mezonlar va normalar asosida ob’ektiv statistika 
hisoboti va nazoratini amalga oshirish imkoniyatini beradigan iqtisodiy va statistik 
mexanizmlardan foydalanish; 
• turizm uchun foydali bo’lgan mamlakat timsolini shakllantirish yo’li bilan milliy 
turmahsulotlarni chet-el bozorlariga olib kirish. 
Quyidagilar bir qator xorijiy mamlakatlarda turizm rivojini qo’llab- 
quvvatlashning iqtisodiy va ma’muriy mexanizmlari bo’lib xizmat qiladi: 
• soliq imtiyozlari, subsidiya va dotatsiyalar;
• turizm rivojini va turistik xizmatlar iste’molchilarining huquqlarini himoya 
qilishni qo’llab-quvvatlovchi milliy qonunchilik va normativ hujjatlari; 
• mamlakatga kirish va undan chiqish paytida pasport va viza cheklashlarini 
kamaytirish; 
• narxlarni qisqartirish va boshqa turli xil imtiyozlar berish yo’li bilan 
nomavsumiy turizmni rag’batlantirish; 
• ijtimoiy turizmni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash;
• turistlar xavfsizligiga qo’yiladigan talablarni kuchaytirish;
• davlat tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, madaniy va tarixiy merosni 
asrab-avaylash bo’yicha va boshqa chora-tadbirlarni kuchaytirish.
Bir qator mamlakatlar, shu jumladan Ispaniya va Gretsiya soliqlar amortizatsiya 
ajratmalari va oborot uchun soliqlar to’lash bo’yicha sarmoyadorlarga imtiyozlar 
beradilar. Ba’zi mamlakatlarda korxonalar faoliyatining dastlabkn yillarida ularni 
daromad solig’idan ozod etish, shuningdek, qo’shimcha qiymat solig’ini to’lashda 
imtiyozlar berish amaliyoti qo’llaniladi. Bundan tashqari mehmonxonalar uchun 
asbob-uskunalar va sayohat uchun transport vositalarini import qilish paytida bojxona 
to’lovlari bo’yicha imtiyozlar (umuman ozod qilishgacha) beriladi . Yevropa Ittifoqi 
mamlakatlari turizm va mehmonxona faoliyati uchun 6-25% atrofida bo’lgan 
qo’shimcha qiymat solig’ini (QQS) tenglashtirishga yo’naltirilgan siyosatni olib 
borishadi. Misol uchun, Germaniya va Lyuksemburgda o’rtacha QQS miqdori 15% 
qilib belgilangan. Daniya va Shvetsiyada maksimal QQS miqdori 25%ga teng. 
Ispaniyada joylashtirish uchun QQS o’rtacha 7%ni tashkil qiladi va mehmonxona 
darajasiga qarab o’zgarishi mumkin, ovqatlanish (restoran xizmatlari), avtomobillarni 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1108


ijaraga olish uchun QQS esa 16%gacha yetadi. Gretsiyada joylashtirish va ovqatlanish 
kerak. Ikkinchi vazifa o’z ichiga turizm taraqqiyoti jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy va 
madaniy hayoti uchun oqibatlarini baholashni oladi. Bu esa o’z navbatida suv 
resurslari, elektr quvvati, transport vositalaridan samarali foydalanish, turizm sohasida 
ish bilan ta’minlash, mahalliy aholi qatnashuvi siyosatining mavjudligi, atrof-muhit, 
madaniy, tabiiy va tarixiy qadriyatlarni muhofaza qilish kabi masalarni ko’rib chiqish 
zaruratini tug’diradi. Turizmda kadrlar tayyorlash va rejalashtirish dasturi muhim 
hisoblanadi. Maktablarning o’quv rejalariga turizm ekologiyasi bo’yicha o’quv kursini 
kiritish tavsiya qilinmoqda. Kadrlarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash maqsadida 
davlat turistik tashkilotlar va professional turistik birlashmalar xususiy sektor bilan 
hamkorlik qilishlari maqsadga muvofiqdir. Turizmni rivojlantirishni rejalashtirish 
sohasida yetakchi mas’uliyat davlatga yuklanadi. Davlat idoralari turizmning tartibsiz 
rivojlanishini oldini olish maqsadida bu jarayonni nazorat qiladi. Sust rejalashtirilgan 
va boshqarib bo’lmaydigan turizm tuzatib bo’lmas zarar yetkazishi mumkin Masalan, 
Bermuda orollarida turizm industriyasini himoya qilishga yo’naltirilgan bir qator 
qonuniy hujjatlar qabul qilingan. Ayniqsa, portlarga kiruvchi kemalar soni cheklangan, 
neon bezaklar man etilgan, dengiz o’simlik va hayvonot dunyosini himoya qilish 
nazarda tutilgan, binolar balandligi chegaralangan, tabiiy qo’riqxonalar uchun yer 
ajratish ko’zda tutilgan. Davlat idoralari vazifalariga yangi qurilishlarni nazorat qilish 
ham kiradi chunki turistik ob’ektlarni suv bilan ta’minlash, oqava suvlarni, axlat va 
qoldiqlarni chiqarish, zarur joylarda suvning qo’shimcha zahiralarini yaratish uchun 
zamonaviy asbob-uskunalarga ega bo’lishi kerak. Qurilishda yangi ish joylarini tashkil 
qilish maqsadida kup sonli mahalliy ishchi kuchini talab qiluvchi texnologiyalardan 
foydalanish, shuningdek qurilayotgan turistik ob’ektlarbo’ronlar, suv toshqini, 
zilzilalar kabi ehtimolli tabiiy ofatlarni hisobga olgan holda loyihalashtirilganligi 
davlat tomonidan nazorat qilinishi lozim. Davlat tomonidan nazorat qilinuvchi chora-
tadbirlar tizimigina turizmning uzoq muddatli to’g’ri va samarali rivojlanishini 
ta’minlashi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat 
qo’mitasi O’zbekiston Respublikasida turizm sohasida davlat nazoratini amalga 
oshiruvchi, ijro etuvchi hokimiyat organi bo’lib xizmat qiladi. Turistik faoliyatining 
davlat nazorati shundan iboratki, O’zbekiston Respublikasida turizm iqtisodiyotning 
ustivor tarmoqlaridan biri deb tan olingan. Mahalliy va tashqi turizm, shuningdek, 
ijtimoiy va madaniy turizmni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish davlat nazoratining 
ustivor yo’nalishlari sifatida e’lon qilingan. Turistik faoliyatning davlat tomonidan 
nazorati quyidagicha amalga oshiriladi: 
• turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va takomillashtirishga 
qaratilgan me’yoriy va huquqiy hujjatlarni yaratish
• turistik mahsulotni ichki va jahon turizm bozorlariga olib chiqishda yordam 
berish; 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1109


• turistik faoliyatni standartlashtirish va litsenziyalashtirishni amalga oshirish, 
turistik mahsulotini sertifikatsiyadan o’tkazish; 
• O’zbekiston hududida mamlakatga kirish, chiqish va istiqomat qilish qoidalarini 
o’rnatish; 
• turizmni rivojlantirish bo’yicha davlat dasturlarini yaratish va amalga oshirish 
uchun to’g’ri byudjet mablag’larini ajratish; 
• turistlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsizligini 
ta’minlash; turizm faoliyatini kadrlar bilan ta’minlashni qo’llab-quvvatlash va turizm 
sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va boshqalardan iborat. 
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda sayyohlik sohasini innovatsiya va 
raqamlashtirish orqali o’zgartirish zaruriyati mavjud. Egallanmagan imkoniyat sifatida 
endi rivojlanayotgan agro va etno turizm kabi bozor segmentlarini rivojlantirish lozim. 
Turizmni rivojlantirishning jahon amaliyoti shuni ko’rsatadiki, mazkur 
industriyani yuqori daromadli sohaga aylantirish uchun davlat va xususiy sektordagi 
barcha ishtirokchilarning sa’y-harakatlarini birlashtirish va mustahkamlash zarur. 
Bunda, hukumatning roli xalqaro, hukumat va xususiy sektor darajalarida turizm 
sohasidagi rivojlanish siyosatini muvofiqlashtirish va rejalashtirishni ta’minlashdir. 
Mavjud muammolarni tezkor va sifatli yechish pandemiyadan keyingi davrda 
O’zbekistonda turizm imkoniyatlarini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. 

Yüklə 253,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin