Turizm: nazariya va amaliyot


O‟zbekistonda turizm industriyasining turmarshrutlarini viloyatlar kesimida tahlil qilish



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə3/9
tarix20.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#132923
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MCTQn8SHF64g4K0b324

turmarshrutdan lavhalar
    1. O‟zbekistonda turizm industriyasining turmarshrutlarini viloyatlar kesimida tahlil qilish.


Samarqand viloyatida yangi turizm yoʻnalishlari va mahsulotlarini taqdim qilish doirasidagi ishlarga ustuvor eʼtibor qaratilmoqda. Sohada amalga oshirilayotgan yangi loyihalar natijasida joriy yilning oʻtgan besh oyida sayyohlar uchun qulaylik yaratish maqsadida jami 14 ta mehmonxona, 28 ta mehmon uylari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Turoperatorlar soni yana 10 nafarga koʻpaydi. Bu esa oʻtgan yilning shu davriga mos ravishda solishtirganda 1,8 barobarga yoki 175 foizga oshganini koʻrsatadi. Sayyohlarning hududda qolish kunlari 2021-yil bilan solishtirganda 2,6 kunga yetkazildi. Kunlik xarajatlari esa 120,0 AQSH dollaridan 152 AQSH dollariga oʻsdi. Kelgusida sayyohlarning viloyatda qolish kunlarini yana bir kunga uzaytirish orqali turizm xizmatlari eksportini yiliga qoʻshimcha 14 million AQSH dollariga koʻpaytirish mumkinligini inobatga olib, bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda. Sayyohlarning qolish davrlarini uzaytirish maqsadida joriy yilda 62 ta yangi turizm yoʻnalishlari tashkil etiladi.
Dunyo miqyosida turizmning ekstremal, gastronomik, taʼlim, sport, berd votching, tibbiyot, MICE, ziyorat, togʻ turizmi, eko va agroturizm, enoturizm kabi 63 turi mavjud boʻlsa, Samarqand viloyatida ularning deyarli barchasini rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.

Samarqand uzturzm poytaxti
Joriy yilning 18-mart kuni Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali tantanali ochildi. Yangi terminal doimiy reyslar sonini haftasiga
40 tadan 120 tagacha oshirish imkonini beradi, perronning modernizatsiya qilinishi natijasida aviaturargoh 24 tagacha havo kemasini sigʻdira olish darajasida kengaydi. Aeroportning yoʻnalish tarmogʻini kengaytirish rejasi 2030-yilga borib yoʻnalishlar sonini 30 taga yetkazishga qaratilgan. Masalan, 2019-yilda Samarqand aeroportidan 5 ta yoʻnalish boʻyicha aviaqatnovlar amalga oshirilar edi. Lufthansa Consulting xalqaro tahlillar tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan mustaqil oʻrganishlar ushbu aeroport orqali yoʻlovchi oqimining yiliga 480 000 kishidan 2 million kishiga ortishini koʻrsatmoqda.
Islom dunyosidan ziyoratchilar tashrifini uyushtirish uchun Payariq tumanidagi
«Imom al-Buxoriy» majmuasida qaytadan qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu yerda 10 ming oʻrinli masjid, 21 gektar maydonda ulugʻ ajdodlarimizning diniy merosi va moddiy madaniy meros obyektlarini aks ettiruvchi tematik xiyobon, 3 ta mehmonxona va 24 ta oilaviy mehmon uylaridan, shuningdek, 3000 nafar ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ―Halol‖ standartiga ega umumiy ovqatlanish korxonalaridan iborat ziyorat turizmi majmuasi barpo etilmoqda.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin