Turizm: nazariya va amaliyot


O‟zbekistonning to‟siqsiz turizm infratuzilmasida turistik turmarshrutlaring o‟rni



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə7/9
tarix20.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#132923
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MCTQn8SHF64g4K0b324

O‟zbekistonning to‟siqsiz turizm infratuzilmasida turistik turmarshrutlaring o‟rni.


Oʻzbekistonda toʻsiqsiz turizm infratuzilmasi rivojlantiriladi. Asosiy tushunchalar prezidentning ―Oʻzbekistonda toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni ragʻbatlantirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori loyihasi eʼlon qilindi. Quyidagilar Oʻzbekistonda toʻsiqsiz turizmni rivojlantirish va qulay shart-sharoitlar yaratishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilanadi:
-turizm namoyishi obyektlari infratuzilmasi, birinchi navbatda madaniy meros obyektlari, ziyorat obyektlari, muzeylar, teatrlar va joylashtirish vositalarida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish;
-turizm sohasi subyektlari, shu jumladan, turoperator va turagentlar, joylashtirish vositalari hamda transport xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarga sayohat davomida hamrohlik qiluvchi fuqarolarni ragʻbatlantirish;
-nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz turizmni amalga oshirishlari uchun yaratilgan imkoniyatlarni tizimli hamda faol targʻibot kampaniyalarini tashkil etish orqali ular xabardorligini oshirish;
-zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda turizm namoyishi obyektlarida koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish;
-nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash, jumladan, fuqarolar va homiylar xayriyalari hamda xorijiy tashkilotlar grant mablagʻlarini jalb qilish tizimini takomillashtirish orqali toʻsiqsiz turizmni amalga oshirish.
Shunday tartib oʻrnatiladiki, unga muvofiq:

  1. 2023-yildan boshlab respublika hududlarida quyidagi bosqichlarda ―Toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish dasturi‖ amalga oshiriladi:

-2023-yilda Samarqand, Buxoro, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari;
-2024-yilda Fargʻona, Namangan, Andijon va Jizzax viloyatlari;
-2025-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari;
-2026-yilda Toshkent shahar va Toshkent viloyatlari;
-Oʻzbekiston davlat byudjeti, homiylik mablagʻlari va grantlar ―Toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish dasturi"ni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
-2022−2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi va uni amalga oshirishga oid davlat dasturida respublika hududlarida Toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga qaratilgan chora- tadbirlar belgilanadi;

  1. 2023-yil 1-yanvardan boshlab:

-madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Oʻzbekiston davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar 2 foizi nogironligi boʻlgan shaxslar toʻsiqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros obyektlariga har qanday shikast yetkazish oldini olgan holda pandus, plintus va liftlar oʻrnatishga yoʻnaltiriladi; davlat byudjetidan Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar 5 foizi: respublika toʻsiqsiz turizm salohiyatini (video, foto va tarqatma materiallar tayyorlash) OAV, ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar uchun infoturlar tashkil qilish;
-xalqaro va xorijiy turizm koʻrgazma, yarmarkalarda respublikada toʻsiqsiz turizm yoʻnalishida mamlakat salohiyatini namoyish qiluvchi targʻibot va tarqatma materiallar tayyorlash;
-―Ipak yoʻlida turizm‖ Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ―Oʻzbekistonda toʻsiqsiz turizm‖ ekspozitsiyasini tashkil etish va oʻtkazish uchun yoʻnaltiriladi;
v) 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab davlat va davlat ulushi mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlarida
―Turizm‖, ―Gid hamrohligi‖ hamda ―Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish‖ taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlari 1 foizi miqdorida davlat grantlariga kvotalar ajratish tizimi joriy qilinadi. Mutaxassislar O‗zbekistonda turistik geoparklar yaratish uchun eng istiqbolli yo‗nalishlar, bu – Ustyurt g‗arbi, Orol dengizining g‗arbiy qirg‗og‗I va Hisor janubi-g‗arbi va Pskem
tog‗ usti degan qarorga kelishgan. Ushbu hududlarning barchasida juda chiroyli va kam uchraydigan eologic jarayonlarni kuzatish mumkin. O‗zbekiston hududida joylashgan noyob tabiat mo‗jizalari turistik geoparklarga aylantirish mumkin, deb yozadi Nuz.uz sahifasi, Mineral resurslar ilmiy-tekshirish eologic bosh mutaxassisi Georgiy Panovskiy so‗zlariga asoslanib. Institut O‗zbekistonda geoparklar ochish imkoniyatini faol o‗rganmoqda. Bu yerda maxsus guruh tashkil qilingan bo‗lib, ular 100dan ortiq eologic mo‗jizasi nomiga mansub bo‗lgan tabiat yodgorliklari ro‗yxatini tuzishgan. O‗z faoliyatida guruh BMTning ―Yer sharining madaniy va tabiiy boyliklarini qo‗riqlash‖ haqidagi konvensiyasiga asoslangan.6
Geologik parklar nafaqat noyob tabiat mo‗jizalarini saqlab qolishga balkim, o‗z atrofida rivojlangan infrastruktura tashkil qilib, yaqin atrofda yashayotgan aholini ish bilan ta‘minlashga xizmat qiladi. Bugungi kunda dunyoda geoturizm, turizmning boshqa yo‗nalishlari bilan muvaffaqiyatli raqobatlashmoqda. Geoparklar ham professional qiziqishga ega bo‗lgan mutaxassislarni, ham chiroyli tabiat manzaralarini yaxshi ko‗ruvchi, oddiy turistlarni jalb qilishi mumkin. Barcha mehmonlar mamlakatni kutilmagan tomonidan tomosha qilish imkoniga ega bo‗ladi.

O’zbekiston to’siqsiz turiuzm loyihaviy ishlanmalari bo’cha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.



6 https://uz.traveldirecting.com/10636156-how-to-develop-a-tourist-route

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin