Turizm: nazariya va amaliyot



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə5/9
tarix20.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#132923
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MCTQn8SHF64g4K0b324

Xorazm viloyati. Yangi tashkil etilgan Tuproqqal`a tumanida turizm marshrutlari yaratiladi Tuproqqala tumanida 3 ming yillik tarixga ega 10 dan ortiq tarixiy ahamiyatdagi arxeologik yodgorliklar mavjud. Hudud Amudaryo boyida joylashganligi hamda tumanning asosiy qismi sahro hududidaligi yuqori turistik salohiyatni namoyon qiladi. Mazkur tumanda mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida yangidan 59 ta turizm infratuzilma obektlarini yaratish boyicha investisiya loyihalarining manzilli dasturi shakllantirildi. Bu orqali yangi tashkil etilgan tumanda 2020-2021 yillarda 63,9 mlrd.som investisiyalar ozlashtirilishi hisobiga 472 ta yangi ish orinlari yaratilishi belgilangan. Viloyat ishchi guruhi tomonidan mazkur tumanda yangi turizm marshrutlarini yaratish, infratuzilmani yaxshilash, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun turistik markazga aylantirish boyicha kelgusida amalga oshiriladigan chora-
tadbirlar belgilab olindi. Bu haqda Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati ma‘lum qildi.4
Eslatib otamiz, joriy yilning aprel oyida Prezidentning tegishli qarori bilan Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal`a tumani tashkil etilgandi.

Xorazm marshruti loyihasi




4 https://arxiv.uz/ru/documents/slaydlar/iqtisodiyot/o-zbekiston-bo-ylab-turistik-marshrut-ishlab-chiqish
    1. Yangi turistik turmarshrut ishlab chiqishda ekoturistik marshrutlarning tamoyillari va usullari.


Turistik turmarshrut ishlab chiqishda ekoturistik marshrutlarning ishlab chiqish tamoyillari.
1. Ekoturizm marshrutlaridagi jozibadorlik, betakrorlik tamoyili talablari haqida ta‘riflashni batafsil keltirishga izoh bu yerda ortiqchalik qilsa kerak. Ekoturizmning kelib chiqishi ham insonning tabiatni sog‗inishi, hozirgi sivilizatsiya bo‗hronlaridan (atmosferaning ifloslanishi, yerlarning ishdan chiqib borayotganligi, noyob o‗simlik va hayvonotning insondan uzoqlashib borayotganligi, toza havoning yetishmayotganligi va hokazolar) charchaganligidan, insonning tabiatdagi toza havoli tabiiy mintaqalariga sayohatni xohlaganligidan kelib chiqdi. Bu soha marshrutlarini tuzganda tabiatdagi jozibadorlik – betakrorlikning o‗zi ham tabiiy mintaqalarning o‗ziga xos bo‗lgan landshaftlari, shu mintaqada o‗suvchi o‗simliklar va shu mintaqa tabiatiga intilish jihatlarini hisobga olish to‗g‗ri bo‗ladi. Ekologik marshrutlar tuzishda ishlatiladigan jozibadorlik va betakrorlik ko‗rinishlari O‗zbekistondagi 5 ta tabiiy ekologik mintaqada mavjud. Shuning uchun ham ekologik maskanlarga – resurslarga marshrut tuzishda bu tamoyilni qo‗llashning kutilgandan ziyoda bo‗lgan imkoniyatlari bor. Eng muhimi, marshrut tavsifida ekologik resursdagi jozibador va betakror tabiiy ko‗rinishlar birinchi navbatda rasmlar tasvirida berilishi kerak. Bu tipdagi marshrutlarni ishlab chiqishda albatta noyob hayvonot olamidagi qushlar, hayvonlar, «Qizil kitob»dagi hayvonot turlarining rasmlari, ta‘riflari marshrut ma‘lumotlarida berilishi maqsadli bo‗ladi. 2. Imkoniyatning yaratilganligi tamoyilida ekoturizm resursiga marshrutlar ishlab chiqish juda jiddiy masala. Bu tamoyilga amal qilib ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishda quyidagi imkoniyatlar bo‗lishi talab qilinadi. 1) ekoturizm maskanlariga kirishning huquqiy-qonuniy tartiblari yaratilganligi; 2) ekoturizm maskanida turistlar uchun maxsus marshrutlarning (so‗qmoqlar, yo‗llar, dam olish joylari) ishlab chiqilganligi va faoliyat ko‗rsatishi; 3) ekoturizm maskanlarida turistlarga
xizmatlar ko‗rsatish tizimlarining tashkil qilinganligi (dam olish, tunash,
ovqatlanish, ko‗ngil ochar o‗yinlar, qisqa muddatli ekskursiyalar va h.k.). Hozirgi vaqtda O‗zbekistonda Davlat muhofazasidagi tabiat landshaftlari, qo‗riqxonalar, tog‗ tizmalariga turistlar kiritilishining huquqiy-qonuniy me‘yorlari ishlab chiqilmagan. Bu me‘yorlar endi yaratilmoqda. Bu ekoturizm maskanlaridan ekoturizmda foydalanishning eng muhim imkoniyatlari hozircha yo‗q. Shuning uchun ham bu tamoyilning talablari (1,2,3) amalda bajarilgandagina ekoturizm resurslariga, obyektlariga turistik marshrutlar ishlab chiqish zarur bo‗ladi. 3. Mazmundorlik tamoyili o‗z talablari jihatidan jozibadorlik va betakrorlik tamoyiliga qo‗shilib ketadi. Tabiatdagi betakrorlikni ko‗rgan, uning go‗zal bag‗rida dam olgan, rang-barang o‗simliklar olami va hayvonot dunyosini ko‗rgan turist ruhiy jihatdan ham, jismoniy jihatdan ham turistik marshrutning mazmunli o‗tganligini his qiladi. Uning kayfiyati yaxshilanib o‗zida boy taassurotlar paydo bo‗lganligini sezadi. Shuning uchun ham ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishda marshrut bo‗ylab o‗zgarayotgan tabiat elementlarigacha marshrut tuzuvchi e‘tibor berishi lozim bo‗ladi. Shuningdek, marshrut yo‗nalishida turizmning boshqa resurs manzillari (ziyoratgoh joylar, taniqli insonlar qabri, mashhur kishilar nomi bilan bog‗liq obidalar, tarixiy-madaniy, ma‘muriy obidalar va b.) bo‗lsa albatta marshrutning ma‘lumotlariga qisqacha ta‘rif bilan kiritish foydali bo‗ladi. Masalan, turist yoki turistik guruh Omonqo‗ton vohasi marshrutini tanladi. Albatta turist yoki turistik guruh tezroq Omonqo‗ton vohasiga shoshiladi. Endi agar marshrut ma‘lumotlarida jozibadorlik-betakrorlik, imkoniyatlarning yaratilganligi tamoyili resurslari mavjud bo‗lsa turist va turistik guruh marshrut yo‗lidagi bu resurslarni ko‗rishga qiziqqanligidan yoki ko‗p hollarda ko‗rish uchun to‗xtaydi. Bu holatda mazmundorlik tamoyili ham ishga tushib marshrutdan ko‗ngil to‗lish, qoniqish hislarini keltirib chiqaradi. Bu natija esa marshrutni tashkil qilgan turistik firma obro‗sini oshiradi. 4. Faoliyatlilik tamoyilida ekoturizm marshrutlarining harakatlanish vaqtlari, muddatlari tushuniladi. Fasllarimiz almashib turganligidan ekoturizm marshrutlarini tuzishda bu tamoyilga jiddiy e‘tibor berish talab qilinadi. Chunki, ekoturizmning muhim resurslari bo‗lgan tog‗ hududlaridagi ekoturizm
resurslariga qishki marshrutlar ishlab chiqishda turistlarning hayoti xavfsizliklarini
ta‘minlash masalasi birinchi navbatdagi o‗ta jiddiy masaladir. Tog‗lardagi ekoturizm resurslariga yetib borishda avtoyo‗llarda qorning erimasligi, baland dovonlardan har qanday transport vositalarining chiqaolmasligi, tog‗dagi marshrut so‗qmoqlarining qor bilan ko‗milib qolishi, qor ko‗chkilari turistlar hayotiga jiddiy xavf soladi. Shuning uchun ham tog‗ hududlariga qish mavsumida ekoturizm marshrutlarini tashkil qilishda chegaralanish muddatlarini va bu marshrutlarning harakatlanish vaqtlarini aniq belgilash ekoturizmda jiddiy ahamiyatga egadir. Tog‗ hududlariga kech bahor faslidan to kech kuz mavsumlarigacha ekoturizm marshrutlarini tashkil qilish maqsadli bo‗ladi. Ekoturizm marshrutlarini O‗zbekistondagi boshqa tabiiy mintaqalardagi ekologik maskanlarga ishlab chiqilganda ham bu ekoturizm maskanlarida yil fasllaridagi iqlimiy xususiyatlarni hisobga olish, tur marshrutning harakatlanish holatlarini aniq bilish talab qilinadi.
5. Ko‗pqirralik, ko‗p variantlilik tamoyili bo‗yicha ekoturizm marshrutlari quyidagi variantlarga bo‗linadi: 1) faqat quruqlik bo‗ylab ekoturizm maskaniga borish; 2) havo transporti yordamida ekoturizm maskaniga borish; 3) suv marshruti orqali ekoturizm maskaniga borish; 4) aralash transport vositalaridan foydalanib ekoturizm maskaniga borish. Qayd qilingan yo‗nalishlar bo‗yicha ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqish tushunarli. Bu ishlab chiqarish tamoyilining ko‗p variantliligiga kirib turist yoki turistik guruhning talabi, xohishistaklari bo‗yicha ular xohlagan ekoturizm marshrutlari bo‗lishi mumkin. Bu marshrutlar tabiiy muhit-sharoit, yo‗l-yo‗lakay turli-tuman obyektlarini ko‗rish imkoniyatlari bo‗lganligidan ko‗pqirralilikka ham kiradi. Shu bilan birga ekoturizmning ko‗p qirralilik tamoyili ekoturizmning asosiy obyektiga borguncha turizmning boshqa resurslariga ham marshrutning kirib-o‗tishni ta‘minlaydi. Bu haqda ekoturizm marshrutlarini tuzishda mazmundorlik tamoyilini qo‗llash qismida zarur talablar haqida izoh berildi. 6. Ekoturizm marshrutlarida qulaylik tamoyilini qo‗llash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tamoyilda ekoturizm marshrutlarida quyidagi qulaylik manbalari yaratish lozim bo‗ladi: 1. Transport va transport xillaridan foydalanishdagi qulaylilik. 2. Marshrut davomida xizmatlarni qabul qilish
qulayligi. 3. Marshrut davomida dam olish, ko‗ngil ochar o‗yinlarga qatnashish,
ekskursiyalarga chiqish, ovqatlanish yoki tunab qolishdagi qulayliklar. 4. Marshrut davomida tibbiy yordamni olish qulayligi. 5. Marshrut davomida turist uchun minimum (termosda choy, palatka, yotib dam olish uchun yig‗ma karovat, biroz qattiq ovqat, qatiq, sharbatlar, tuxum) va optimum (mehmonxonada tunash, restoranda ovqatlanish, sport zalida mashq qilish, basseynda cho‗milish) qulayligi puxta ishlab chiqilishi lozim. 7. Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishda axborotlanganlik tamoyilini qo‗llash marshrutni o‗ziga xos ravishda reklama qilish, turizm bozoriga kiritish ham hisoblanadi. Bu tamoyilda marshrut haqidagi barcha ma‘lumotlar turist uchun muhayyo qilinishi kerak – broshyura, jurnal, buklet, gazeta, radio, televideniya. Turist marshrutda nimalarni ko‗radi, nimalar haqida ma‘lumotlar eshitadi, qanday yuradi, qaysi kiyimlar kerak bo‗ladi, qanday transport vositalari taklif qilingan, qaysi xil ovqatlar, ichimliklar tayyorlanadi, qanday dam oladi, ovqatlanish tartibi qanday tashkil qilinadi va hokazolarga – hammasiga javob berishi shart bo‗ladi. Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqish tamoyillaridagi talablarni o‗rganib tahlil qilganimizda har bir tamoyilning marshrutda muhim o‗rni borligini anglaymiz. Bu tamoyillarni asos qilib olib ishlab chiqilgan marshrut o‗zida marshrutning barcha talablarini majmuali ravishda mujassamlashtirgan bo‗ladi, ekomarshrutning reklamaligi ahamiyatini oshiradi.
O‗zbekiston Respublikasining landshaftlari ham boy madaniy va tarixiy merosning integral qismidir. Ushbu merosning reprezentativ obhektlari va komponentlari albatta saqlanishi zarur. Bu boradagi istiqbolli yo‗nalishlardan biri ekoturizm hisoblanadi. Kishilarni tabiiy muhitga sayohatlari yoki ularning doimiy yashash joylaridan muayyan muddatga dam olish, sport bilan shug‗ullanish, sog‗liginit tiklash, mahrifiy-mahnaviy tadbirlarni olib borish maqsadida muayyan hududlarga qiladigan sayohatlari ekoturizm sifatida baxolangan. Ekoturistik marshrutlarini ishlab chiqishda turist va sayohlarning hayoti xavfsizligini tahminlash birinchi vazifa sifatida belgilanadi. Bu borada marshrut rahbari belgilangan tartibda yo‗riqnoma ishlab chiqadi. Marshrutdagi eng mahsulli xizmatlar bu – transport xizmatlari hisoblanadi. Turistik marshrutga transport
turlari marshrut yo‗nalishi, ekskursiya turi, yo‗lning holati (avtomagistral, tosh
yo‗l, shosse, mahalliy yo‗l va hakozo) bo‗yicha tanlanadi. Agar turistlar palatkalarda tunaydigan bo‗lsa, albatda yig‗ma karovatlar, yig‗ma stol-stullar, toza choyshablar tayyorlanishi lozim bo‗ladi. Palatkalarni joylashtirishda iloji boricha ochiq sayhonlik, yoki o‗tloqzorlar tanlanishi maqsadga muvofiq. Qalin o‗suvchi o‗tzor, pichanzorlarda hashorotlar ko‗p bo‗lganligidan bunday joylarda ilon, chayon, qoraqurt, falanga, ari kabi chaquvchi hashorotlar turistlarning hayotga xavf solishi mumkin. Turistik marshrutda yoz oylari dalada tunashni hohlovchi turistlarga maxsus ko‗rpachalar berilishi lozim. Bu usulda tunash ekspeditsiya usuli ham deyiladi. Bunday sharoitda maxsus ko‗rpachalarda mashinalar bortida, balandliklarda bemalol tunash mumkin. Shuningdek, turistlarni ovqatlantirishda jiddiy ehtiyot choralarini ko‗rish talab qilinadi. Mavsumlarda turistlarni ovqatlantirishda dastlab may-iyun oylarida pishib yetiladigan mevalar (qulupnay, gilos, olma, anjir, tut)ni dasturxoniga tortishda mehyordan oshirmaslik. Yoz mavsumida haroratni yuqori bo‗lishi ichimlik suvi bilan bog‗liq muammolarni (meyoridan ortiq istemol qilishdan saqlanish) keltirib chiqarishi mumkin. Turistlarni milliy taomlarimiz bilan ovqatlantirishda ham ehtiyotlik choralarini ko‗rish lozim bo‗ladi (2-3 xil ovqat tayoyrlash, yog‗li ovqatlar berish va hakozo). Turizm marshrutlaridagi ekskursiyalarda turistlarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar transport, dam olish, sayrlarda va ovqatlanish xizmatlarida ham yuz berishi mumkin. Chunki, marshrut davomida sayoyhlarga rejada belgilangan barcha xizmatlar ko‗rsatiladi. Ayniqsa ekoturizm marshrutlaridagi (tog‗larda, suv havzalarida, daralardagi so‗qmoqlarda, ekologik inqirozli hududlarda va hakozo) ekskursiyalarda harakatlanishdagi xavfsizlik oldindan ta‘minlanishi zarur. Turistik marshrutlar mavzuli, majmuali va kartografik usullar asosida amalga oshiriladi va tayyorgarlik (marshrut hujjatlarini tayyorlash); marshrutda yurish va marshrutning tugashi bosqichlariga bo‗linadi. Tayyorgarlik bosqichida marshrut yo‗lini o‗rganib chiqish, ekskursiya va xizmatlar ko‗rsatish dasturlari tuziladi. So‗ngida turistlarga xizmatlar ko‗rsatish hujjatlari rasmiylashtiriladi. Marshrutni amalga oshirish bosqichida marshrutga chiqish (boshlash, yo‗lga chiqish), ekskursiyalar,
uchrashuvlar, dam olish va boshqa tadbirlarni marshrut dasturi asosida o‗tkazish,
marshrutdan qaytish hamda turistlarning fikri, tahsurotlari, taklifi va taqrizlarini to‗plash, tahlil qilish jarayoni amalga oshiriladi. Yakunlovchi bosqichda marshrut o‗tkazilganligi haqida hisobot tayyorlanadi. Marshrut davomida yuz bergan kutilmagan muammolar tahlil qilinadi hamda tavsiyalar asosida qo‗shimchalar kirishga kelishib olinadi. Turistik marshrutni o‗tkazishni amalda tashkil qilish va o‗tkazish ishlari, marshrutda belgilangan tadbirlar «marshrut hujjatlarida» qayd qilinishi lozim. Bu hujjatlar quyidagilardan iborat bo‗ladi: –turistik marshrutni o‗tkazish haqida hujjat (ruxsatnoma, xarita va boshq.); –turistik marshrutda turistlarga xizmat qiluvchilar haqida hujjatlar (haydovchi, tarjimon, oziq-ovqat bilan tahminlovchilar, yuklarni ko‗taruvchi, axborotchi, boshlovchi va boshqalar);
–hisobot uchun hujjatlar va turistik marshrutning texnologik xaritasi; –turistga beriladigan yo‗llanma (axborotlanganlik varaqasi mahlumotlar - axborotlanganlik tamoyili bo‗yicha) va marshrutning sxemasi. Turistik marshrutni o‗tkazish og‗zaki va amaliy metodlar asosida tashkillanadi. Turistik marshrutni o‗tkazishdagi og‗zaki metodika bo‗yicha dastlab turistlar bilan uchrashuv tashkil (turfirma yoki marshrut rahbari) qilinadi. Marshrut davomida marshrut rahbari quyidagi metodik-yo‗l axborotlarini berish usullaridan foydalanadi: ehlonlar, tushuntirishlar, xabarlar, mahlumotlar va suhbatlar. Turistik marshrutni o‗tkazishda amaliy metodida axborotlar qisqa, mazmunli, maqsadli, qiziqarli bo‗lishi marshrut rahbaridan o‗z ishi bo‗yicha usta bilimdon, yetuk mutaxassis bo‗lishligini talab qiladi. Ekoturistik marshrutlar ishlab chiqishda dastlabki talab marshrutdagi jozibadorlik, turistlarning diqqatini tortadigan va qiziqtiradigan turistik obhektlar hisoblanadi. Marshrut ishlab chiqilgandan keyin ham ushbu tur haqida imkon darajasida rangli bukletlar ishlab chiqishga ehtibor beriladi. Aslida ham har qanday turning jozibadorligi, qiziqarli ekanligi haqida ana shu bukletlar dastlabki turizm bozoriga chiqariladigan reklama mashuloti ham hisoblanadi.

  1. Yüklə 0,77 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin