Yaqin kelajakda
turizmning eng ommabop turlari kruizlar, ekologikturlar, sarguzasht, bilish
hamda
tematik
turizm
bo`lishi
nazarda
tutilyapti.
Ko`plab mualliflar turmahsulotga bo`lgan talab nafaqa yoshidagi (senior)
insonlar guruhi tomonidan o`sishi mo`ljallanmoqda. Bo`sh vaqtning ko`pligi,
27
moddiy to`yinganlik, ijtimoiy hamda psixologik gedonizatsiya bularning hammasi
kelajak avlodga optimistic ruhda qarashni bildiradi. Seniorlarning ko`pchiligi
ayniqsa, AQSH, Germaniya, Yaponiya nafaqaxo`rlari ekoturlarda qatnashadilar.
Bu tendensiya ekoturistlar yoshi 35-54 yoshlar oralig`ini ko`rsatiladi.
1.2.2 - chizma
TURIZMNING JAHON BOZORIDAGI ZAMONAVIY FAKTORLARI
Manba: Ma‘lumotlar asosida muallif ishlanmasi.
Turizmning global bozoriga kirmoqchi bo`lgan mamlakat va regionlar uchun
narx raqobatini yengib o`tish bir muncha qiyin bo`ladi. Bozorning uncha katta
bo`lmagan hamdan yetarlicha mablag`ga ega bo`lmagan vakillari o`zlarining
xarajatlarini zo`rg`a qoplashlari yoki biror bir foyda ko`rishlari biroz mushkul,
ular o`z mahsulotlarini juda past narxlarda taklif etishlariga to`g`ri keladi. Bundan
kelib chiqib, region tabiiy muhiti hamda madaniy o`ziga xosligi sababli bozorga
taklif etilayotgan turistik mahsulotlarning yangi sifatlarining roli oshib boradi.
Talab diversifikatsiyasiga borib taqaluvchi bu tendensiya regionalizatsiya
sifatida qayd etilishi mumkin. Regionalizatsiyaning ijtimoiy - iqtisodiy natijalari
turizm globalizatsiyasi salbiy effektlariga qarama - qarshi tushuncha hisoblanadi.
Uning ijobiy roli shundaki, ma`lumki, faqatgina madaniy emas, balki ekologik
aspect jihatidan ham ommaviy va sanoatlashgan jahon turizmi allaqachon ko`plab
28
noxushliklarni olib kelgan va bu hol hozirgacha davom etyapti, ko`plab turistik
regionlar tabiiy ekosistemalari buzilishiga katta ta`sir ko`rsatib kelmoqda.
Dunyoning turli makro regionlarida bir xil bo`lmagan temp asosida hamda
intensivlikda rivojlanib borayotgan turistik globalizatsiya jarayoni bugungi kunda
va kelajakda ham turlicha rol o`ynaydi. Ayniqsa, Yevropa davlatlari uchun bu
kam ahamiyatli bo`lib, hozirda turmahsulotning juda ahamiyatli bo`lgan regional
diversifikatsiyasi uchun xarakterlidir. Buni Yevropa qit`asiga yo`nalgan hamda
undan butun dunyo tomon harakatlanayotga sayyohlik oqimidan ham bilish
mumkin. Shuni belgilab o`tish zarurki, 1996 - yilgi BTTning 2000 - yil
prognozlari real turistik oqim o`sishi va intensivlik darajasi ko`rsatkichdan farq
qilgan ya`ni, Yevropada o`sha yili bu ko`rsatkich 403,3 mln kishiga yetgan, bu
esa prognozlangan natijadan 50mln kishiga ortiqdir. Bu shuni anglatadiki, turizm
sohasidagi globalizatsiya kutilganidan ko`ra katta templar asosida rivojlanib
bormoqda. Qit`alararo turistik oqimlar ham kutilganidan ancha ko`p ya`ni,
Yevropa va Shimoliy Amerika qit`alri aro oqimlar 30 mln kishiga, Shimoliy
Amerika va Janubiy - Sharqiy Osiyo orasida 10 mln kishidan ortiqdir. Oqimlar
oshish tempida Janubiy - Sharqiy Osiyo liderlik qilmoqda.
Bu ketishda, qit`lar aro turistik oqimlar o`rtacha 22% dan 27% gacha ortib,
Afrikada - 5,5% ga, Amerika uchun 3,9% ga, Janubiy - Sharqiy Osiyoga 6,5%
ga, Yevropa uchun 3,0% ga, Janubiy Osiyo uchun 6,2% ga ortishi kuzatiladi.
BTTning 2020 - yilga qilgan prignozi bo`yicha, Osiyoga bo`lishlar soni
Yevropaga tenglashib, Xitoy eng ko`p tashrif buyuriladigan mamlakat sifatida
Fransiyani ortda qoldirib, eng katta sayyoh uzatuvchi mamlakatlar orasida
to`rtinchi bo`lishi kutilmoqda. Jahon turizm bozori haqida ma`lumotga ega
bo`lish uchun avvalo, dunyo Turizm statistika ma`lumotlarini ko`zdan kechirish
foydadan xoli emas.
Xalqaro turistik tashriflar 2012-yilda 1.035 mlrd ga yetgan, bu esa 2011-yil
ko`rsatkichi 983 mlndan ortiqdir. 2011 – 2012 – yillarda xalqaro sayohatga
bo`lgan talab 2000 - yillar resessiyadan keyingi pasayishdan tuzalishda davom
etdi. 2008 - yilning birinchi yarmidagi 5% li o`sishdan so`ng, xalqaro turizm
29
oqimi salbiy tomonga o`zgara bordi va yiliga 2% li ko`rsatkich bilan yil
yakunlandi. (Taqqoslash uchun bu ko`rsatkich 2007 yilda 7% ni tashkil etgan).
Salbiy holat 2009-yil davomida chuqurlashib, ba`zi mamlakatlarda
H1N1 grip
virusi
tufayli yanada ahvolni og`irlashtirdi va butun dunya bo`yicha 2009 - yil
xalqaro sayohatlarga jo`nashni 4.2%ga (880 mln), xalqaro turizm qabul qilishni
Dostları ilə paylaş: |