ro`zmetova. g. turizm sohasida raqobatbardoshlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi va turizm biznesini rivojlantirishda klaster yondashuvining roli. (kurs ishi) 2015
biznes”, “klasterli yondashuv”degan atamalar jarang sochmoqda.
Klaster so‘zi ingilizcha cluster so‘zidan olingan bo‘lib, ―asalari uyasi‖,
“to’plangan”, “yig’ilgan”, “jamlangan” ma‘nolarini anglatadi. Oldin klaster deb
elementlarning tarkibidagi xususiyaltar bir biri bilan ajralib turishi yoki bir biri
bilan bog‘liq bo‘lgan atom, molekula va ionlarning zich joylashishiga va ularning
o‘zaro bog‘liqliligiga aytilgan.
47
Turistik biznes uchun klaster– bu kelajakda o‘zida raqobatdoshlikni
ta‘minlashni real imkoniyati hisoblanadi. Ya‘ni korxonaning 5 – 10 va undan
ko‘proq muddatga uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini yaratish demakdir.
Klasterlar geografik mahalliylashtirilgan va iqtisodiyotning aniq tarmoqlariga
maxsuslashtirilgan korxonalardan iborat hisoblanadi. Iqtisodiy tizimda klasterli
birlashish quyidagi vazifani amalga oshiradi: “Kuchli korxonalar o‟z izidan kuchsizlarini tortadi”. Bugun biz quyidagi savolga javob berishimiz zarur:
O‟zbekistondagi kichik mehmonxonalar sektorida raqobatbardoshlikni oshirish yo‟lida klaster yondoshivini qo‟llayapmizmi? Bizning fikrimizcha
bunday yondashuv kerak va buning uchun imkoniyatlarimiz mavjud.
Klaster yaratish jarayonida xizmat ko‘rsatish infratuzilmaning, konsultatsiya
xizmatlar tizimining, kechikishlarning yo‘qotishi hisobiga turizm korxonalarning
raqobatbardoshligi oshiriladi.
Klasterlarni rivojlantirish yo‘llaridan biri mintaqaviy boshqaruv idorasining
iqtisodiy – ijtimoiy dasturlari hisoblanadi. Yurtimizda bunday dasturlar bir
qanchadir. Shularni klaster asosida yo‘naltirsak O‘zbekistonda turizm sohasi
rivojlangan mamlaktlar turizmiga raqobatdosh bo‘la oladi.