37
Klasterlarni shakllantirish uchun ularni ishtirokchilarini ishonchi bir – birlariga
juda yuqori bo‘lishi kerak.
M. Porter barcha klasterlarning rivojlanishini bir xilda qo‘llab – quvatlash
lozim, chunki qay bir klaster jadalroq rivojlanadi, qay biri sustroq kechishini
oldindan bilish mumkin emas, deb ta‘kidlaydi. Mana shuning uchun ham hozirda
faqat yuqori rivojlanish sur‘atlariga ega klasterlarga yordam ko‘rsatish tarafdori
bo‘lgan hukumat siyosati to‘g‘ri emas. Klaster nazariyasi M. Porterning shogirdi
M. Enrayt tomonidan yanada rivojlantirildi. Raqobatbardoshlikning mamlakat
ichidagi mintaqaviy tafovutlari va raqobat ustunligining geografik ko‘lamlari
Enraytning tadqiqod ob‘ekti sifatida xizmat qildi. U raqobat ustunligi xalqaro yoki
milliy miqiyoslarda emas, balki mintaqaviy darajada yaratiladi, bunda
mintaqalarning rivojlanishi uchun tarixiy shart – sharoit, biznes yuritish
madaniyatining turli – tumanligi va ma‘lumot olish kabilar muhim ahamiyatga ega,
deb taxmin qilgan.
Natijada, M. Enrayt ―mintaqaviy klaster‖ nazariyasini yaratdi. ―Mintaqaviy
klaster – bu shunday klasterki, bunda unga a‘zo firmalar geografik jihatdan bir –
biriga yaqin joylashgan bo‘ladi‖, yoki ―mintaqaviy klaster – bu xo‘jalikning bitta
yoki bir nechta o‘zaro bog‘liq tarmoqlarida faoliyat yurituvchi firmalar
aglomeratsiyasi‖.
2.1.2 - chizma
Dostları ilə paylaş: