23
qilish, sayyohlar oqimiga imkon qadar sifatli xizmatlar ko‗rsatish orqali ularning
mamlakatga bo‗lgan qiziqishlarini yanada orttirish va eng asosiysi, mamlakatlar
o‗rtasidagi o‗zaro mustahkam do‗stlik munosabatlarini qaror toptirish; turistik
kompaniya va agеntliklar tomonidan ko‗rsatiladigan turistik xizmatlarni
kеngaytirish ehtiyojining yuzaga kеlishi natijasida mamlakat hududida turli
zamonaviy xizmat ko‗rsatuvchi ob‘yеktlarni kеng miqyosda barpo ettirish;
turizm orqali boshqa ko‗plab iqtisodiyoti sohalarini samarali faoliyatini
ta‘minlash. Masalan, turistlarni mamlakatimizga kеlishi mamlakatimiz
bozorlarida sotilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini xarid
qilinishi, ularning o‗z yurtlari bilan bog‗lanib turishlari uchun sifatli
tеlеkommunikatsiya vositalarining yanada kеng tarmog‗ini tashkil etilishi,
mamlakat hududidagi transport yo‗llarini zamonaviylashtirilishi, turistlarning
madaniy hordiq chiqarishlarini ta‘minlashda muhim omillardan biri hisoblangan
sport inshootlarining zamonaviy tarzda bunyod etilishi va shu kabilarga olib
kеladi.
Dostları ilə paylaş: