26
mijozlarining ular tashtif buyuradigan joy tabiati, madaniyati va tarixi haqidagi
ma`lumotlar kamligidan qilgan shikoyatlari bilan bog`liq.
Turistlarning rekreatsion ehtiyojlari jadallik bilan o`zgarishi alohida e`tiborga
molik: Faqatgina
45% turist o`zining keyingi sayohatini oldingiday o`tishini
xohlaydi. Qolganlari har doim biror yangilik yoki sarguzashtni izlab murojaat
etishadi. Shuning uchun turoperatorlar katta tajribaga ega bo`lgan turistlar
ehtiyojiga nozik yondoshib, ular uchun doimiy ravishda yangi programmalar
yaratib eskilarini esa havaskor turistlar uchun qoldirishlari kerak.
Tajribali turistlar, yuqorida qayd etganimizdek, bir necha faol hordiq
chiqarish elementlarini o`zida qamrab olgan, ayniqsa, suvda kechadigan turlarga
e`tiborlarini qaratishadi.
Joylashuv maskanlari tanloviga kelganda,
40% turistlar qishloq uylarida,
27%i
palatali lagerlarda,
21% qulay mehmonxonalarda,
33%i esa oddiy
mehmonxonalarda tunashni afzal ko‘rishadi. Kanada turizm xizmari
ma`lumotlariga ko`ra, sarguzasht turizmi ixlosmandlarining 41%i kottej yoki
qishloq kulbalarida, 40% dan ortig`i esa palatkali lagerlarda yo maxsus qisqa
muddatli yotoqlarda tunashni xohlashlarini qayd etishgan.
Xalqaro sayohatlar dinamikasini, xalqaro turistik tashkilotlar (WTO, WTTC)
prognozlarini, xalqaro ekspertlar fikrlarini analiz etib, hozirgi kun xalqaro turizm
va ekoturizmning quyidagi tendensiyalarni belgilash mumkin. BTT ―Tourism
Vision 2020‖ prognoziga ko`ra, 2020 - yilga kelib xalqaro turistik tashriflar soni
1,6 mlrd birlikkacha o`sadi. 2000 - yilda 702 mln xalqaro tashriflar kutilgan bo`lsa,
2010 - yilda bu ko`rsatkich 1,018 mlrd bo‘ldi, 2020 - yilda esa
1,6 mlrd tashrif
kutilgan. Bu 1996 - yildagidan 3 marta ko`p
(592 mln tashrif) degani. Shu o`rinda
mamlakatlarda turizm sohasini rivojlantirish yanada oshayotganiga tayanib, bu
ko`rsatkichlar yanada ortadi degan farazlar ham yo`q emas.
Dostları ilə paylaş: