47
Turistik biznes uchun klaster – bu kelajakda o‘zida raqobatdoshlikni
ta‘minlashni real imkoniyati hisoblanadi. Ya‘ni korxonaning 5 – 10
va undan
ko‘proq muddatga uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini yaratish demakdir.
Klasterlar geografik mahalliylashtirilgan va iqtisodiyotning aniq tarmoqlariga
maxsuslashtirilgan korxonalardan iborat hisoblanadi.
Iqtisodiy tizimda klasterli
birlashish
quyidagi vazifani amalga oshiradi:
“Kuchli korxonalar o‟z izidan
kuchsizlarini tortadi”.
Bugun biz quyidagi savolga javob berishimiz zarur:
O‟zbekistondagi kichik mehmonxonalar sektorida raqobatbardoshlikni
oshirish yo‟lida klaster yondoshivini qo‟llayapmizmi? Bizning fikrimizcha
bunday yondashuv kerak va buning uchun imkoniyatlarimiz mavjud.
Klaster yaratish jarayonida xizmat ko‘rsatish infratuzilmaning, konsultatsiya
xizmatlar tizimining, kechikishlarning yo‘qotishi hisobiga turizm korxonalarning
raqobatbardoshligi oshiriladi.
Klasterlarni rivojlantirish yo‘llaridan biri mintaqaviy boshqaruv idorasining
iqtisodiy – ijtimoiy dasturlari hisoblanadi. Yurtimizda
bunday dasturlar bir
qanchadir. Shularni klaster asosida yo‘naltirsak O‘zbekistonda
turizm sohasi
rivojlangan mamlaktlar turizmiga raqobatdosh bo‘la oladi.