Turizm sohasidagi xizmatlar va mahsulotlar


Turizm sohasi xizmatlari xususiyatlarining “4 ta S” bilan ifodalanishi



Yüklə 96,09 Kb.
səhifə6/8
tarix05.04.2023
ölçüsü96,09 Kb.
#93707
1   2   3   4   5   6   7   8
Turizm sohasidagi xizmatlar va mahsulotlar

Turizm sohasi xizmatlari xususiyatlarining “4 ta S” bilan ifodalanishi

Turizm xizmat ko‘rsatish jarayoni sohaning tashkil etuvchisi sifatida o‘z xususiyatlariga va funksiyasiga ega bo‘lib, bu uni xo‘jalik yuritishning avtonom sohasi ekanligini belgilaydi. Boshqa xizmat turlari kabi turistik xizmatlar o‘ziga xos xususiyatlarini shartli ravishda «To‘rtta S» bilan belgilasak, quyidagi holatda bo‘ladi:

  1. Sezilmaslik. Turistik xizmatlar moddiy mahsulot bo‘lib hisoblanmaydi. Ular ijtimoiy – madaniy (nomoddiy) sohalarga tegishli bo‘ladi, chunki iste’molchini ijtimoiy-madaniy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini jismoniy, etnik-intellektual, ma’naviy va h.k. ehtiyojini qondirish bo‘yicha xizmatlarni ijro etuvchilar faoliyati aniqlaydi. Ularni harid vaqtida ko‘z bilan ko‘rish yoki ushlab ko‘rish mumkin emas. Bunday xizmatlar ob’ekti bo‘lib, shaxsan iste’molchi (turist) hisoblanadi.

2. Servisni va iste’molchini o‘zaro bog‘liqligi. Xizmatlar jarayoni iste’molchi va uni hosil etuvchilarning o‘zaro ta’siri natijasidan tashkil topganligi sababli, turistik xizmatlarni ko‘rsatish jarayoni (ishlab chiqarish) iste’mol bilan birga parallel ravishda yuz beradi. Ma’lumki, moddiy shaklda tovarlarni ishlab chiqarish, uni sotuvidan oldin amalga oshiriladi, faqat undan keyingina iste’mol jarayoni boshlanadi. Muhim xususiyatlaridan yana biri bu turistik tovarlar va xizmatlar iste’moli faqatgina iste’molchini, ya’ni turistni uning ishlab chiqilgan joyiga olib borilgan holdagina amalga oshiriladi. Oddiy tovarlar va xizmatlar iste’moli esa teskarisi, ya’ni ishlab chiqilgan mahsulot joyidan qat’iy nazar tayyor bo‘lgach, iste’molchi uni shu yerning o‘zida iste’mol qilishi mumkin.
3. Saqlanmaslik. Turistik xizmatlarning saqlanmasligi (saqlash mumkin emasligi). Turistik xizmatlarning hayotiy sikli moddiy tovardan tubdan farq qiladi, xususan saqlash bosqichining mavjud bo‘lmaganligi bilan turistik xizmatlarni saqlanmasligi bozor kon’yukturasini Yaxshilab o‘rganishni, talab va taklifni mutanosibligini talab etadi, chunki xizmatlar talab bo‘lmagunga qadar «omborlarda» turib qoladigan mahsulot emas.

Yüklə 96,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin