Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi



Yüklə 443,82 Kb.
səhifə22/26
tarix02.01.2023
ölçüsü443,82 Kb.
#78262
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro t


Xodimlar qo‘nimsizligi tahlili


Ma’lumotlar ko‘rsatadiki, hisobot davri uchun o‘z xohishiga ko‘ra, ishga sababsiz kelmaganligi va boshqa mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan bo‘shatilganlar soni 125 tani tashkil qiladi (45+80), o‘z navbatida, xodimlar qo‘nimsizligi koeffitsiyenti 0,208% ni tashkil qiladi. O‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 0,216%ga teng edi .

Tahlil yakunida korxona xodimlarini ijtimoiy himoyalash darajasini oshirish, ularning mehnat, ijtimoiy-madaniy, uy-joy-maishiy shart-sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Ular kelgusi yil uchun ijtimoiy taraqqiyot rejasi va jamoaviy shartnoma ishlab chiqishda hisobga olinadi.




11-Mavzu Ish vaqtdan samarali foydalanish va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili.

Ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, mehnat jamoasining har bir a’zosiga mahsulotlar ishlab chiqishning ortishi, shuningdek, mehnat resurslaridan samarali foydalanishning eng muhim shartlaridan biri ish vaqtidan tejamkor va samarali foydalanish hisoblanadi. Ish vaqti qay darajada to‘liq va oqilona foydalanilayotganligiga mehnat samaradorligi, barcha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarish bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ish vaqtidan foydalanish tahlili korxonadagi analitik ishlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ish vaqtidan foydalanish tahlili ikki yo‘nalishda olib boriladi: ish vaqtidan yo‘qotishlarni va undan unumsiz foydalanishni aniqlash.

Tahlil uchun asosiy ma’lumotlar manbasi 1-mehnat statistik hisobot shakli bo‘lib, unda ish vaqtidan foydalanishni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar majud bo‘ladi: yil uchun ishlab berilgan kishi-kun va kishi-soatlarning umumiy miqdori.

Ish vaqtidan foydalanish tahlili metodikasini ko‘rib chiqishdan oldin qisqacha tarzda ishlab berilgan vaqtni hisobga olishning amaldagi tartibi haqida to‘xtalib o‘tamiz. Ishlab berilgan kishi-kuni va kishisoatlarning haqiqatdagi miqdori haqida ma’lumotlar tabel hisobi ma’lumotlari bo‘yicha olinadi. Tabel hisobining hozirgi tashkiliy shakli ishlab berilgan kishi-kuni va kishi-soatlarning haqiqatdagi miqdori haqida ishonchli ma’lumot bera olmaydi.


Yüklə 443,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin