Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi



Yüklə 443,82 Kb.
səhifə20/26
tarix02.01.2023
ölçüsü443,82 Kb.
#78262
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro t

Ayni vaqtda material sig‘imining kamayishi bir xil dastgohda bir xil miqdordagi materillardan foydalangan holda vaqt birligida ko‘proq miqdorda tayyor mahsulot olishga imkon beradi. Bu esa mehnat unumdorligi, fond qaytimi ortishiga, fond sig‘imi kamayishiga olib keladi. O‘z navbatida, muayyan hajmdagi mahsulot yaratish uchun fond sig‘imini kamaytirish korxonalarda kapital qo‘yilmalar hajmini nisbatan qisqarishini keltirib chiqaradi.

Mahsulotlar tannarxini kamaytirgan holda moddiy resurslardan oqilona foydalanish rentabellik va foyda o‘sishi omili sanaladi. Lekin moddiy resurslardan tejamli foydalanish faqatgina ishlab chiqarish samaradorligini tavsiflovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar oshishiga olib kelmaydi. Mavjud texnologik tizimlarda inson ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish hajmining o‘sishi shunga olib keldiki, tabiiy resurslarning tugash sur’ati va atrof-muhitning ifloslanish darajasi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan chegaraga yetib qoldi .

Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha yirik mutaxassislar E. fon Vaytszekker, Eymari B. Lovins, L. Xanter Lovins texnologik tizimlarning rivojlanish tendensiyalari tahlili asosida quyidagi xulosaga keldilar:

Resurslar mahsuldorligini to‘rt karra oshirish mumkin va shunday qilish lozim. Boshqacha aytganda, tabiiy resurslarni qayta ishlash hisobiga olinayotgan boyliklar to‘rt karra oshishi darkor. Shuning evaziga biz ikki hissa yaxshi yashab, ikki hissa kamroq sarflashimiz mumkin bo‘ladi.

Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni tejash variantlarini izlash tahlilning asosiy mazmunini tashkil qiladi.

Moddiy resurslar tahlilining asosiy bosqichlari: – moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini baholash;

– moddiy resurslardan foydalanish samaradorligining moddiy sarflar miqdoriga ta’sirini baholash;

– korxonaning moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini tahlil qilish; – materiallarni sarflash me’yorlari asoslanganligini tahlil qilish;

– moddiy resurslarga optimal ehtiyojni asoslash.


Yüklə 443,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin