Korxonaning kunlar bo‘yicha zaxiralar bilan ta’minlanganligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Bu yerda Zk – kunlar bo‘yicha xomashyo va materiallar zaxirasi;
Zmi – i-turdagi material resurslarning natural yoki qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalangan zaxiralari;
R1gi – i-turdagi material resurslarning xuddi shu o‘lchov birligida bir kunlik sarfi.
Materiallarning bir kunlik sarfi tahlil davri uchun i-turdagi material resurslarning jami sarfini davrdagi kalendar kunlar miqdoriga bo‘lish bilan aniqlanadi.
Zaxiralarni qoplashning ichki va tashqi manbalari mavjud. Tashqi manbalarga tuzilgan shartnomaga muvofiq yetkazib beruvchilardan olingan material resurslar taalluqli sanaladi.
Ichki manbalar – bu xomashyoni chiqitga chiqarishni kamaytirish, ikkilamchi xomashyodan foydlanish, material va yarimfabrikatlarni o‘zi tayyorlash, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini joriy qilish natijasida materiallarni tejash.
Material resurslar bilan ta’minlanganlik tahlili jarayonida quyidagilar aniqlanadi:
1) material resurslarga ehtiyojlarning ularni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi va uning bajarilishi;
2) yetkazib berishlar maromiyligi va ishlab chiqarish dasturi bajarilishiga yetkazib berishdagi buzilishlar ta’siri;
3) tovar zaxiralari bilan haqiqatda ta’minlanganlikning rejadagi bilan muvofiqligi;
4) material resurslar bilan ta’minlash yetarli bo‘lmaganligiga bog‘liq ravishda ishlab chiqarish hajmining kamayishi.
Material resurslarga ehtiyojlarning yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar orqali baholanadi: