Mahsulot sifatiga odatda quyidagi omillar ta’sir qiladi:foydalanilayotgan xomashyo va materiallar sifati; xodimlarning malakasi va texnik tayyorgarlik darajasi; ishlab chiqarishda ishtirok etadigan texnika va texnologiyani holati va uning progressivligi; ishchi va xodimlarning mahsulot sifatiga javobgarligi hamda ularning moddiy rag‘batlantirilishi va hokazo.
Mahsulot ishlab chiqarishda eng muhim masala bu innovatsion, yangidan yaratilgan mahsulotlar hajmining, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilganligiga baho berishdan iboratdir.
Innovatsion mahsulot – yangi, takomillashtirilgan, texnologik o‘zgarishlar tufayli yaratilgan mahsulotdir. Oldingi mahsulotlardan sezilarli yoki tubdan farq etuvchi mahsulotlardir.
Eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning jami mahsulotlar tarkibidagi salmog‘iga baho berish orqali korxonaning joriy va istiqboldagi taktik strategiyalari ishlab chiqiladi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni dinamik tahlili
Innovatsion mahsulotlarning jami mahsulot tarkibidagi salmog‘i,%
18.4
19.3
22.6
+0.9
+3.3
+4.2
Korxonada innovatsion mahsulotlarning hajmi 2016-yilda 2015- yilga qiyosan 33302.0 ming so‘mga, 2017-yil 2016-yilga qiyosan 34798 ming so‘mga, 2017-yil 2015-yilga qiyosan 68100 ming so‘mga ortgan. Shu bilan birga jami mahsulotlar tarkibida innovatsion mahsulotlar hajmi 2015-yilda 18.4 %ni, 2016-yilda 19.3 %ni, 2017-yilda 22.6 % ni tashkil etganligini ijobiy baholash mumkin. Innovatsion mahsulotlarning soni ham mos ravishda 2, 3 va 5 taga ko‘paygan.