Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi



Yüklə 443,82 Kb.
səhifə12/26
tarix02.01.2023
ölçüsü443,82 Kb.
#78262
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro t

• Ko‘p qirraliligi va sermazmunligi. Iqtisodiy axborotlar miqdoriy
va qiymat o‘lchamlarida ko‘rsatiladi, boshlang‘ich hujjatlarda korxona
nomi, imzo chekuvchilarning naslnomasi, davri va mahsulotlarning
turlari ko‘rsatilgan holda rasmiylashadi. 

Iqtisodiy ma’lumotlarning aksariyat qismini hisob tizimi axborotlari
tashkil etadi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari esa iqtisodiy tahlilning
axborotlari tarkibida yirik salmoqni egallaydi. 

Axborot va ma’lumotlar mazmuniga ko‘ra turli xil bo‘lishi, ularning
manbalariga ham ta’sir etadi. Chunki har bir ma’lumot miqdor va maz-
munini shakllantirib bera oladigan manbadan olinadi. Demak, manbalar
tasnifi ham mazmun tasnifiga o‘xshashdir.

Tahlil uchun kerakli manbalar quyidagi talablarni bajarishi lozim: 

1. Haqqoniy va xolis bo‘lishi. 

  1. Manbalar tahlil maqsadlari uchun moslashtirilgan hamda keng
    imkoniyatli bo‘lishi, ya’ni reja, hisob va statistik ma’lumotlar hodisa va
    jarayonlar mazmunini to‘liq yoritishi kerak.

  2. Iqtisodiy hodisa va voqealarni ifodalovchi manbalar aniq o‘l-
    chamlarda aks ettirilishi lozim. 

  3. Barcha manbalarning umumiy birligi va uzviy bog‘liqligi saq-
    laniladi hamda ulardagi axborotlar bir-birini to‘ldirib turilishi taqozo
    etiladi.

  4. Manbalardagi ko‘rsatkichlarni aniqlanish tamoyillari va aks etti-
    riladigan davrlari mosligi ta’minlanishi zarur.
    Ushbu talablarga javob beruvchi barcha axborot manbalari va ular-
    dan foydalanish tahlil natijalarining aniq va sermazmun bo‘lishiga imkon yaratadi.

Iqtisodiy tahlilda foydalaniladigan barcha manbalarning ishonchliligini, aniqliligini va to‘g‘riligini tekshirish natijalarining samarali bo‘lishiga zamin yaratadi.

Barcha yig‘ma ma’lumotlarni har tomonlama to‘g‘riligi texnik va mazmunan turlar ajratilib tekshiriladi. 

Texnik tekshirish – axborot manbalarini arifmetik jihatidan to‘g‘riligini, rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilinganligi va ko‘rsatkichlarni bir-biriga o‘zaro mos kelishini e’tiborga olgan holda o‘rganishdir.


Yüklə 443,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin