Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi


-Mavzu Iqtisodiy manbalarini turlari va ularning ishonchligini tekshirish usullari



Yüklə 443,82 Kb.
səhifə10/26
tarix02.01.2023
ölçüsü443,82 Kb.
#78262
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro t



5-Mavzu Iqtisodiy manbalarini turlari va ularning ishonchligini tekshirish usullari.


Iqtisodiy tahlil jarayonida turli xil axborotlar hamda ma’lumotlardan foydalanish zarur bo‘ladi. Ularning to‘g‘ri, aniq, ishonchli bo‘lishi hamda o‘z vaqtida olinishi tahlil natijalarining samaradorligini oshiradi.

Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun muayyan shakl va mazmun-
ga ega iqtisodiy hodisa, voqea va xo‘jalik jarayonlarini qayd etish yok
qayta hisoblab tegishli manbalarda darak yoki ko‘rsatkich ko‘rinishida
aks ettirish iqtisodiy tahlil uchun ma’lumotlar hisoblanadi.

Iqtisodiy tahlilda foydalanuvchilarga uzatiladigan xabar tavsifiga
ega ma’lumotlar yoki ularning to‘plami axborot tushunchasini beradi.
Tahlil uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar hamda axborotlarni
mazmuniga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin: 

– iqtisodiy ma’lumotlar;
– huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar; 

– ilmiy-texnik ma’lumotlar;

– tabiiy-ekologik ma’lumotlar; 

– benchmarking ma’lumotlari;

– boshqa ma’lumotlar. 

Iqtisodiy ma’lumotlar ko‘lami kengligi jihatidan ikki yirik guruhga
bo‘linadi. Birinchisi – ichki iqtisodiy ma’lumotlar. Ularni biznes-reja,
hisob tizimi, budjet hisob-kitoblari, korxona dasturi ma’lumotlari, turli
xil texnologik ma’lumotlar va shu kabilar tashkil etadi. Ikkinchisi –
tashqi iqtisodiy ma’lumotlar. Misol uchun, tovar-xomashyo bozoridagi
ma’lumotlar, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ma’lumotlar, raqobatdosh
korxona ma’lumotlari, tarmoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichlar va shu
kabilar. Bu manbalar tahlilda eng ko‘p foydalaniladi.

Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar xalqaro va mamlakatda amal qilayotgan barcha qonunlar, hukumat qarorlari, me’yoriy hujjatlar hamda
aktlarda rasmiylashtirilgan axborotlar, korxona pasporti, ustavi, korxona
a’zo bo‘lgan turli uyushmalardagi shartnomalar va shu kabilardan iborat
bo‘ladi.


Yüklə 443,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin