Ilmiy-texnik ma’lumotlar esa eng yangi taraqqiyot, ilm-fandagi o‘zgarishlar, fan va texnika yutuqlarini o‘zida mujassam etgan axborot-
lardir. Bu axborotlar tahlil uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqa ma’lumotlarga esa, iqtisodiy, huquqiy, ilmiy-texnikaviy, ta-
biiy-ekologik, benchmarking kabi manbalarda aks etmagan ma’lumotlar
tushunilib, ularga ommaviy-axborot vositalari, gazeta va jurnallardagi,
radio va televideniyedagi keltirilgan axborotlar kiradi.
Turli axborot va ma’lumotlarni tahlil jarayonlarida qo‘llash natijalarning mazmunini boyitishga, boshqaruv qarorlarining xolisona bo‘lishiga asos sanaladi. Iqtisodiy axborotlar boshqa turdagi axborotlardan quyidagi jihatlari
bilan ajralib turadi:
• Hujjatlashganligi. Barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar sodir bo‘-
lishi bilan tegishli boshlang‘ich hujjatlarda qayd etiladi hamda axborot
sifatida rasmiylashadi.
• Turli xil bo‘lishi. Hodisa va voqealar ko‘p manbalarda qayd
etilishi, hajmi, mazmuni, shakli jihatidan bir-biridan farqlanadi.
• Ommaviyligi va hajmining kengligi. Ko‘pgina iqtisodiy axborotlar
tegishli shaklga ega bo‘lganligi, hisobot shakllarining yuqori organlar
tomonidan tasdiqlanganligi ularni tushunishni, bilishni osonlashtiradi.
• Davr oralig‘ida takrorlanib turishi. Tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar muntazam to‘lg‘azilib tegishli yuqori tashkilotlarga belgilangan davr-
da topshiriladi.
Hisobot davrlari – choraklar, yarim hamda yillik muddatlarga bo‘linib axborotlar tuziladi.
• Qonunlashganligi va chegaralanganligi. Barcha yuqori organga
topshiriladigan yoki ochiq e’lon qilinadigan iqtisodiy axborotlar davlat
tashkilotlari, moliya vazirligi, iqtisodiyot vazirligi va soliq qo‘mitasi to-
monidan tasdiqlangan talab hamda shakllarga asoslanib tuziladi. Bozor
munosabatlarida korxonalar uchun muhim sanalgan ayrim ma’lumotlar
boshqalar uchun maxfiy bo‘lib, faqat egasining ruxsati bilan e’lon qili-
nishi mumkin.