Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi



Yüklə 443,82 Kb.
səhifə13/26
tarix02.01.2023
ölçüsü443,82 Kb.
#78262
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro t

Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni, bozor mexanizmining takomillashishi, islohotlaming tobora chuqurlashib borishi har bir iqtisodiy jarayonni chuqur tahlil qilishni taqozo qilmoqda. Chunki mulkdor iqtisodiyot jarayonida asosiy subyekt sifatida ishtirok etadi. U o‘z mulkining ko‘payishidan, ko‘proq foyda olishidan manfaatdor. Bu uchun tadbirkorlik, izchillik, ziyraklik va aql bilan ish ko‘rish lozim. 0‘z navbatida mulkining holati, ishlatilishi va saqlanishini tahlil qilinishini taqozo etadi. Demak, iqtisodiy tahlil eng awalo mulkdor uchun kerak ekan.

Mulkdor o‘z mulkini ishlatisfi uchun turli korxonalarga ega bo‘lishi mumkin. Bu esa boshqa kishilami, mutaxassislami, xodimlami yollashiga to‘g‘ri keladi. Ular mehnat jamoasini tashkil etadi. Korxonaning yaxshi, samarali ishlashi mehnat jamoasining farovonligini ta’minlaydi. Mehnat jamoyasi o‘zi ishlayotgan korxona xo‘jalik faoliyatini muntazain tahlil qilib borishni taqozo qiladi. Demak, iqtisodiy tahlil bevosita mehnat jamoasi uchun ham kerak ekan.

Har bir korxonaning xo‘jalik faoliyati natijasidan davlat ham manfaatdor. Chunki har bir korxona o‘z mulkidan, qilgan oboroti va olgan foydasidan soliq to‘laydi. Shu tufayli davlat nomidan soliq idoralari ham korxona faoliyatini chuqur tahlil qilib borishdan manfaatdor. Demak, iqtisodiy tahlil soliq idoralari xodimlari uchun ham kerak ekan. Iqtisodiyotni modemizatsiya qilish sharoitida iqtisodiy tahlil bilan korxonadagi deyarli hamma mutaxassislar shug‘ullanadi. Ammo hammasi ham korxona to‘g‘risida jamlangan batafsil axborotga ega emas. Hamma o‘zi bajarayotgan u yoki bu soha bo‘yicha axborotga ega. Shu jihatdan hamma o‘zining sohasini muntazam tahlil qilib boradi.

Lekin shuni e’tirof etish kerakki, xo'jalik faoliyati to‘g‘risida butun faoliyatni o‘zida jamlagan axborotlar buxgalteriyada to‘planadi va qayta ishlanadi





6-Mavzu Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmining tahlili.


Mahsulot ishlab chiqarish hajmini kompleks tahlili ikki yo‘nalishda olib boriladi:
a) mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishini baholash;
b) bir necha yillar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini tahlili.
Hisobot davridagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini reja ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali rejaning bajarilishi, rejadan farqlanishi mutloq summada, o‘tgan yil bilan taqqoslash orqali esa mahsulot hajmini o‘sish sur’ati aniqlanadi.

Yüklə 443,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin