Eksport va import operatsiyalaridan olingan daromad va xarajatlar tahlili.
Eksport va import operatsiyalari bo’yicha valyuta kurslari o’zgarishidan natijalar tahlili va eksport va import operatsiyalari bo’yicha pul oqimlari tahlili.
1-Mavzu Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari va tamoyillari.
Har bir fan bajaradigan vazifalar mavjud va yuzaga kelayotgan ijtimoiy - iqtisodiy shart-sharoitlarga qarab belgilanib boriladi. Iqtisodiy tahlil fanining asosiy vazifalari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:
O’rganilayotgan predmetga to‘g‘ri va xolisona baho berish.
Biznes-rejalar va me’yorlami ilmiy-iqtisodiy asoslash va ularni uzluksiz takomillashtira borish.
Biznes-rejalaming bajarilishini hamda me’yorlarga amal qilinishiga rioya etilganligini har tomonlama obyektiv o'rganish.
Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanganlikka (ham alohida, ham birgalikda) baho berish.
Korxonaning xo‘jalik va boshqa faoliyatlarini uzluksiz kuzatib borish va ular ustidan nazorat ishlarini (ham faoliyat davomida, ham faoliyat yakunlangandan so‘ng) amalga oshirish.
Xo‘jalik faoliyatidagi foydalanilmagan tashqi va ichki omillami aniqlash va ulami miqdor jihatdan hisoblash.
Korxonalami rivojlantirishga asos bo‘ladigan innovatsion g‘oyalami iqtisodiy jihatdan asoslash.
Korxonaning istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko'rsatkichlar asosini aniqlash.
Qabul qilingan boshqaruv qarorlarining maqbulligini o'rganish (Boshqaruvning ierarxik tuzilishidagi barcha bosqichlar bo'yicha).
Ushbu vazifalaming muvaffaqiyatli bajarilishi samarali ijtimoiy- iqtisodiy natijalarga olib boradi. Korxonalarning xo`jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish uchun asos qilib olingan quyidagi tamoyillar mavjud:
1.Ob'yеktning holatini dastlabki iqtisodiy nazariya jihatidan tahlil qilishning zarurligi, o`rganiladigan hodisalarning mohiyati va bir-biriga o`zaro bog`liqligi.
2.Tahlilning komplеks xaraktеrga ega ekanligi hamda o`zaro bir-biriga uzviy ravishda bog`liq tahliliy ko`rsatkichlar tizimining qo`llanishi.
3.Iqtisodiy ma'lumotlarni tahliliy jihatdan qayta ishlash jarayonida o`rganiladigan hodisalarni guruhlashtirish va ularga ta'sir ko`rsatuvchi omillarni miqdor va sifat bеlgilariga qarab turkumlash.
4.Korxonalar faoliyatini tahlil qilishda taqqoslash usulining ichki xo`jalik rеzеrvlarini aniqlashdagi ahamiyati.
5.Tahlil natijalari asosida ilg`or tajribalarni kеng yoyish va ommani korxonalarni boshqarishga yana ham kеng jalb etish.
6.Korxonalarni boshqarishda hisob va hisobotning hal qiluvchi roli, ularning iqtisodiy tahlilda asosiy axborot manbai ekanligi.
Yuqorida qayd etilgan tamoyillar iqtisodiy tahlilning shakllanishiga va uning rivojlanish jarayoniga asos bo`ldi.