Turizm va mehmonxona xo


Markaziy bankning tashkiliy va funksional tarkibi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə4/13
tarix03.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#106903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2 5323377995048560144

2. Markaziy bankning tashkiliy va funksional tarkibi.


Markaziy bank quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: -banknotalar (naqd pullar) emissiyasi, -davlatning oltin - valyuta zaxiralarini saqlash, -pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiqlashtirish, -kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish, -davlat banki sifatida faoliyat ko’rsatish, -to’lov-xisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish, -valyuta kursini muvofiqlashtirish. Jahonning barcha mamlakatlarida banknotalarni muomalaga chiqarish funktsiyasi Markaziy banklarning asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi va u bu soxada monopol xuquqga ega. Kredit pullar Markaziy bank tomonidan qonunda belgilangan ravishda chiqariladi va Markaziy bank muomalaga chiqarilgan pullarning qaytib bankga kelib tushishi choralarini ishlab chiqishlari zarur. Davlatning oltin - valyuta rezervlarini boshqarish funktsiyasi. Markaziy Bank davlatning oltin, kimmatbaxr metal va kamyob toshlarni valyuta zaxiralarini boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari xalkaro xisob-kitoblarda aktivlar rezervi, xisob-kitoblar bo’yicha davlatning kafolatli sug’urta fondi sifatida namoyon bo’ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarining asosiy qismi Markaziy bank ixtiyoriga berilgan bo’ladi. Ba’zi davlatlarda oltin zaxiralar moliya ministrligi ixtiyorida bo’lib, markaziy bank oltin bilan operatsiyalarni olib boradi. Markaziy banklar mamlakat valyuta rezervlarini o’zida yig’adi va burezervlar xaltaro xisob-kitoblarni amalga oshirish, to’lov balansi defitsitini qoplash va mamlakat milliy valyutasi kursining barqarorligini ta’minlash uchun ishlatiladi. Markaziy bank orqali davlatning iqtisodiy siyosati, yanada aniqrog’i davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning shugisodni boshkarish siyosatining bir qismi bo’lib, muomaladagi pul massasi, kredit xajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko’rsatkichlarini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlar yig’indisidan tashkil topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barkarorligini ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o’rnatish asosida inflyatsiya sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradoryaigini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlashdan iborat. Pul-kredit siyosati ikki yo’nalishda olib borilishi mumkin. Birinchi yo’nalish - kredit ekspantsiyasi bo’lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini rag’batlantirish yo’li bilan olib boriladi, ya’ni ishlab chikarish sur’atlari tushib ketgan holda, kon’yunkturada rivojlanishga erishish mumkin. Ikkinchi yo’nalish - kredit restriktsiya siyosati bo’lib, u iqtisodiy o’sish davrida pul-kredit emissiyasining qisqarishiga asoslanadi. Markaziy bank uchun banknotalarning xarid qobiliyatini barqaror darajada saqlab turish muhim ahamiyatga ega. Bu esa, eng avvalo, muomaladagi banknotalar miqdorining o’zgarishiga bog’liq. Bu holatni hisobga olgan bir qator markaziy banklar, xususan, Germaniya Markaziy banki rahbariyati muomaladagi naqd pul massasini tartibga solishni, kreditlash hajmini nazorat qilish bilan bir qatorda, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashning muhim sharti, deb hisoblaydi. «Banklarning banki» funktsiyasi. Markaziy bankning «banklarning banki» sifatidagi funktsiyasi, bizning fikrimizcha, asosan, quyidagi to’rt yo’nalishda namoyon bo’ladi: Barcha tijorat banklari o’z mablag’larining ma’lum qismini Markaziy bankdagi foizsiz hisob-raqamlarida minimal rezervlar sifatida saqlashga majburdirlar. Xususan, Germaniya Federativ respublikasida 1984 yildan boshlab, asosan, barcha tijorat banklari bilan bir qatorda uzoq muddatli qo’yilmalar bilan shug’ullanuvchi kredit institutlari va qurilish jamg’arma kassalari ham minimal rezervlarini Markaziy bankda saqlashga majbur bo’ldilar. Bank mijozlari o’zjamg’armalarining yoki kreditlarining ma’lum qismini Markaziy bank biletlarida, ya’ni naqd pullarda oladilar. Mijozlarning bu talabini tijorat banklari Markaziy bankdagi muddatsiz jamg’armalarining istalgan paytda naqd pulga almashtiriladigan qismi hisobidan qondiradilar. Markaziy bank ana shunday yo’l bilan butun bank tizimining to’lovga qobilligiga ta’sir qiladi. Ammo, bundan har bir tijorat banki o’zining naqd pullarga bo’lgan talabini faqatgina ikki muhim vazifani hal qilish imkoniyatiga ega bo’lib turibdi. Birinchidan, minimal emission bank mablag’lari hisobidangina qondira oladi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Ayrim banklarda banknotalarning ortiqcha zaxirasi mavjud bo’ladi va ular boshqa banklarga bu pullarni kreditga berishi mumkin. Pul bozori rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon texnik jihatdan juda silliq ko’chadi. Shunisi xarakterliki, tijorat banklaridagi ortiqcha naqd pullar miqdori emission bank yaratgan pullar miqdoriga tengdir. Demak, tijorat banklarining banknotalarni kreditga berish imkoniyati cheklangan. Bu esa, ularning banknota emissiyasi sohasida Markaziy bankka bog’liqligini saqlab qoladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin