Birinchi segmentga – o‘rtacha yoki qisman past daromadli shaxslar kiradi. Ularninng sayohatdan asosiy maqsadi dengizda dam olish, bunda ularning sayohat joyi va maqsadi narx – navoga bog‘liq bo‘ladi. Bunday turistlik xizmat bozori segmenti uchun kuchli taassurotlarga ega bo‘lish shart emas. Bu toifadagi turistlar xizmat narxi yuqori bo‘lgan servis xizmatlarga tayyor bo‘lmagan holda, ularning sifati uchun juda talabchan bo‘lishadi. Bunday turistlarning asosiy tamoyili – hamma narsani oxirigacha olish, qabul qilish. Ular darajasi yuqori mehmonxonalarni tanlamaydilar, ammo ko‘ngil ochar dasturlar va tungi ekskursiyalarga katta qiziqish bilan qaraydilar. Butun dunyo turistlar aloqasida bunday turdagi turistlik segment eng ko‘p hisoblanib, turistlik ommaviy yondashuvchi massani hosil qiladi, odatda bunday turist yaqin masofani, ya’ni birinchi duch kelgan dengizni tanlaydi.
Ikkinchi segmentga– daromadlari o‘rtachadan yuqori bo‘lgan shaxslar kiradi. Ushbu turistlar ko‘p hollarda yuqori malakaga ega bo‘lgan, ayrim hollarda o‘rta – maxsus bilimli shaxslardir. Ularning asosiy maqsadi dam olishni, tevarak-atrofni o‘rganish bilan hamohang o‘tkazish bo‘lib, ularda o‘rganish, ko‘rish istagi yuqori bo‘ladi. Ular agar qiziqtiruvchi ob’ektni ko‘rish iloji bo‘lsa o‘zlarining komfort qulayliklardan ham voz kechishlari mumkin.
Uchinchi segmentga –yuqori daromadli shaxslar kiradi. Ular yuqori malakali bo‘lganlari uchun tevarak-atrofni ko‘rish, bilish va o‘rganishga harakat qilishadi. Bu yerda ikkita yosh toifasi bo‘lib, ular: o‘rtacha va “uchinchi” yoshdir. Uchinchi daraja yoshdagi shaxslar guruhlar tarkibida sayr qilishadi, o‘rta yoshdagilar esa tanishlari va do‘stlari bilan sayohat qilishni yoqtiradilar. Ushbu segment uzoq 2–3 xafta davom etuvchi sayohatlarni ma’qul ko‘radi. Bundan tashqari ularni qimmatbaho suvenir – sovg‘alar qiziqtiradi.
To‘rtinchi segment –bular yuqori malakali kishilar bo‘lib, tabiatni, ma’daniyat, yashash tarzi, xalqlarning dini, udumlari bilan qiziquvchi shaxslardir. Ushbu toifada turlicha daromadga ega kishilar bo‘lib, sayohat uchun ular kattagina mablag‘ ajratishlari mumkin. Ko‘pincha ular yig‘ilgan omonatlarini ushbu yo‘lda sarflashadi. Ushbu bozor segmenti ko‘pchilikni tashkil qilmaydi, ammo keyingi paytlarda ularning soni oshib bormoqda.
Jadval .2.