Ijtimoiy me’zonlar-bu turistlarning yoshi, jinsi, kasbi-turistlar doimiy yashaydigan aholi punktining kattaligi, oila a’zolarining soni, turistlarga xizmat ko‘rsatuvchilar, oilasining tarkibi, millati, diniy aqidalari, oilasining umumiy va har biriga to‘g‘ri keladigan daromadi, oilada transport vositasining bor yoki yo‘qligi. Hozirda ayollar o‘rtasida maxsus kasbiylashgan turizm katta ahamiyat kasb etmoqda. (Masalan, bank xodimlari, qishloq xo‘jaligidagi ishchilar va ishlab chiqarishning turli sohalarida ishlovchilar) shuningdek yoshlar va bolalar turizmi ham.
Psixologik o‘zini idora qilish segmentatsiyasi (yo‘nalish tartibini o‘zi belgilaydi) -bunda iste’molchilar yashash tarzi va maqsadli yo‘nalishlari, ya’ni ularning bo‘sh vaqtini belgilash tartiblari, shaxsiy tavsiflari bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi. Bunday turistlik harakat me’zonlariga sayohat maqsadi, turistning psixologik sur’ati, mavsumiylik, sayohat turi va uni tashkil qilish, foydalaniladigan transport vositalari, sayohat davrida turar-joy, moliyaviy mablag‘i, konsultantlar va o‘rtadagi dallollarning harakati tur sayohatda qaror qabul qilishga sabab bo‘ladi.
Turizm xizmat bozoridagi ko‘plab segmentlar yana kichik segmentlarga bo‘linadi. Masalan, rekreatsion turizmda - bu da’volanish maqsadidagi va ta’til turizmi hisoblanadi. Ko‘pincha motivatsiyaning aloxida segmentlari bo‘yicha aniq chegaralar o‘tkazish oson emas. Ishga bog‘liq turizm vaziyatni o‘rganish bilan bog‘liq turizmga va sport turizmi esa rekreatsion turizmga bog‘lanib ketadi. Masalan, turizm xizmat bozorining segmentatsiyasi hayot tarzining me’zoni bo‘yicha quyidagi iste’molchilar guruhlarini ajratadi:
Hayotdan lazzat izlovchi shaxs
Aniq bir maqsad sari intiluvchi faol shaxs
Ishbilarmonlar davrasining a’zosi
“Ko‘k yoqaliklar”
An’anaviy uy egasi
Hayotdan lazzat izlovchi shaxs-bir xil ishni bajaruvchi va toza havoda haqiqiy faoliyat turlaridan qoniqish hosil qilishni istovchi shaxs. Baliq ovlashga, ovchilikka, sport bilan shug‘ullanishga va qimmatbaho sport avtomobillariga qiziqadi. Uning daromadi yaxshi, lekin harid bo‘yicha qarorlar u tomonidan qo‘l uchida hal qilinadi. Hayotini uzoqni ko‘zlab rejalashtirmaydi. Sport, sarguzasht va boshqa dasturlarning doimiy muxlisi.