Turmahsulotga talab
Turistlik mahsulot uchun takliflar
Turistlar talabini sifatli va har biri bilan aloxida qondirish maqsadidagi turistlik mahsulot ishlab chiqarish
Daromad olish maqsadida turistlik mahsulot ishlab chiqarish
Rasm 1. Turistlik xizmat bozoridagi talab va takliflar
Turistlik xizmat bozori o‘zining qabul qila olish chegarasi (sig‘imdorligi) bilan tavsiflanadi, ya’ni aniq bir belgilangan davrda (mavsum bir oyda) belgilangan turistlik mahsulotni amaldagi narxlar va takliflarga muvofiq sota olishidir. Bozorning sig‘imdorligi aholining talab doirasida to‘lov qobiliyatiga egaligi, narx darajasi va turistlik takliflarning tavsifiga bog‘liq bo‘ladi. Turistlik mahsulotga bo‘lgan talab va narx darajasiga qarab qisqarishi yoki bo‘lmasa, aksincha oshib borishi mumkin. Bozorning sig‘imi va uning o‘zgarish tendensiyasini biladigan korxona ushbu bozordan ravnaqi darajasi uchun foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Turistlik xizmat bozorida: bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadigan hamda turistlik aylanma harakatni yaratuvchi pul oqimi yo‘nalishi va turistlik mahsulotning muntazam harakatlanishini yaratib beruvchi omil vujudga keladi
Turistlik aylanma harakat-iqtisodiy aloqalar tarkibiga kiruvchi xizmatni pulga yoki bo‘lmasa pulni xizmatga almashtiruvchi jarayon kiradi. Ushbu jarayon turistlik mahsulot oqimining harakatlanish yo‘nalishi, investitsiyalarning turizm sohasini rivojlantirish va turistlik faoliyatdan keladigan daromadning byudjetga kelib tushishini ko‘rsatib beradi.
Turistlik aylanma harakat quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi:
Turist yo‘llanmani sotib oladi va turistlik kompaniyaga pul to‘laydi.
Oqibatda turist o‘zining istak-talabini qondiradi.
Turistlik korxona sotilgan turistlik mahsulot uchun pulni oladi, Turistlik indutriyaning rivoji uchun investitsiya o‘tkazadi yoki bo‘lmasa yangi turdagi turistlik mahsulotni sotib oladi.
Turistlik korxona sotilgan turistlik mahsulot uchun boj to‘laydi, turli shakldagi to‘lovlarni bajaradi, o‘z ishchi xodimlariga oylik to‘laydi.
Turistlik korxona doimiy o‘zgarib turuvchi raqobatchilik muhitida barqaror tarzda qattiq tartib vaziyatida ish olib borishi lozim. Ushbu muhit elementlari bo‘lib bir nechta bozorlar hisoblanadi. Ular turistlik mahsulot konyukturasini aniqlab beruvchi va turistlik korxonaning iqtisodiyotiga ta’sir o‘tkazuvchi hisoblanadi:
Mexnat bozori;
Moliyaviy bozor;
Investitsiyalar bozori;
Turistlik mahsulotlar bozori.
Mexnat bozori-ushbu bozor turistlik faoliyatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan intellekt va ishchi kuchi jalb qilinuvchi jabha hisoblanadi.
Moliyaviy bozor-ushbu bozor davlat-kredit siyosati tomonidan boshqariluvchi bo‘lib shaxsiy jamg‘armaga ta’sir o‘tkazadi, yig‘ilgan mablag‘larni iste’mol va investitsiyaga bo‘linishini belgilaydi.
Investitsiyalar bozori-bu korxonalar tomonidan “Uzoq muddatli moddiy foyda” (asosan uy-joy qurilish) hisoblanuvchi narsalar uchun sotib olinuvchi narsadir. Investitsiyalar bozori kreditlar bo‘yicha qilinadigan talab va foiz stavkalariga bog‘liq holda rivojlanadi. Ishlab chiqarish uchun investitsiya ajratish ish bandligiga sabab bo‘lib, yangi asbob-uskunalarni ishlatish va yangi ish o‘rinlarini yaratib beradi.
Ma’lumki bozor-bu turli mexanizmlardan iborat bo‘lib, turli mahsulot turlari va xizmatlar uchun tug‘ilajak talab va takliflarni muvofiqlashtirib turadi. Unda katta hajmdagi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan aniq bir mahsulot -ya’ni, turistlik mahsulotni sotib olishga xohishi va iloji bor potensial haridorlar harakat qilishadi. Bu yerda tovarni sotuvchi hamda bozor harakatlanishi sharoitini o‘zgartiruvchi haridorlar, dallollar shuningdek aniq va faol raqobatchilarni aniqlab olish mumkin.
Turizm xizmat bozorida sotish va sotib olishning asosiy manbai xizmat hisoblanadi. Haridor va sotuvchidan tashqari turistlik xizmat bozori mexanizmiga sezirarli darajada dallollik bug‘inlari ham kiradi.
Turistlik xizmatga bo‘lgan talablar bir necha xil xususiyatlarga ega: moddiy imkoniyatli ishtirokchilarning turli - tuman qatnovi, yoshlari, maqsad va sabablar: egiluvchanligi, alohida harakterli va differensiyalan-ganlikning yuqori darajasi: turistlik takliflardan vaqt va masofa bo‘yicha uzoqligi.
Turistlik xizmat bozorining muxim xususiyatlaridan yana biri uning komplementarligidir (jamlanmadorlik) bu xususiyat turistlik mahsulot va xizmatning bir-birini to‘ldira olishidir. Bu xususiyat shunday tushiniladi, ya’ni iste’molchi tomonidan sotib olinuvchi tovar ko‘pincha butun bir boshqa tovar va xizmatlar sotib olishga olib keladi. Masalan, transport xizmati avtomatik ravishda boshqa turdagi xizmatlar (ovqatlanish, ko‘ngil ochar dasturlar) sotib olinishiga sabab bo‘ladi Bu esa o‘z navbatida turistlik tovar va xizmatlarni kengaytirish uchun harajatga olib keladi, shuningdek turli holdagi turistlik mahsulot ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida daromadning taqsimlanshiga olib keladi.
Turistlik mahsulot iste’molchilarining sanoqbay tavsifiga ko‘ra uch xil turdagi turizm bozorlari ajratiladi: ommaviy, mashhur va individual.
Dostları ilə paylaş: |