Turistlik mahsulotni amalga oshirishda mahsulotni sotib olish va uni iste’moli orasida vaqt uzilishi bo‘ladi, shuning uchun turmahsulotni taklif qilish kanallarining (mahsulotni sotuvchi) aniqligi va ishonarli bo‘lishi o‘ta muhimdir.
Turistlik talabga mavsumiy almashuvlar va turistlik oqimning shakli ta’sir qiladi. Ushbu salbiy hodisalarning oldini olish uchun narx-navoni differensatsiyalash (xizmat ko‘rsatuv elementlari bo‘yicha mavsumga qarab) shuningdek turistlarni yetkazib berish hajmini muvozanatlash orqali erishish mumkin.
Mahsulot sifati ko‘p hollarda aniq ijrochilarga bog‘liq, shuning uchun turistlik korxonalar ichidagi menejment doimo rivojlanishi lozim.
Turistlik xizmat bozorida iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida hududiy tarqoqlik mavjud, shuning uchun uzoqlashgan hamkorlar bilan tezkor aloqalar o‘rnatish muxim hisoblanadi.
Turistlik talab deganda-to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan aholining turmahsulotga bo‘lgan talabi tushiniladi. Turistlik talab amaldagi narx-navolarda aholi tomonidan aniq bir turistlik-ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi.
Bozordagi talabga muvofiq turizmda takliflarvujudga keladi, ya’ni turist uchun uning dam olishi va sayohati jarayonida lozim bo‘lgan turli xildagi xizmatlar shular jumlasiga kiradi. Takliflar-bu mahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab qilinadigan aniq mahsulotni yetkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq imkoniyatga ega bo‘lishi tushuniladi. Bu holatda takliflar ishlab chiqarish bilan bir xil bo‘lmagan holda undan soni jihatidan farq qiladi. Aniq bir turistlik mahsulot (marshrut) ning taklif qilinadigan soni bozordagidan yuqori bo‘lishi mumkin. Turistlik mahsulotga bo‘lgan taklif - ishlab chiqarilgan mahsulot soni, turistlik industriyaning rivojlanish darajasiga va turistlik resurslar hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Talab va taklif o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘ladi: talab faqatgina taklifni yuzaga keltirmaydi, bundan tashqari taklif aniq bir tarzda talabga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: turistlik xizmatga bog‘liq bo‘lgan talab hajmi unga bo‘lgan narx ko‘tarilganda ortib boradi, narx tushsa takliflar soni ham kamayadi.
Turistlik xizmat bozorida turistning xizmatga bo‘lgan talabi uchun pul vositasining almashinuvi sodir bo‘ladi. Muvofiqlashtirilgan holatdagi almashinuvda bir tomondan turistlik mahsulot ikkinchi tomondan esa turistlik industriyaning kirib kelishi uchun sharoit yaratiladi.
Turistlik bozor
Turistlik mahsulotni sotib olish istagi va imkoniyati bor iste’molchilar