Turistik talab deganda - to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan axolining turmahsulotga bo‘lgan talabi tushiniladi. Turistik talab amaldagi narx-navolarda axoli tomonidan aniq bir turistik -ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi.
Bozordagi talabga muvofiq turizmda takliflarvujudga keladi, ya’ni turist uchun uning dam olishi va sayohati jarayonida lozim bo‘lgan turli xildagi xizmatlar shular jumlasiga kiradi. Takliflar-bu mahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab qilinadigan aniq mahsulotni yetkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq imkoniyatga ega bo‘lishi tushuniladi. Turistik mahsulotga bo‘lgan taklif - ishlab chiqarilgan mahsulot soni, turistik industriyaning rivojlanish darajasiga va turistik resurslar xajmiga bog‘liq (shakllanadi) bo‘ladi.
Turistik aylanma harakat - iqtisodiy aloqalar tarkibiga kiruvchi xizmatni pulga yoki bo‘lmasa pulni xizmatga almashtiruvchi jarayon kiradi.Ushbu jarayon turistik mahsulot oqimining harakatlanish yo‘nalishi, investitsiyalarning turizm soxasini rivojlantirish va turistik faoliyatdan keladigan daromadning byudjetga kelib tushishini ko‘rsatib beradi.
Turistik aylanma harakat quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi:
1.Turist yo‘llanmani sotib oladi va turistik kompaniyaga pul to‘laydi.
2.Oqibatda turist o‘zining istak-talabini qondiradi.
3.Turistik korxona sotilgan turistik mahsulot uchun pulni oladi, turistik industriyaning rivoji uchun investitsiya o‘tkazadi yoki bo‘lmasa yangi turdagi turistik mahsulotni sotib oladi.
4.Turistik korxona sotilgan turistik mahsulot uchun boj to‘laydi, turli shakldagi to‘lovlarni bajaradi, o‘z ishchi xodimlariga oylik to‘laydi.
Mehnat bozori -ushbu bozor turistik faoliyatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan intelekt va ishchi kuchi jalb qilinuvchi jabxa hisoblanadi.