Turkiston-Rossiya o'quv qo'llanma doc


O`zaro munosabatlarda harbiy ekspeditsiya: maqsad va



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/23
tarix04.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#152062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi manbashunosligi

3. O`zaro munosabatlarda harbiy ekspeditsiya: maqsad va 
oqibat
. Rus shoiri A.S.Pushkin shunday yozgan edi: “Pyotr I ikki armon 
bilan ko`z yumdi: biri – Prut sohilidagi mag’lubiyat uchun Turkiyadan, 
ikkinchisi A.Bekovich-Cherkasskiy mag’lubiyati uchun Xivadan o`ch 
ololmaganligida edi”. 
XVI-XVII asrlardagi O`rta Osiyo va Rossiya munosabatlari o`zaro 
umumiy manfaatlarga asoslangan edi. Rus hukmdorlari, dastlabki 
paytlarda, O`rta Osiyoga nisbatan o`zaro munosabatlarda xonliklar bilan 
tinch-totuv, savdo, iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan 
siyosatni olib bordilar. Boshqacharoq ifoda etganda, Rus hukmdorlari 
O`rta Osiyoga nisbatan bosqinchilik rejalari yo`q edi. Ammo XVIII 
asrdan, 
qachonki 
Rus 
davlati 
iqtisodiy, 
siyosiy 
jihatdan 
mustahkamlanganda, janubi-sharqqa bosqinchilik siyosatini yurgiza 
boshladilar. Ayniqsa bu Pyotr I boshqaruvi davrida yaqqol ko`zga 
tashlana boshladi. 
Shvetsiya bilan olib borilgan Shimoliy urushdagi g’alabadan so`ng 
1721- yili Rossiya imperiya deb e`lon qilindi. Ammo yangi imperiya bu 
vaqtda Yevropaning xom-ashyo manbai va tayyor mahsulotlari bozori 
hisoblanib, taraqqiyotda orqada qolgan edi. Rossiya uchun o`zga 
mamlakatlarni bosib olish rejasi tuzildi. Ammo har qanday harakat 
xarajatlarni talab qilardi. Rus davlatining oltinga bo`lgan talabi oshdi. 
Ayni paytda o`z mollarini sotish uchun talab bo`lgan bozorga ham 
ehtiyoj katta bo`lgan. Pyotr I urush xarajatlarini qoplash va armiyani 
ta`minlash maqsadida senatga “oltin davlatning qon tomiridir” deb xat 


11 
yozib, oltin-kumush konlarini qidirib topish zarurligini uqtirib o`tdi. 
Xuddi shu vaqtda, ya`ni 1713- yilda Nafasxo`ja ismli turkman 
Astraxanga kelib, Amudaryodan oltin qum olinishi va o`tmish 
zamonlarda uning Kaspiy dengiziga quyilganligi haqida rus hukumatiga 
ma`lumot beradi. Shuningdek, Amudaryoni Kaspiyga burish mumkinligi 
va bu ishda turkmanlar yordam berajagini ham aytadi. Bunday axborot 
Pyotr I ni faol harakatlarga undaydi. Chunonchi, u 1714- yilning 19- 
mayida Xiva xonligini zabt etish haqidagi farmonni Senatga yuboradi. 
A.Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasi oldiga qo`yilgan vazifalar Pyotr 
I tomonidan chiqarilgan ikkita farmonda o`z ifodasini topgan. 1714- yil 
29- maydagi farmonga ko`ra, u Astraxanga borishi va bu yerda 
keragicha kemalar, oziq-ovqat va boshqa narsalar bilan 1500 nafar odam 
olishi, ular bilan Kaspiy dengizining sharqiy sohili bo`ylab Xiva 
yerlarigacha suzib borishi, u yerda albatta istehkom barpo etishi belgilab 
qo`yilgandi. A.Bekovich-Cherkasskiyga Eron yerlariga yetib borishi, 
Amudaryoning eski o`zani topilgan taqdirda, uning bo`yida istehkom 
qurishi, uni 600 yoki 700 askar bilan mustahkam qo`lda ushlab turishi 
bo`yicha qat`iy ko`rsatma berilgan edi. Shu bilan birga A.Bekovich-
Cherkasskiyga Kaspiy dengizi sharqiy qirg’og’i xaritasini tuzish 
topshirilgan.
A.Bekovich-Cherkasskiy missiyasi 1714- yil yozida boshlandi. U 
Astraxanga kelib, dengiz ekspeditsiyasini tayyorlash bilan birga 
josuslardan bir necha guruhini O`rta Osiyoga, Orol va Kaspiy dengizi 
oralig’idagi joylar, Amudaryo, uning irmoqlari, oltin konlari haqida turli 
ma`lumotlar to`plagani yuboradi. Dengiz ekspeditsiyasi 1714- yil 
noyabrda Kaspiy dengizining shimoliy qirg’og’i yoqalab Sharqqa qarab 
dengizga chiqdi. Biroq qish qattiq kelib ekspeditsiya dekabrdayoq 
Astraxanga qaytishga majbur bo`ldi. Bu vaqtga kelib A.Bekovich-
Cherkasskiy o`z odamlaridan O`rta Osiyoda oltin quruqlikda ham qazib 
chiqarilishi haqida ma`lumot oldi. Bunday konlarni qidirib topish uchun 
A.Bekovich-Cherkasskiy Pyotr I dan 500 nafar kazaklardan iborat 
otryad yuborishni so`raydi. Uning bu talabiga ko`ra yuborilgan kazak 
otryadi xivaliklar bilan birinchi to`qnashuvdayoq halok bo`ldi. 
1715- yil aprelda A.Bekovich-Cherkasskiy yana dengizga chiqdi. 
U Kaspiy dengizining shimoliy va sharqiy qirg’oqlarini tekshirib, 
o`rgandi. Shu yil oktabrda u talofatlarsiz Astraxanga qaytib ketdi. 
A.Bekovich-Cherkasskiy Astraxanga kelganidan so`ng safar yakunlari 
bo`yicha Pyotr I ga maktub yuborib, unga Kaspiy dengizi xaritasini ham 
ilova qilib yubordi.


12 
1716- yil 14- fevralida Pyotr I A.Bekovich-Cherkasskiy bilan 
suhbatlashib, amalga oshiriladigan vazifalarni quyidagicha belgilab 
bergan: 
1. Bir vaqtlar Amudaryo Kaspiy dengiziga quyilgan joyda 1000 
kishilik harbiy istehkom qurilsin. Amudaryo oqimi va to`g’onlarini 
sinchkovlik bilan o`rganib, imkoni bo`lsa, eski yo`liga burib yuborilsin. 
Suvni Orol dengiziga yo`naltiradigan to`g’onlar buzilsin. Bu ishlarni 
bajarishga qancha kishi kerakligi aniqlansin. 
2. Xiva xonligini rus davlati tobeligiga o`tishiga erishilsin hamda 
bizning manfaatimizga xizmat qilish sharti bilan harbiy qism qoldirilsin. 
Agar xon rozi bo`lsa va sharoiti ko`tarsa, harbiy qismni o`zi ta`minlasin. 
Bordiyu buni qila olmasa, harbiy qismni bir yil davomida ta`minlash 
kafolati olinsin, keyingi yillardagi xarajatlar esa uning zimmasiga 
yuklatilsin. 
3. Agar Xiva xoni rozilik bildirsa, uning kishilariga ikki rusni 
qo`shib, Amudaryo suvi bo`ylab oltin borligini aniqlash uchun Yorkent 
(Sharqiy 
Turkiston)ga 
jo`natilsin. 
Shuningdek, 
savdogarlarning 
Amudaryo bo`ylab Hindistonga borishlari uchun kemalar berilishi 
xondan so`ralsin. 
4. Xiva xonligida Buxoro xonligining rus davlati tobeligiga o`tish 
xohishi bor-yo`qligi haqida aniq ma`lumot qo`lga kiritilsin. 
5. Ko`rsatilgan topshiriqlarni amalga oshirish uchun 4000 kishidan 
iborat muntazam qo`shin va kerakligicha kemalar ajratilsin. Bundan 
tashqari, Yoyiq kazaklaridan 1500, eshkakchilardan 500 va otliqlardan 
100 kishi berilsin. Ular savdo karvonlarini muhofaza qilish niqobi ostida 
Astraxandan harbiy qal`a va shahar quriladigan joyga, ya`ni Kaspiyning 
sharqiy qirg’og’iga yuborilsin. 
1716- yili A.Bekovich-Cherkasskiy Moskvada turgan vaqtida 
uning huzuriga Xiva, Buxoro, Samarqand va Balxda bo`lib qaytgan 
josuslardan biri Tebey Xitoyev kelib, Samarqand yaqinida oltin konlari 
mavjudligi haqida ma`lumot beradi. O`zi bilan olib kelgan oltin qumi va 
lojuvard namunalarini ko`rsatadi. Shu bilan birga O`rta Osiyodagi 
muhim savdo yo`llari va savdo uchun mavjud shart sharoitlar haqida 
ma`lumotlar beradi. 
A.Bekovich-Cherkasskiyning ikkinchi dengiz ekspeditsiyasi 1716- 
yil 15- sentabrda boshlandi. Uni amalga oshirish uchun maxsus flotiliya 
tashkil qilinib uning tarkibiga 100 ta kema jalb qilindi. 1716- yil 9- 
oktabrda flotiliya To`pqo`rg’on burniga suzib keldi va bu yerda 
istehkom qurilib, unga avliyo Pyotr nomi berildi. Keyin Aleksandrboy 


13 
qo`ltig’ida ikkinchi qurildi. Qizilsuvda esa uchinchi istehkom qad 
ko`tardi. Keyinchalik uning o`rnida Krasnovodsk shaharchasi barpo 
etildi. Shu yerdan A.Bekovich-Cherkasskiy Xiva xoni Sherg’ozixonga 
uch kishilik elchi yubordi. Elchilarga xondan ekspeditsiyaning Xivaga 
borishiga ruxsat olish vazifasi yuklatilgan edi. Biroq yuborilgan elchilar 
Xivadan qaytib kelmadilar. 
A.Bekovich-Cherkasskiy har bir istehkomda garnizon va oziq-
ovqat qoldirib, 1717- yil boshida Astraxanga qaytib ketdi. Shu bilan 
ikkinchi Kaspiy ekspeditsiyasi o`z nihoyasiga etdi. Uning asosiy natijasi 
istehkomlar, eng avvalo Krasnovodsk istehkomini qurish bo`ldi. Pyotr I 
rejasiga ko`ra, Krasnovodsk qayta tiklangan daryo o`zanini qo`riqlash va 
Rossiyaning O`rta Osiyo bilan munosabatlarida tayanch bo`lib xizmat 
qilishi kerak edi.
Ma`lumotlarga qaraganda, Pyotr I Buxoro xonligini ham Rossiya 
tasarrufida bo`lishini xohlagan. Bu paytda Buxoro xonligida osoyishtalik 
bo`lmasdan, o`zaro feodal urushlar avjiga chiqqan, markaziy hokimiyat 
juda 
kuchsizlangan 
edi. 
Ayni 
paytda 
Rossiyaning 
strategik 
maqsadlaridan biri O`rta Osiyoning boyliklariga ega bo`lish va 
Hindiston uchun yo`l ochish edi. 
1717- yilning 14- martida A.Bekovich-Cherkasskiy Pyotr I 
farmonini amalga oshirishga qaratilgan talablarni hukumat Senatiga 
ma`lum qildi. Senat tomonidan qabul qilingan qarorga ko`ra, Astraxan, 
Saratov, Saritsin, Samara va boshqa joylardan harbiy qism jamlanib, 
uning umumiy soni bir hujjatda 6344, ikkinchisida esa 6110 kishi deb 
ko`rsatilgan. Qo`shin bilan olib ketiladigan to`plar uchun 481 pud porox, 
1230 pud qo`rg’oshin va boshqa narsalar ajratildi. Askar va zobitlarning 
ichishlari uchun 4000 chelak vino va 597 chelak pivo beriladigan 
bo`lgan. 
Ushbu ekspeditsiya oldida 13 banddan iborat vazifalar belgilangan 
edi. Bunga ko`ra A.Bekovich-Cherkasskiy Volga-Kaspiy yo`li orqali 
Xiva tomon yurish qilib, Amudaryo qirg’og’ida harbiy qal`a qurishi, 
Amudaryoni Kaspiy dengizi tomon burishi va Xiva xonligini bosib 
olishi lozim edi. Xiva xonligi egallangandan keyin A.Bekovich-
Cherkasskiy xonlik kishilari bilan birga ikki rus kishisini Yorkentga 
oltin borligini aniqlash uchun yuborishi ko`zda tutilgan edi. Bundan 
tashqari A.Bekovich-Cherkasskiy zimmasiga Buxoro amirligining Rus 
davlati tobeligiga o`tish masalasini aniqlash vazifasi yuklatilgan edi. 
Ekspeditsiyani to`laqonli tashkil etishga uch yil davomida tayyorgarlik 
ishlarini amalga oshirgandan so`ng, 1717- yil 9- iyunda A.Bekovich-


14 
Cherkasskiy 3727 piyoda, 617 otliq dragun, 2 ming kazak, 230 
dengizchi va 22 to`p bilan Guryev shahridan Xiva xonligi tomon yo`lga 
chiqdi. Ayni paytda rus qo`shinlarini kelayotgani haqidagi xabarga 
muvofiq Xiva xonligida tayyorgarlik ko`rilayotgan edi. Xiva xonligiga 
uch kunlik yo`l qolganda, ya`ni Porsu degan joyda Xiva qo`shini rus 
askarlarini qurshab oldi. Ikki o`rtadagi jang to`g’risida keng ma`lumotlar 
mahalliy va rus ma`lumotlarida saqlanib qolmagan. Xiva xoni 
Sherg’ozixon (1714-1728) A.Bekovich-Cherkasskiy huzuriga elchilar 
yuborib, masalani tinch yo`l bilan hal qilishni taklif qilgan. Taklif 
asosida rus qo`shinlari beshga bo`linib, xonliklarning turli shaharlariga 
taqsimlash va so`ngra muzokara yuritish ko`zda tutilgan. Xon kishilari 
ko`pligi uchun bir yerda oziq-ovqat va joy bilan ta`minlashning iloji 
yo`qligini 
ma`lum 
qilgan. 
Rus 
manbalarining 
ko`rsatishicha, 
A.Bekovich-Cherkasskiy soddalik qilib, bu taklifga rozi bo`lgan. O`z 
navbatida Xiva xoni rus qo`shinlarining bo`lnishidan foydalanib, ularni 
birin-ketin qirib tashlagan. A.Bekovich-Cherkasskiy va uning 
o`rinbosari Zamanovning kesilgan boshlari Xiva bozoriga osib 
qo`yilgan. Shunday qilib, A.Bekovich-Cherkasskiy qo`shinining ancha 
qismi qirib tashlangan. Qolgan ma`lum qismi asirga olinib ishlatilgan. 
Ayrim rus kishilari Astraxanga qochishga muvaffaq bo`lgan. Shunday 
qilib Pyotr I ning harbiy kuch bilan Xiva xonligini bosib olish harakati 
muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan. 
A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi harbiy yurishdan Buxoro 
xonligi xabardor bo`lsa-da, biroq unga qarshi biror chora ko`rmay, xolis 
turdi. Chunki Buxoro xonligi hukumati rus davlati bilan aloqaning 
yomonlashuviga yo`l qo`ymaslikni ko`zlagan edi. Xiva xoni 
Sherg’ozixon g’alabasining namoyishi sifatida A.Bekovich-Cherkasskiy 
kallasini Buxoroga yubordi. Ammo Buxoro xoni Abulfayzxon Rossiya 
bilan munosabatlar keskinlashishidan cho`chib, uni olmay qaytarib 
yubordi.
Sherg’ozixon rus hukumati tomonidan o`ch olinishini sezib, 
Rossiya bilan diplomatik va savdo aloqalarini tiklashni maqsadga 
muvofiq deb topgan. Shu maqsadda Vaysmamat (Uvays Muhammad)ni 
elchi sifatida Peterburgga yuborgan. Elchi orqali Pyotr I ga xonlikni 
bosib olmoqchi bo`lganligi uchun A.Bekovich-Cherkasskiy askarlariga 
zarba berilganligi ma`lum qilingan. Ammo o`z paytida Xiva xonligi 
tomonidan A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi harbiylarni qirib 
tashlanishi Pyotr I g’azabini keltirgan. Bu voqea Rossiyaning xalqaro 
maydondagi obro`siga putur yetkazgan edi. Shuning uchun ham Pyotr I 


15 
elchilik qoidalarini buzib, elchi Vaysmamatni 4 ta hamrohi bilan 
Astraxandan soqchilar nazoratida Peterburgga keltirib, Petropavlovsk 
qamoqxonasiga tashlashni buyurgan. Keyin elchi tashqi ishlar hay`atiga 
chaqirilib, suhbatdan o`tkazilgan. 
Xiva xoni elchisini A.Bekovich-Cherkasskiy va rus askarlarining 
xuni uchun osib o`ldirilishi lozim deyilganda, elchi “bu sizlarning 
ishingiz” deb javob bergan. Xiva xoni elchisi 1721- yil 10- martida 
qamoqxonada vafot etgan va ehtimolki, u qasddan o`ldirilgan bo`lishi 
ham mumkin. Qolgan 3 kishi qamoq va katorgaga hukm qilingan. Elchi 
hamrohlaridan Kuchek (Kichik) nomlisi Rossiya hukumatining rus 
asirlarini ozod qilishi haqidagi maktubi bilan Xivaga jo`natilgan. 
Elchiga yana kanselyariya boshlig’ining Xiva xoni yuborgan elchi o`limi 
haqidagi xabar yozilgan xat ham qo`shib jo`natilgan edi. Keyinchalik 
Xivadan Rossiyaga qaytib kelgan rus asirlarining aytishlaricha, Xiva 
xoni Sherg’ozixon Pyotr I yuborgan yorliqni olib, uni oyoqlari bilan 
tepkilab tashlagan. 
Umuman 
olganda, 
xivaliklar 
tomonidan 
tor-mor 
etilgan 
A.A.Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasining halokati O`rta Osiyoda 
Rossiyaning harbiy faolligini 100 yilga, aniqrog’i Perovskiyning 
tajovuzkorona yurishiga qadar to`xtatib qolgan edi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin