Turkiston-Rossiya o'quv qo'llanma doc


Mualliflar 5  1-MAVZU: O`RTA OSIYO VA ROSSIYA O`RTASIDAGI



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/23
tarix04.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#152062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi manbashunosligi

Mualliflar



1-MAVZU: O`RTA OSIYO VA ROSSIYA O`RTASIDAGI 
O`ZARO MUNOSABATLAR ASOSLARI 
Reja 
1.
 
O`zaro munosabatlar shakllanishining asoslari. 
2.
 
O`rta Osiyo xonliklari va Rossiyadagi umumsiyosiy, ijtimoiy-
siyosiy shart-sharoitlar. 
3.
 
O`zaro munosabatlarda harbiy ekspeditsiya: maqsad va 
oqibat. 
4.
 
Turkiston xonliklaridagi rus harbiy asir-qullari va ularni ozod 
qilish yo`lidagi sa`y-harakatlar. 
 
1. O`zaro munosabatlar shakllanishining asoslari.
Xalqaro 
munosabatlar shakllanishi asrlar davomida o`z sayqalini topib kelmoqda. 
Bu jarayonni tarixiy nuqtai nazardan o`rganish shuni ko`rsatadiki, o`zaro 
munosabatlar boshlanishi bilan shu kundagi ahvoli uzoq va murakkab 
davrni o`z boshidan kechirgan. Albatta, xalqaro munosabatlar turli 
xalqlar, mamlakatlar o`rtasida bir necha bosqichlarni bosib, rivojlanib 
borgan. Bunday tarixiy jarayonni O`rta Osiyo va Rossiya xalqlari 
o`rtasidagi munosabatlarda ham kuzatish mumkin. 
Ma`lumki, O`rta Osiyo va Rossiya xalqlari o`rtasidagi o`zaro 
munosabatlar tarixi, hujjatlarga asoslanganda, IX asrga borib taqaladi. 
Ilk o`rta asrlar davomidagi o`zaro munosabatlar bevosita emas, balki 
bilvosita amalga oshirilgan. Bunday aloqalarni L.N.Gumilev ramziy 
tarzda “Buyuk cho`l” deb nomlangan sahroda istiqomat qiluvchi 
ko`chmanchi va sahroyilar o`rtasidagi vosita – deya ta`kidlagan. Albatta, 
o`rta asrlardagi o`zaro munosabatlar, o`z xususiyatiga ko`ra, xalqlar 
o`rtasida, xususan ko`chmanchilar va sahroyilar o`rtasidagi aloqalarni 
o`z ichiga olgan. Bu aloqalar mohiyatiga ko`ra, asosan savdo-sotiq 
munosabatlari, xususan, tovar almashtirishni o`z ichiga olganligini qayd 
etish mumkin. Agar tarixiy jarayonlarga nazar solinsa, Rossiya uchun 
Sharq bilan bo`lgan munosabatlar G’arb bilan bo`lgan aloqalarga 
nisbatan 
chuqurroq, 
kengroq 
va 
mazmun-mohiyatiga 
ko`ra 
ahamiyatliroq 
bo`lganligi 
ko`zga 
tashlanadi. 
Boshqacharoq 
ifodalaganda, Rossiya xalqlari hayotida Sharq davlatlari, xususan O`rta 
Osiyo xonliklari ham muhimroq ahamiyat kasb etgan. Oxir-oqibatda bu 
o`zaro savdo munosabatlari orqali va shuningdek, harbiy to`qnashuvlar 
tufayli ko`chmanchilar hayotini o`troq turmush tarzi bilan aralashib 
ketishiga olib kelgan. Natijada, ko`chmanchi aholining ma`lum bir 
qismi ruslarning yerlariga kelib o`troq hayot kechirishga o`tgan hollari 



ham bo`lgan. O`zaro munosabatlardagi bunday holatlar ma`lum bir 
davrda savdo-sotiq va hattoki e`tiqod yo`lidagi o`zgarishlarga ham olib 
kelgan. 
Masalan, 
shunday 
hollar 
ham 
ko`zga 
tashlanadiki, 
qipchoqlarning ko`zga ko`ringan boyonlari xristianlikning provaslavie 
oqimiga 
kirib, 
ruslar 
bilan 
aloqalarini 
nikoh 
yo`li 
orqali 
mustahkamlashga uringanlar. Bu o`z navbatida munosabatlarni mustah-
kamlashga xizmat qilgan. Ammo O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi 
oilaviy, sulolaviy, diplomatik aloqalarga XIII asrdagi mo`g’ullar bosqini 
ma`lum darajada xalaqit berdi. O`rta Osiyo va keyin Rus yerlarini 
mo`g’ullar tomonidan zabt etilishi o`zaro munosabatlarni amalda 
to`xtashiga yoki ma`lum bir tarqoqlik holatida davom etishiga olib keldi. 
Mo`g’ullar bosqini natijasida yuzaga kelgan o`zaro urushlar, 
vayronagarchilik, parokandalik oxir-oqibatda Rus yerlarida ularga qarshi 
kurashni tezlashtirish zaruriyatini ko`rsatdi. Ammo mo`g’ullar zulmiga 
qarshi kurash davri ikki asrdan ortiq vaqt mobaynida rus knyazlarini
Oltin O`rda bilan o`zaro munosabatlarini mustahkamlashga qaratilganini 
ham qayd etish lozim. Hattoki, Rusning Tver va Moskva knyazlik 
hokimiyatlari Oltin O`rda hukumati bilan o`zaro hamkorlikka 
mo`ljallangan shakl olganligi, hokimiyatni tashkil etish va hattoki 
ularga taqlid qilishda Oltin O`rda tamoyillariga zo`r berganligi hamda 
ulardan foydalanganligi qayd etilgan. Ayni paytda bunday holat bir 
taraflama bo`lmagan. Xususan, Rus knyazlari ham Oltin O`rda 
davlatining siyosiy hayotida faol ishtirok etganlar. Masalan, Oltin O`rda 
hukumati Rus ustidan nazorat qilishni knyazlarning o`zlariga ishonib 
topshira boshlaganlar. Bu yerda aslida “ishonch”dan ko`ra, Oltin 
O`rdaning ichki zaifligi ko`zga tashlanadi. Bunday holat XIV asrdan 
yanada yaqqol namoyon bo`la boshlagan. 
XVI asr ikkinchi yarmida Moskva davlati tomonidan Qozon va 
Astraxan xonliklari va keyinchalik Sibir xonligi, Kabardin yerlarini 
bosib olingandan so`ng, Kaspiy dengizi va Kavkazortiga chiqadigan 
yo`llar ochildi. Natijada, O`rta Osiyo xonliklari va Eron bilan bevosita 
aloqa o`rnatishga sharoit yaratdi. Endilikda O`rta Osiyo xonliklari va 
Rossiya o`rtasida tovar ayirboshlash, savdo ishlarini yuritish 
imkoniyatlari kengaydi. O`rni kelganda ta`kidlash joizki, O`rta Osiyo 
bilan bo`ladigan savdo-sotiq aloqalari Astraxan, Qozon, Nijniy 
Novgorod, Saratov kabi shaharlar taraqqiyotiga ham yordam berdi. 
Umuman olganda, Rossiya o`z oldiga, kelajakda Yevropa davlatlarining 
Kaspiy atrofi, butun O`rta Osiyo, Eron, Hindiston va Xitoy savdosining 



qadimgi yo`lidan o`tuvchi qismi bilan iqtisodiy aloqalarini o`z 
nazoratiga olishni maqsad qilib qo`ygandi. 
Ta`kidlash joizki, XVII asrning oxirgi choragiga qadar O`rta 
Osiyodan kelgan savdogarlar Rossiya va Xitoy o`rtasidagi savdo-sotiq 
aloqalarida asosiy vositachi hisoblanganlar. O`rta Osiyo savdogarlari 
Balx, Buxoro, Xiva orqali Rossiyaga hind mahsulotlarini, xususan choy, 
qimmatbaho toshlar, marvarid, shirinlik va boshqalarni yetkazib 
berardilar. Yana shunisi borki, o`zaro munosabatlar rivojida O`rta Osiyo 
savdogarlari Rossiya shaharlarida yoki aksincha rus savdogarlari O`rta 
Osiyoning turli shaharlarida savdo ishlari bilan yillar davomida 
bo`lishlari muhim ahamiyat kasb etgan.
Shunday qilib, XVI-XVII asrlarni Sharq va Rossiya o`rtasidagi 
munosabatlarda ma`lum bir burilish davri deyish mumkin. O`zaro 
munosabatlarning bu davrida tatarlarning u yoki bu darajada, xususan 
savdo-sotiq, til va din, ruhan o`rta osiyolik xalqlarga yaqinligi muhim 
ahamiyat kasb eta boshlagan. Bunday holat Rossiyaga sharqona 
munosabat hamda an`analarni asta-sekinlik bilan kirib borishiga zamin 
yaratgan. Boshqacharoq ifodalaganda, o`zaro munosabatlar vaqt o`tgan 
sari sharqona an`analar bilan boyib borgan. Yuqorida qayd etilgan 
omillar, ma`lum darajada O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi masofaviy 
uzoqlikni ma`lum darajada “yaqinlashtirdi”. Xususan, Ivan Grozniy 
tomonidan olib borilgan bosqinchilik urushi natijasida Rossiya to`la-
to`kis Volga bo`ylab o`tadigan savdo oqimini, transportini o`z 
nazoratiga oldi. O`z navbatida bunday “shart-sharoit” Rossiyani O`rta 
Osiyo bilan savdo-sotiq munosabatlarini o`z nazorati ostida rivojlanishi 
va hatto siyosiy aloqalarni o`rnatishiga turtki berdi. Ta`kidlash joizki, 
o`zaro munosabatlar rivojidagi bu o`zgarishdan nafaqat Rossiya, balki 
O`rta Osiyo xonliklari ham manfaatdor edi.
Rossiya O`rta Osiyo xonliklari bilan munosabatlarni rivojlan-
tirishdan qanday manfaatlarni ko`zda tutgan? 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin