Turkiston-Rossiya o'quv qo'llanma doc


Toshkent bekligi va Rossiya o`rtasidagi elchilik aloqalari



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/23
tarix04.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#152062
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi manbashunosligi

4. Toshkent bekligi va Rossiya o`rtasidagi elchilik aloqalari. 
1784- yili Yunusxo`ja boshchiligida Toshkent bekligi mustaqil siyosat 
yurita boshladi. Mana shu davrdan boshlab Toshkent va Rossiya 
o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi. Bu sohada tashabbus 
Yunusxo`ja tomonidan ko`rsatildi. Uning boisi shundan iborat ediki, 
Toshkentga da`vo qilib turgan qo`shni davlatlar – Buxoro amirligi va 


42 
Qo`qon xonligi bosqinidan qutilish, Yunuxo`jani Rossiya bilan aloqa 
o`rnatishga majbur etdi.
Shu boisdan ham 1792- yilda toshkentlik Muhammadxo`ja va 
Azizxo`ja boshliq savdo karvoni Sibirga jo`natildi. Arxiv xujjatlariga 
ko`ra, Yunusxo`ja karvon boshliqlari orqali Sibir mahalliy hokimiyati 
nomiga xat yuborilgan. Ushbu xatda Yunusxo`ja Sibir ma`muriyatiga 
Katta qozoq juzi va Toshkent viloyati o`ziga bo`ysunganligini hamda 
Toshkentda o`zaro urushlar tugatilib, osoyishtalik o`rnatilganligini xabar 
qiladi. Shuningdek, u Muhammadxo`ja va Azizxo`ja orqali yuborgan 
xatida rus savdogarlarini Toshkentga yuborishni iltimos qiladi. 
Yunusxo`janing xatidan ma`lumki, Muhammad va Azizxo`jalarga 
Sibir ma`muriyati bilan har ikki tomonni qiziqtirgan masalalr yuzasidan 
fikr almashishi vakolati berilgan edi. Ayni paytda Yunusxo`ja Rossiyaga 
jo`natgan dastlabki vakillari orqali Toshkentdagi tabiiy boyliklardan 
foydalanishda Rossiyadan yordam olish masalasini qo`yadi. Umuman 
olganda Yunusxo`ja vakillarining Sibirga kelishi Rossiya hukumatining 
Toshkentga nisbatan qiziqishini yanada oshiradi. Chunonchi, 1794- yil 
10- mayda general-prokuror A.N.Samoylov rus imperatori nomidan 
G.G.Shtrandmanga Yunusxo`ja vakillarini yaxshi kutib olish va ular 
orqali Yunusxo`jaga javob xati yozib yuborish to`g’risida buyruq beradi. 
Ushbu xatda Yunusxo`janing Toshkent va Rossiya savdo aloqalarini 
kengaytirishi hamda savdo karvonlari xavfsizligini ta`minlash 
to`g’risidagi taklifi rus hukumati tomonidan zo`r mamnuniyat bilan 
qarshi olinganligi, Toshkent savdogarlarining chet ellardan keluvchi 
boshqa savdogarlar qatorida Rossiyada yaxshi kutib olinib, rus 
shaharlarida savdo-sotiq qilish uchun erkinlik berilganligi va bundan 
keyin ham shunday bo`lajakligi, shuningdek, Toshkent elchilarini 
Peterburgga yuborishiga rus hukumatining rozi bo`lganligi qayd etiladi. 
Buyruq oxirida Sibir ma`muriyatidan Toshkent haqida turli ma`lumotlar 
to`plash hamda bu shahar, ayniqsa uning oltin va kumushga boyligi 
to`g’risida aniq va to`la ma`lumot olish uchun bir yoki ikki ishonchli 
kishini Toshkentga yuborish haqida ko`rsatma berilgan edi. 
Polkovnik Arsenevskiy 1793- yil 24- dekabrda Ust-Kamenogorsk-
dan Sibir liniyasi boshlig’i, general G.Shtrandmanga bergan bildirishida 
mabodo Toshkentning oltin va kumushga boyligi to`g’risidagi xabar 
noto`g’ri bo`lgan taqdirda ham Toshkent bilan savdo-sotiqni 
kengaytirish Rossiya uchun foydali ekanligini ta`kidlaydi. G.Shtrand-
manga Muhammadxo`ja va Azizxo`jalardan, shuningdek Sibirda savdo-
sotiq qiluvchi toshkentliklardan Toshkent haqida to`plangan o`z 


43 
ma`lumotlarini Perm va Tobolsk general-gubernatori A.A.Volkovga 
yuborish topshirilgan edi. 
1795- yil yanvarda A.A.Volkov rus hukumati topshirig’iga binoan 
G.Shtrandmandan Toshkent haqida yanada aniqroq ma`lumotlar 
to`plash, 
Toshkentdan 
Ust-Kamenogorsk, 
Semipalatinsk 
va 
Petropavlovskga keladigan savdo yo`lining xaritasini chizish hamda bu 
yo`llar o`tadigan hududda joylashgan qishloqlarning bir-biridan 
qanchalik masofada bo`lganini aniqlashni talab qiladi. 
Sibir ma`muriyati darhol Toshkent to`g’risida ma`lumotlar to`plash 
va Yunusxo`ja bilan aloqa bog’lashga kirishadi. G. Shtrandman 1794- 
yil noyabrda Toshkent haqida to`plagan ma`lumotlarini A. Volkovga 
yuboradi. 1794- yil noyabrda serjant A.T.Beznosikov va T.S.Burnashev-
lardan iborat elchilar o`z vatanlariga qaytayotgan Yunusxo`ja vakillari 
bilan birgalikda Toshkent bilan savdo munosabatlarini yanada 
mustahkamlash hamda oltin haqidagi xabarning to`g’riligini aniqlash, 
Toshkentga qarashli yerlar haqida aniq ma`lumotlar keltirish maqsadida 
jo`natiladi. 
Rus elchilari O`rta juzlik Jahongir sulton huzurida Troiskdan chiq-
qan Toshkent savdo karvoni bilan uchrashib, birgalikda Buxoroga qarab 
yo`l oladilar. Elchilar qo`lida Yunusxo`ja va Buxoro amiri Shohmurod 
nomiga turli mazmunda yozilgan ikki xat bor edi. G.Shtrandman 
tomonidan Yunusxo`ja nomiga yozilgan birinchi xatda Muhammadxo`ja 
va Azizxo`ja orqali uning xatini olganligini bildirib o`zaro savdo 
munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan taklifni rus hukumatini 
mamnun qilganligini hamda ikki kishini Toshkentga yuborganligini 
xabar qiladi. Yunusxo`jaga yozilgan ikkinchi xatda undan qozoq 
sultonlari tomonidan o`ziga tortiq qilingan rus dehqoni Plyuxinni ozod 
qilib Rossiyaga qaytarishni iltimos qiladi. Buxoro amiri Shohmurod va 
Xo`jand hokimi Xudoyorga yozgan xatlarda ham G.Shtrandman Buxoro 
va Xo`jandda tutqinlikda yurgan rus dehqonlari, ya`ni Buxoroda Ivan 
Trifonov va Anton Galanin, Xo`jandda esa dehqon ayoli Plyuxinani 
ozod etib Rossiyaga qaytarishini iltimos qiladi. 
Agar yuqorida qayd etilgan rus kishilarini ozod etishdan bosh 
tortilganda, ularni pul evaziga ozod qilish ko`zda tutiladi. Rus elchilari 
Buxoroga yetib keladilar, ammo Toshkent va Buxoro o`rtasidagi 
kelishmovchiliklar oqibatida Toshkentga yuborilmasdan Buxoroda 
ushlanib qoladilar. Elchilar 1795- yil aprelda Omskga qaytib ketadilar.
1796- yil iyulda Sibir ma`muriyati Toshkent bilan elchilik aloqa-
larni o`rnatish maqsadida serjant A.S.Beznosikov, podporuchik 


44 
D.Teletnikov va tarjimon Ya.Bikovlardan iborat elchilikni Omskdan 
Toshkentga yuboradi. Ularni qozoq O`rta juzi Qorakesak volostining 
sultoni Bukeyning o`g’li Ishim sulton Toshkentgacha kuzatib boradi. 
Toshkent to`g’risida D.Telyatnikov qoldirgan ma`lumotlarga ko`ra, rus 
vakillarining Toshkentda do`stona vaziyatda kutib olinganligi hamda 
ularga shahar haqida har xil ma`lumotlar to`plash uchun imkoniyat 
berilganligidan dalolat beradi. 
Rus davlati kansleri A.A.Bezborodko elchilar Telyatnikov, 
A.S.Beznosikovlarning Toshkent to`g’risida to`plagan ma`lumotlariga 
asoslanib, Yunusxo`jani unga yuborilgan zobitlardan hech narsani 
yashirmagan hokim deb ta`riflagan edi. D.Telyatnikov missiyasiga 
berilgan - topshirilgan asosiy vazifalardan biri Toshkentdagi oltin koni 
haqida batafsilroq ma`lumot to`plash edi. D.Telyatnikov rus hukumatiga 
bergan hisobotida Toshkent oltin konlari to`g’risidagi xabarlarning 
noto`g’ri ekanligi qayd etadi. 
1797- yilda Yunusxo`ja rus hukumati bilan o`zaro aloqalarni 
kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun rus elchilari bilan 
birga Rossiyaga Abdullajon Oxun Maxsum va Ashurali Bahodir 
mingboshidan iborat elchilarini yuboradi. Sibir ma`muriyati Toshkent 
elchilarini yaxshi kutib oladi va ularni Peterburgga kuzatib yuborishni 
D.Telyatnikov, unter-ofitser Beznosikov va tarjimon Bikovlarga 
topshiradi. Elchilar va kuzatuvchilar 1797- yil noyabr oyining boshlarida 
Peterburgga yetib keladilar. Elchilar zo`r qiziqish bilan qarshi olinadi. 
Elchilar bilan bevosita rus davlati kansleri A.Bezborodko va Osiyo 
departamenti shug’ullanadi. 
1798- yil 9- yanvarda Toshkent elchilarini rus davlati kansleri 
A.Bezborodko qabul qiladi. Ular o`zaro savdoni rivojlantirish masalalari 
yuzasidan fikr almashadilar. Elchilar rus imperatori Pavel I qabulida 
ham bo`ladilar. Bu marosimda graf Straganov, Lashkarov va tarjimon 
Muratovlar 
qatnashadilar. 
Toshkent 
elchilari 
rus 
hukumatiga 
Yunusxo`janing xatini topshiradilar. Xatda Yunusxo`ja rus hukumati 
elchilarini Toshkentga kelganliklari va ular bilan o`zining ikki ishonchli 
kishisini yuborganligini xabar qilib, rus hukumatidan Toshkentdagi tog’ 
boyliklarini tekshirish uchun ikki tog’ injenerini Toshkentga yuborishini 
iltimos qiladi. 
Toshkent elchilari 1798- yil Peterburgdan o`z vatanlariga 
qaytadilar. Sibir harbiy liniyasi boshlig’i general-mayor Gorchakov 
Toshkent elchilarini o`z vatanlariga xavf-xatarsiz yetib borishlarini 
ta`minlash maqsadida ularni Toshkentgacha kuzatib qo`yishni qozoq 


45 
sultonlariga topshiradi. Elchilar Toshkentga kelgach, Yunusxo`jaga 
Pavel I ning yorlig’ini va kansler A.Bezborodko hamda Gorchakovning 
xatini topshiradilar. Imperator Pavel I o`z yorlig’ida Yunusxo`jaga 
Toshkent elchilarining Peterburgga kelganini qayd etib, unga 
muvaffaqiyat tilaydi. Kansler A.Bezborodko xatida esa Yunusxo`jaga 
rus hukumatining Toshkent bilan o`zaro savdo aloqalarini rus chegara 
shaharlarida erkin savdo qilishlariga ijozat berganligini, shuningdek, 
Yunusxo`ja so`ragan tog’ injenerlari hamda Toshkent elchilari orqasidan 
alohida yuborilajagini ma`lum qiladi. Shuningdek, u Yunusxo`ja 
tomonidan rus savdogarlariga Toshkentda erkin savdo qilish huquqi va 
ularning xavfsizligini ta`minlash haqida kafolot berilgan taqdirdagina 
rus savdogarlarining o`z mahsulotlari bilan Toshkentga borajaklarini 
bildiradi. Kansler yana o`z xatida Toshkent Rossiyadan harbiy yordam 
so`raganligi to`g’risida gapirib, Xitoy siyosatidan xabardor bo`lgan rus 
hukumatini 
Xitoy 
davlatining 
Toshkentga 
hujum 
qilishiga 
ishonmaganligini bildiradi. Aslida, shuni qayd etish kerakki, XVIII 
asrning oxirida Xitoy davlatining Toshkentga hujum qilish xavfi yo`q 
edi. Bundan tashqari Toshkent va Xitoy o`rtasida Qo`qon xonligi 
turardi. Rossiya imperiyasi hukumati Toshkent elchilarining harbiy 
yordam to`g’risidagi iltimosiga juda ehtiyotkorlik bilan qarab, Xitoy 
tomonidan Toshkent ustiga hujum bo`lishiga o`zining ishonmasligini 
bildiradi. Shuning uchun ham rus hukumati Yunusxo`jaga Toshkent va 
Xitoy munosabatlarida hech qanday ig’vogarchilikka yo`l qo`ymaslikni 
maslahat beradi. Kansler o`z xatining oxirida har ikki tomonni 
qiziqtirgan masalalar yuzasidan Toshkent hukumati bilan aloqani olib 
borish vakolati G.Shtarndmanga topshirilganini ma`lum qiladi. O`z 
navbatida rus davlati kansleri G.Shtrandmandan rus chegara shaharlariga 
kelgan Toshkent karvonlarining savdo qilishiga erkinlik berish, ularga 
nisbatan hech qanday g’ayriqonuniy harakatlarga yo`l qo`ymaslikni 
uqtiradi. 
Sibir ma`muriyati rus davlati kansleri, knyaz A.A.Bezborodkoning 
buyrug’iga asosan 1800- yili tog’ muhandislari Pospelov va 
Burnashevlarni Toshkentga jo`natadi. Ularga Yunusxo`ja iltimosiga 
binoan, Toshkent tabiiy boyliklarini tekshirish, shuningdek, u yerlarni 
selitraga (selitradan o`q dorisi-porox tayyorlangan – mualliflar) boyligi 
haqida aniq ma`lumotlar keltirish vazifasi topshirilgan edi
3
. Shuningdek, 
3
Rus hukumati Pospelov va Burnashevlarga bergan topshirig’ida toshkentliklarga metallurgiya 
bo`yich
а
real yordam berishni qat`iy ma`n etgan edi. Aslida ular Toshkentning tabiiy boyliklari 
to`g’risida ma`lumot olish uchun yuborilgan edilar. 


46 
Toshkentga boradigan karvon yo`li, aholi, Toshkent haqida keng 
ma`lumotlar to`plash yuklatilgan edi. Ular 1800- yil 1- mayda 
Petropavlovskdan Toshkentga qarab yo`lga chiqadilar. Ular Toshkentga 
yetib 
kelgach, 
Yunusxo`ja qabulida 
bo`ladilar. 
Pospelov 
va 
Burnashevlarga to`rt xil ko`rinishga ega bo`lgan tog’ jinslarini 
ko`rsatadilar. Bu tog’ jinslari tarkibida oltin va nodir metallar bo`lmay, 
balki ularning har pudida ikki qadoqcha mis borligini aniqlangan. 
Yunusxo`janing topilgan rudadan temir eritish korxonasi qurib berish 
iltimosi, kerakli asboblar, yoqilg’i va rudada temir miqdorining ozligi, 
qurilish ishini biladigan kishilar Toshkentda yo`qligi tufayli 
qondirilmaydi. Rus muhandislari Toshkentda uch oydan ortiq turib, 
1800- yil oktabrda Rossiyaga qarab yo`lga tushadilar. Yunusxo`ja ular 
bilan rus hukumatiga yuborgan xatida iltimosini qondirilganligi uchun 
minnatdorchilik izhor etadi hamda o`zining ikki o`rtadagi mavjud yaxshi 
munosabatlarga sodiq bo`lib qolajagini bildiradi.
XIX asrda ham Toshkent hukumati, XVIII asr oxirida bo`lganidek, 
Rossiya bilan o`z munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan harakat-
larini davom ettirdi. O`zaro munosabatlaridagi bosh masala iqtisodiy 
aloqalar bo`lib qoldi. 
1802- yilda Toshkent hukumati vazir Mullajon Maxsum 
rahbarligidagi elchilari Peterburgda savdo munosabatlari masalasida 
uchrashdilar. 
Vazir 
Mullajon 
Maxsumning 
savdo 
vaziri 
N.P.Rumyansevga yozgan xati buni tasdiqlaydi. 1803- yilda Toshkent 
elchilari Peterburgdan o`z vatanlariga qaytdilar. Elchilarni Omskgacha 
kuzatib boruvchi X.Kuznetsev, unter-ofitser Bikmayevlarga berilgan 
qo`llanmada hech qanday g’ayriqonuniy harakatlarga yo`l qo`ymaslik 
topshiriladi. 
Shunday qilib, XVIII asr oxiri - XIX asr boshida Toshkent – 
Rossiya hukumatlari o`rtasida olib borilgan elchilik aloqalari o`zaro 
iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni mustahkamlash va yanada 
rivojlantirishi yo`lida katta ahamiyatga ega bo`ladi. 
Rossiya va O`rta Osiyo o`rtasidagi faol savdo munosabatlari 
ma`lum darajada o`zaro diplomatik aloqalarni ham rivojlanishiga xizmat 
qildi. O`rta Osiyodagi xonliklardan Buxoro amirligi nisbatan Rossiyaga 
ko`proq xayrihoh edi. 
Rus hukumati oldida Xiva va Qo`qon xonligi bilan ham, mumkin 
qadar, diplomatik aloqalarni rivojlantirish vazifasi turardi. Shu 
yo`nalishda rus hukumati ehtiyotkorlik bilan diplomatik aloqalarni olib 
borar, xususan O`rta Osiyo bilan savdo munosabatlarini to`g’ri yo`lga 


47 
solish va bu borada karvon yo`lidagi xavfsizlikni ta`minlash, 
xonliklardagi ijtimoiy-siyosiy ahvolni chuqur o`rganish bilan 
shug’ullanardi. O`z navbatida O`rta Osiyo xonliklaridagi hukmdorlar 
ham mumkin qadar ko`proq Rossiya va uning shaharlari to`g’risida 
ma`lumotlarga ega bo`lishni xohlashardi. Shuning uchun ham O`rta 
Osiyo 
savdogarlari 
tarkibida 
doimo 
saroy 
amaldorlari 
ham 
qatnashganlar. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin