62
Rossiya olimlari, davlat arboblari tomonidan O`rta Osiyo hududi,
iqtisodi, madaniyatiga qiziqish ortib borgan. Yuzlab va minglab yer
o`lchovchilar va topograflar, kartograf va sayohatchilar, savdogarlar va
turli xizmatdagi kishilar Sharqiy Yevropa, G’arbiy Sibir va hozirgi
Qozog’istonning ulkan hududlarida faoliyat olib borganlar. Bu ish
1600- yilda “Katta chizma” degan nom ostida umumlashtirilib, rus
noshiri N.I. Novikov tomonidan 1773- yilda chop etilgan edi. Ushbu
“Katta chizma” kitobi bir muncha noaniq va ibtidoiy bo`lsa-da, hozirgi
O`rta Osiyo va Qozog’istonning qator yirik geografik ob`ektlarini o`z
ichiga olgan kartografik tasvirlardan iborat edi. Masalan, 500 km.
uzunlikdagi Sirdaryoning kartografiyasi berilgan. Xaritada Kaspiy
(Uvlin) dengizigina emas, balki Orol dengizi (“Ko`k orol”) ham
berilgan. Shuningdek, Orolbo`yidagi Qoraqum sahrosi borligi qayd
etilgan. “Katta chizma” kitobini tuzuvchilar Sibir va Astraxandan O`rta
Osiyoga boruvchi savdo yo`llarini yaxshi bilgan savdogarlardan so`rab-
surishtirib bilib olingan ma`lumotlardan foydalanganlar.
O`zaro munosabatlardagi savdo-sotiq manfaatlari siyosiy munosa-
batlarda ham o`z aksini topgan edi. Faqatgina XVII asr mobaynida Xiva
va Buxorodan 16 marta elchilar Moskvaga tashrif buyurgan bo`lsa, rus
elchilari 9 marotaba O`rta Osiyoda bo`lgan edilar. Odatda elchilar savdo
karvonlari bilan kelardilar.
O`zaro diplomatik aloqalar ikki tomondan o`z davrida savdo
shartnomalarini tuzishga hamda savdo karvonlari o`tadigan yo`llarni har
qanday taqiqlardan xoli va qaroqchilarsiz bo`lishiga erishish edi. O`rta
Osiyo va Rossiya o`rtasidagi diplomatik aloqalar doimiy xarakterda
bo`lmay, imzo-muhrlar qo`yilgandan keyin ham xonlar qachongacha
ushbu shartnoma foyda keltirsa, o`sha paytgacha kuchga ega bo`lgan.
XIX asr birinchi yarmiga qadar O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi uzoq
muddatli shartnomalar bo`lmaganligi o`ziga xos xususiyatlardan biri edi.
Rossiya hukumati sharq bozoriga ahamiyatni tortishdan maqsad
o`z oldiga siyosiy maqsadlarni ham qo`ygan edi. Aynan shu maqsadlar
savdoning
asosiy
o`choqlarini mujassam qiluvchi
mustahkam
yo`nalishlarni yaratishni ko`zlar edi.
Dostları ilə paylaş: