4
“Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi” nomli o`quv-
qo`llanmaning I qismi XVI asrdan 1917- yilga qadar bo`lgan
jarayonlarni o`z ichiga qamrab olgan bo`lib, u 5220200-tarix bakalavriat
yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan. O`quv qo`llanmaning II qismi
Turkiston va Rossiya o`rtasidagi munosabatlarning o`ta murakkab,
ziddiyatli va shiddatli o`zgarishlarga boy bo`lgan 1917-1924- yillarini
o`z ichiga olgan bo`lib, u 5A220201 - Vatan tarixi magistratura bosqichi
uchun rejalashtirilgan. Ayni paytda o`quv qo`llanmani mualliflar
tomonidan yangi ma`lumotlar bilan boyitib, to`ldirib borish ham ko`zda
tutilgan.
O`quv qo`llanma ayrim kamchilik va xatolardan xoli bo`lmasligi
tabiiy. Shu boisdan ham mualliflar o`quv qo`llanma bilan tanishib, u
yuzasidan bildiriladigan fikr-mulohaza va tanqidlarni samimiyat bilan
qabul qiladilar.
Dostları ilə paylaş: